39. To’g’ri ma'lumotlar keltirilgan javobni aniqlang.
1) mikoriza - yuksak o’simliklar ildizi bilan zamburug’larning simbioz hayot kechirishidan iborat;
2) lishayniklar - zamburug’lar va suv o’tlarning simbioz hayot kechirishidan yuzaga kelgan o’simliklardir; 3) suvda yashovchi ko’pchilik hayvonlar suvni tozalovchi - biofiltr organizmlardir; 4) parmeliya yopishqoq lishaynik hisoblanadi; 5) zamburug’larning vegetativ ko’payishi har xil sporalar hosil qilish yo’li bilan boradi.
A) 2, 4 B) 1, 3 C) 2, 5 D) 1, 4
40. Antropogenezda odam ajdodlarining kelib chiqish ketma-ketligi to’g’ri berilgan javobni toping.
A) avstralopitek driopitek → homo habilis → pitekantrop → sinantrop → neandertal → kromanyon
B) driopitek → avstralopitek → homo habilis → sinantrop → pitekantrop → neandertal → kromanyon
C) avstralopitek → driopitek → homo habilis → pitekantrop → neandertal → sinantrop → kromanyon
D) driopitek → avstralopitek → homo habilis → pitekantrop → sinantrop → neandertal → kromanyon
41. Soya va tariq o’simliklari uchun umumiy xususiyatlar keltirilgan javobni aniqlang.
1) mevasi dukkak; 2) ildizi ― o’q ildiz tizimli; 3) vatani Sharqiy Osiyo markazi; 4) moyli o’simlik; 5) mevasi iste'mol qilinadi; 6) quruq meva hosil qiladi;
7) gullari qiyshiq; 8) urug’kurtagi tugucha devori bilan o’ralgan
A) 1, 2, 3 B) 3, 6, 8 C) 1, 2, 7 D) 3, 4, 5
42. Yirtqichlar turkumiga kiruvchi quyidagi hayvonlar qaysi biogeografik viloyatlarda uchraydi?
1) suvsar, 2) arslon, 3) qo’ng’ir ayiq; 4) xaltali bo’ri; 5) pampas mushugi;
6) qunduz; 7) yelik; 8) ilvirs
a) Habashiston; b) Neotropik; c) Avstraliya; d) Paleoarktik; e) Neoarktik
A) a-2; b-5; e-1, 6; d-1, 7 B) a-3; b-5; d-1, 6; e-3, 6
C) a-2; b-5; c-4, d-1, 8 D) a-1; b-4; c-6; d-1, 6
43. Quyida keltirilgan misollar qanday jarayonlarni aks ettiradi?
a) umurtqali hayvonlarning quruqlikda, suvda, havoda tarqalgan vakillarida oldingi oyoq yurish, yer qazish, uchish, suzish vazifasini bajaradi; b) qushlar va kapalaklar qanotlari uchish vazifasini bajaradi; c) no’xat gajaklari, zirk va kaktus tikanlari shakli o’zgargan barg hisoblanadi.
1) konvergensiya; 2) mikroevolyutsiya; 3) divergensiya; 4) makroevolyutsiya
A) a - 4; b - 1; c - 1 B) a - 3; b - 2; c - 4 C) a - 3; b - 4; c - 3
D) a - 4; b - 2; c - 3
44. Qushlar (a) va sutemizuvchilar (b) uchun xos bo’lgan belgilarni ko’rsating.
1) don bilan oziqlanuvchi vakillarida qizilo’ngach kengayishidan jig’ildon hosil bo’ladi; 2) tanasini sovutishda ter bezlari ishtirok etadi; 3) miya yarimsharlarida burmalar hosil bo’ladi; 4) miyachasida burmalar hosil bo’ladi; 5) bel umurtqalari o’zaro harakatchan birikkan; 6) buyrakda hosil bo’lgan siydik ichak orqali tashqi muhitga chiqariladi.
A) a-1, 4, 6; b-2, 3, 4, 5 B) a-1, 4, 5; b-2, 3, 4, 6 C) a-1, 3, 6; b-1, 3, 4, 5
D) a-1, 2, 4, 5; b-5, 6
45. Bir polinukleotid zanjirida bir vaqtda hech qachon
uchramaydigan birikmalar to’g’ri ko’rsatilgan javobni
aniqlang.
1) riboza va dezoksiriboza; 2) adenin va uratsil; 3) timin va uratsil;
4) dezoksiriboza va timin; 5) uratsil va dezoksiriboza; 6) sitozin va guanin;
7) adenin va timin
A) 2, 4, 6 B) 3, 4, 5 C) 1, 5, 7 D) 1, 3, 5
46. To’g’ri (a) va noto’g’ri (b) ma'lumotlarni aniqlang.
1) arxey erasida sianobakteriyalar bo’lgan; 2) proterozoy oxiriga kelib, kovakichlilar, yassi chuvalchanglar, keyinchalik halqali chuvalchanglar, molluskalar, bo’g’imoyoqlilar paydo bo’ladi; 3) trias davrida arxeopterikslar paydo bo’lgan; 4) bo’rning ikkinchi yarmida sutemizuvchilarning xaltali va yo’ldoshli kenja sinf vakillari paydo bo’lgan; 5) Paleozoy erasi 2000 mln yil davom etgan; 6) kembriy davrida bulutlar hamda ba‟zi ikki pallali molluskalarning turlitumanligi kamaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |