Ona tili va adabiyoti 8769219



Download 30,05 Kb.
Sana20.06.2022
Hajmi30,05 Kb.
#682423
Bog'liq
4 TEST RAQAMI 8769219


ONA TILI VA ADABIYOTI 8769219

1. Shakl yasovchi qo'shimchalar qo'shilganda so‘z imlosida sodir bo‘ladigan fonetik hodisa noto‘g‘ri izohlangan javobni


aniqlang.
A )Ayrim fe’l nisbati qo‘shimchasi qo'shilganda so'z imlosida
tovush tushishi bilan bog‘liq fonetik hodisa sodir bo‘lishi
mumkin.
B)Ayrim so‘zlarga kelishik qo'shimchasi qo'shiiganda so'z
asosi imlosida tovush almashishi bilan bog'liq fonetik
hodisa sodir bo'lishi mumkin.
C)Ayrim so‘zlarga egalik qo'shimchalari qo'shilganda so'z
imlosida tovush ortishi bilan bog'liq fonetik hodisa sodir
bo‘lishi mumkin.
D)Maqsad ravishdoshini hosil qiluvchi qo‘shimcha fe ’l
asosidagi tovush ta’sirida fonetik o ‘zgarish asosida
yozilishi mumkin.
2. Qaysi gapda imloviy xatolikka yo’l qo‘yilgan?
A ) 0‘sha kuni, siz aytgandek, Temuriylar tarixi davlat
muzeyiga bordik.
B)Tabiat insonga turli-tuman nematlarni in’om etib, unga
hayot bag‘ishlab turadi.
C)Sog‘lom dunyoqarash kishidan chuqur mas’uliyat tuyg‘usi
bilan yashashni talab qiladi.
D)Yurtimizda Xotira va qadrlash kuni keng miqyosda
nishonlanadi.
3. Qaysi gapda to'ldiruvchi vazifasidagi so‘z imlosida xatolik
kuzatilmaydi?
A)Davraning to‘rida o ‘tirgan otaxon ikkita qant uzatdi.
B)Hisobchilar o‘tgan yilgi daromadni hisoblab chiqishdi.
C)Boshliq bu xayrli tatqiqot haqida gapirdi.
D)Qiz chiroyli shohi dasro'molini oldi.
4. Sen qaydan bilasan,
Balki meni ham
Kimdir qaydadir jim
0‘ylayotgandir...
Berilgan she’riy parchada atash rna’nosiga ega bo‘lgan
so‘zlar necha o'rinda ishtirok etgan?
A) 5 В) 3 C) 2 D) 4
5. Bugun maktabimizda o'tkir zehnlilaming bellashuvi bo‘ldi.
Ushbu gapda ishtirok etgan so'zlarning yetakchi morfemalari
haqida berilgan to ‘g ‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Ushbu gapdagi barcha omonim yetakchi morfemalar ot
so‘z turkumiga oiddir.
B) Ushbu gapda yetakchi morfemasi fe’l bilan omonim bo‘la
oladigan ot qatnashgan.
C) Ushbu gapda yetakchi morfemasi ot bilan omonim bo‘la
oladigan yasama sifat qatnashgan.
D) Ushbu gapda ikkita so'zning yetakchi morfemasi
ornonimlik xususiyatiga ega.
6. Kuzda go'zal bizning Farg'ona,
Qiyosi yo‘q jannat maskandir(1).
Uyimizni sog'indim, ona,
Bog'imizda behi pishgandir(2) . ..
Berilgan parchadagi raqamlangan so'zlar tarkibidagi -dir
qo ‘shimchasi haqida to ‘g‘ ri fikrni aniqlang.
A)Ikkala so‘z tarkibidagi -dir qo‘shimchasi yuklama
hisoblanadi.
B)Birinchi so'z tarkibidagi -dir qo‘shimchasi bog ‘lama,
ikkinchi so ‘z tarkibidagi -dir qo‘shimchasi fe’lning nisbat
shakli hisoblanadi.
C )Birinchi so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi bog‘lama,
ikkinchi so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi yuklama
hisoblanadi.
D)Ikkala so'z tarkibidagi -dir qo'shimchasi bog'lama
hisoblanadi.
7. 0‘zlik nisbatidagi fe’ ldan yasalgan ot to'ldiruvchi vazifasida
kelgan gapni toping.
A) Ular bu noyob qo'llanmani o'rganib chiqishga qaror
qildilar.
B)Qiz umid bilan ko'targan boshchasini yana yostiqqa
qo'ydi, hayrat bilan chaqnagan yirik ko'zlari ma’yus
yumildi.
C )Ko‘zlaridagi bu quvonch va hayratni tasavvur qilolmaysiz.
D)Karima hozir unga ko'rinishni ham, gapirishni ham
istamagani uchun yopinchig'ini olib tashqariga chiqib
ketdi.
8. Qaysi gapda ishtirok etgan otlarning barchasi narsa otlariga
mansub hisoblanadi?
A)Kosa, piyola, choynak, stakan, bankalar, tovoqlar va
oshxonaga taalluqli boshqa idishlar tuz bilan yuvilgandan
so'ng toza suvda chayib olinadi.
B)0'riklar qizarib pishganda onasi go'shtini danagidan
bitta-bitta ajratardi-da, danagini chaqib, oftobga yoyib
quritardi.
C)Sabzi, sholg'omning etli ildiz mevasi, karamning barglari,
baqlajonning mevasi ovqatga ishlatiladi.
D)Opasi savatda olma, behi, anor, nashvati olib kirib,
dasturxon tuzashga kirishdi va uning so'rog'ini kutmay,
oiladagi yangiliklardan gapira boshladi.
9. Ravishning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan gapni
aniqlang.
A)Vodiylarni yayov kezganda, bir ajib his bor edi mend a.
B)Ertalab chiqib ketaman, kechqurun uyga qaytaman.
C)Men ham bunga arang ko'nikdim, sen esa hali
ko'nikmayapsan.
D)Ular qishloqdan ancha uzoqlashgandan keyin, otlariga
minib yo'rtib ketdilar.
10. Qaysi javobdagi barcha fe’llar kelasi zamondagi fe’llar
sanaladi?
A)Necha kunlar o'tdi, lekin so'rmading holimni bir,
Oxirida hol so'rab kelsang magar, ketmoqdaman.
B)Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko'rib men bor dunyoni unutdim.
C)Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
D)Ista, qismatimga o'zing ber barham,
ista, yaxshi kunda nomim qilgil yod.
11. Agar sen go'daklik zamoningda onang sen bilan qanday hayot
kechirganini, о ‘zingning esa osmon bilan yeming farqini
bilmaydigan bir chaqaloq bo'lganingni bilishni istasang,
atrofingdagi onalarga boq, ulaming qo'llaridagi chaqaloqlarga
qara, shunda sen o ‘z go'dakligingni yorqin tasavvur qilasan
Ushbu murakkab qo ‘shma gap tarkibidagi sodda gaplarning
kesimlari haqida berilgan qaysi hukmlar to'g'ri emas?
1) barcha kesimlar sof fe’l bilan ifodalangan; 2) kesimlar
shart, buyruq-istak, xaba.r mayli fe’llari bilan ifodalangan;
3) barcha kesimlar mustaqil kesimlarga mansub; 4) barcha
kesimlar kelasi zamon ma’nosini bildirgan; 5) kesimlar har xil
shaxs-son ma’nosidagi fe’llar bilan ifodalangan.
A) 3, 4, 5 B) 3, 5 C) 3, 4 D) 1, 2, 3
12. Qaysi gapda qatnashgan barcha ko'makchilar yasama so'z
bilan ifodalangan gap bo'laklarini shakllantirishga xizmat
qilgan?
A) U do‘stidan xavotirlangani uchun changalzor tomon
yurdi-yu, biroz qo‘rqoqligi tufayli u yerga kirishga
ikkilandi.
B)U xuddi usta zargarlar kabi uzukni boshdan oyoq
aylantirib qaradi, ammo hech narsani sezmagani uchun
uni Naziraga qaytarib berdi.
C )“Goho miriqib dam olish uchun ham vaqt ajratish
kerak-da”, - dedi u beg'uborlik bilan tog’ tomonga qarab.
D )“Tinchlik tufayli ellar obod, xonadonlar tinch, - dedi
otaxon faxr bilan, - bu haqida bilib qo'ying”.
13. Qaysi javobda moslashuv munosabatli so'z birikmasi ishtirok etmagan?
A)Alpomishga alla aytgan momolarim
Ruhini shod etaу desang, xalq b o‘l, elim!
B )Sizga ta’zim qilib turibman bu payt,
Sizga baxshidadir eng shohona bayt.
C)Bu hikmat sharhini o'yladim uzoq,
Rost.dan ona erur qiblayi olam.
D)Bahor kelsa, boshlanar bog'da bulbul xonishi,
Sa’va, qumri nag'masi, suralay tovlanishi.
14. Saxiylik kishilaming ishonch va muhabbatidan paydo bo'ladi.
Ushbu gapda gap bo'laklari nechta grammatik bog'lanish
hosil qilgan?
A) 7ta B) 5ta C) 4ta D) 6 ta
15. Qaysi javobdagi gapda yasama fe’l bilan ifodalangan kesim
qatnashmagan?
A) Ular ochgan maktablari uchun darslik va qo‘llanmalar
nashr ettirdi.
B)Biz Vatanimiz bilan faxrlanamiz.
C)Erta bahor shamoli qizchaning sochlarini tortqilab
o'ynamoqda.
D)Yigitcha jinoyati uchun jazo berilganini anglagani uchun
uyalib ketdi.
16. Qaysi gapda ibora bilan ifodalangan aniqlovchi vositali
to'ldiruvchiga tobelangan?
A)Tashvishlanmang, endi pixini yorgan qallob ham uni alday
olmaydi.
B )To‘ydan keyin ko‘p o‘tmay u kelinini har narsaga
koyiyveradigan, tirnoq ostidan kir qidiraveradigan odat
chiqardi.
C)Yulduzni benarvon uradigan bunaqa odamlardan
hayiqmoq kerak.
D)Beli og'rimaganning non yeyishini ko‘r.
17. Qaysi javobda bog‘lovchisiz qo'shma gap berilgan?
A)Y o biz bu ishni bajaramiz, yo ular bilganlarini qilishadi.
B)Halol mehnat ro‘zg‘orga qut-baraka olib kiradi, dangasalik
esa yalqovlik eshigini ochadi.
C) Yer ham, ko'k ham moviy rang, havoning yuzi tiniq.
D)Yigitlar suv tashirdi, qizlar hovlilami supurardi, keksalar
esa gaplashib o ‘tirishardi.
18. Qaysi javobda bosh va ergash gapni bog'lovchi vosita sifatida qo‘llangan, biri ikkinchisini taqozo etgan nisbiy so'zlar o'zaro bir xil bo‘lak vazifasida kelgan?
A )Siz kimni tavsiya qilsangiz, men uning nomzodini
qo'llab-quvvatlashga tayyorman.
B)Sen nimani istasang, o'shani muhayyo qilaman.
C)Kimki boshqalarga rahm-u shafqat qilmasa, unga ham
hech kim rahm-u shafqat qilmaydi.
D)Kimning ishi to'g'ri bo‘Isa, u doim bexavotir bo‘ladi.
19. Qaysi javobda paronim bilan bog'liq xatolik mavjud emas?
A )Azm daryolar ham kamar bo‘lolmas,
Qo‘shilib chulg‘ansa sening belingga.
B)Qiz hali yosh bo‘lsa-da, bo'ychan edi, bichimi ingichka va
sambitgul novdasidek adl edi.
C)Na bo'lg'ay bir nafas men ham yanog'ing uzra xol bo'lsam,
Labing yaprog'idin tomganki, go‘yo qatra bol bo'lsam.
D)Olti oykim, sher yozmayman, yuragim zada,
Olti oykim, o‘zgalarga tilayman omad...
20. Qaysi javobda tirening tushirib qoldirilishi bilan bog'liq
xatolik kuzatilmaydi?
A )Mening akam ham shifokor.
B)Har narsaga qiziqish biz uchun eski odat.
C)Hosilning otasi suv, onasi yer.
D)Yaxshi qiz uy obro‘si.
21. Xon “Bir qo'rqqan yomon, bir quvongan yomon” deya
boshqa mamlakatga safar qiladi. Farzandli bo'lganini
suyunchilagan kishiga “ayamasdan tanga-tilla berarman,
balki qo'rg'onbiy qilarman” , deya niyat qiladi.
Ushbu tasvir xalq dostonlaridan qaysi birida berilgan?
A) “Alpomish” B) “Ravshan” C) “Rustamxon”
D) “Kuntug'mish”
22. Arslonbobday yirik mutasavvuf olim qo'lida tarbiyalanib,
keyinroq Buxoroga borib Yusuf Hamadoniydan ta’lim olgan
adib kim edi?
A) Ahmad Yassaviy B) Boborahim Mashrab
C) Xo'janazar Huvaydo D) So'fi Olloyor
23. Xoqon o'g'lidan shohlikni qabul qilib, taxtga o'tirishini
so'raydi. O'g'il esa odob bilan, asosli uzrlar keltirib, davlatni
boshqarish ishlarini o'rganish uchun muhlat so'raydi.
O'g'lining oqilona javobidan behad xursand bo'lgan shoh
unga mamlakat xazinasini ko'rsatadi.
Ushbu voqea bayoni Navoiy “Xamsa”sidagi qaysi dostonda.
ifoda etiladi?
A) “Layli va Majnun” B) “Farhod va Shirin"
C) “Saddi Iskandariy” D) “Sab’ayi sayyor”
24. Qaysi javobda Zahiriddin Muhammad Bobur haqida
ma’lumot berilgan?
A )ljodkor musiqa bilan shug'ullanib, “Chorgoh” maqomiga
“savt”lar bitgan.
B)Ijodkor birinshi voqeiy tarixiy doston muallifi sifatida
e’tirof etilgan.
C)Adib faqat o‘zbeklar emas, o‘sha davrlarda o'zbeklar bilan
yonrna-yon yashagan boshqa xalqlarning tarixi va
madaniyatiga oid “Shajarayi turk” asarini yozgan.
D )Ijodkor shariat ahkomlari, axloq qoidalari haqida bahs
yurituvchi“Sabot ul-ojizin” asarini yozgan,
25. Qaysi shoira hasbi hol tarzida “Dog‘ o‘ldi, dog’ o‘ldi” ,
“Sog'indim” kabi g‘azallarni bitgaa?
A) Jahon Otin Uvaysiy B) Anbar Otin
C) Dilshodi Barno D) Mohlaroyim Nodira
26. “Chor hukumati ma’murlari*“to ‘rt chaqaga arzimagan bu
qurboni zamonni” yangi fath etilgan “vahshiy” xalq orasidan
yetishgan ziyrak, yetuk, toj-u taxtga sadoqatli siyosat arbobi
sifatida ko'rsatmoq istaydilar... ”
Ushbu parcha qaysi adabiy qahramon haqida?
A) Abulfayzxon (“Fitrat”)
B) Mahmudxon (“Zaharli hayot”)
C) Olimxon (“Dahshat”)
D) Akbarali (“Kecha va kunduz”)
27. “ . . . ne-ne o‘limlarni dog‘da qoldirib, “Endi yashayman,
urushda ko‘rgan azoblarimning hammasi evaziga ham endi
yashayman!” deb yurtiga qaytgan odam edi. Uning orzulari
— oilasi, go‘zal qizchasi suyunishi uchun ham ro'yobga
chiqarmoqchi b o ‘lgan orzulari ko‘p edi. U tun-u kun
charchoqni bilmay ishlashga, ishlab urush ko'rguliklarini
unutishga, endi hayotdan faqat va faqat baxt topishga
talpingan” edi?
Ushbu parchada qaysi adabiy qahramon haqida fikr
yuritilgan?
A) Akbarali (“Chinor”) B) Nizornjon (“Uf'q”)
C) Bektemir (“Chinor”) D) Ikromjon ( “Ufq”)
28. “Keyinchalik, katta bo'lganimda, men uydagi
dod-faryodlarga qaramasdan otamni qamashga kelgan
jallodning maqtovidan bir zumgina bo‘lsa-da, yayrab
ketganimni eslaganimda o'zimdan ijirg‘anib yurdim” .
Qatag'on siyosatining insonlarning hatto his-tuyg‘ulariga
qadar iskanjaga olgani, kishanlagani oqibatlari aks ettirilgan
ushbu parcha qaysi asardan keltirilgan?
A) “Sarob”
B) “Oltin zanglamas”
C) “Ufq”
D) “Muzqaymoq”
29. 0‘smirlikdagi pokiza tuyg‘ularini ilk bora she’rga solishdek
baxt ato etgan kunlarni, qalbiga birinchi muhabbat hissini
hadya etgan qo'shni qizni xotirlagan, baxtli damlarni
boshdan kechirgan dilga yaqin joylarni “Bizning joylar o ‘rni
hozir paxtazor” deb yozgan shoir va uning she’ri qaysi
javobda berilgan?
A)Abdulla Oripov, “Sarob”
B)Ibroyirn Yusupov, “Qadrdon so‘qmoqlar”
C )Mirtemir, “Qishlog‘im”
B )G ‘afur G'ulom, “Sog‘inish”
30. Shuhratning “Mardlik afsonasi” asari qaysi janrda yozilgan?
A) drama B) hikoya C) qissa D) bailada

Download 30,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish