Tayanch so`z va iboralar: yordamchi so’zlar, yuklama, so’z yuklama, qo’shimchasimon yuklamalar, modal so’zlar.
Yuklama. Yordamchi so`zlarning funksional belgisi - bog`lash. Shu belgi asosida ko`makchi, bog`lovchi, yuklama so`z va gaplarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog`lovchi va ko`makchi uchun o`zgarmas, barqaror belgi. Yuklamalarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ular so`zga yoki gapga so`roq, ta`kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o`xshatish kabi qo`shimcha ma`nolarni beradi va funksional «bog`lash» belgisiga nisbatan beqaror, o`zgaruvchan, ya`ni «bopg`lash» belgisi bo`lishi ham, bo`lmasligi ham mumkin. Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog`lovchining bir turi sifatida inkor bog`lovchisi sanalib kelgan. G`.Abdurahmonov esa uni inkor bogg`lovchisi deb atash bilan bir qatorda, yuklamalik xususiyai ham borligini ko`rsatadi. Haqiqatdan ham, bu yordamchi ham bog`lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog`lovchi vazifasida kelgan ayrim teng huquqli bo`lak (komponent)larga inkor ma`nosini berib, ularni bog`laydi. Na so`zlarida ma`noi bor, na ishlarida hayo.
Bu yordamchi so`z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma`nosini ko`rsatadi: Raisning erkatoy o`g`li na o`qiydi, na biror joyda ishlaydi.
Yordamchi so`zlar - ko`makchi, bog`lovchi va yuklama o`zbek tilini, uning cheksiz imkoniyatlarini yanada boyroq, ifodani yana ham aniqroq va go`zalroq qilish vositasidir. Yordamchilar turkumi yuzasidan olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosalarga olib keladi:
Ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalar nutqning cheksiz imkoniyatini yanada boyroq, ifodaning yanada aniqroq va go`zalroq bo`lishini, jumlaning rang-barangligini ta`minlovchi muhim vosita.
Yordamchi so`zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so`zlar bilan grammatik qo`shimchalar oralig`ida turadi.
O`zbek tilida nisbiy ko`makchi, nisbiy bog`lovchi, nisbiy yuklama sirasi mustaqil so`zning yordamshilasi evaziga boyib bormoqda.
Oz mohiyati bilan yuklama modal so`zlarga yaqin turadi. Shu tufayli bu ikkisi ko`pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so`z bilan yuklamani tenglashtirib bo`lmaydi. Yuklama rang-barang ma`noni ifodalaydi, u ko`pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so`zga tirkalib yuradi. Modal so`zlar esa:
1) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murakkablashtiruvchi vosita. Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi (A. Qahhor)
2) mustaqil ravishda yakka o`zi bitta gap bo`lib kela oladi va modal so`z-gaplar deb yuritiladi. Bunday so`z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma`nosi so`zning lug`aviy ma`nosida mujassam bo`ladi: Kelasizmi?- Albatta:
3) Yuklamalar morfologiyada yordamchi so`zlar guruhida, modal so`zlar so`z-gaplar doirasida o`rganiladi.
4) Boshqa so`zlar guruhlari kabi modal so`zlar ham, yuklamalar ham o`ziga xos morfologik, sintaktik, ma`noviy belgiga ega. Modal so`zlar bilan yuklamaning o`zgarmasligi ularning morfologik belgisi. Sintaktik jihatdan esa modal so`zlar ajraluvchilik (ya`ni kirish so`z vazifasida kela oladi, yuklama esa gap bo`lagi bo`la olmaslik belgisiga ega. Semantik jihatdan modal so`zlar fikrning voqelikka bo`lgan munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo`ladi. Yuklama esa ta`kid, o`xshatish, kuchaytirish kabi qo`shimcha ma`nolar ifodalaydfi. Yuklama ifodalagan ma`no butun gapga bevosita taalluqli bo`lmay, avvalo, o`zi tirkalib kelgan bo`lakning ma`nosini bo`rttirishga xizmat qiladi va shu bo`lak orqali butun gapga taalluqli bo`ladi.
Tilshunosligimizda hozirga qadar turkumlanish akademik A.Hojiyev ta`kidlaganidek, o`z yechimini topgan emas. Buning isboti sifatida modal so`zlar, taqlid so`zlar, undov gohida mustaqil, gohida yordamchi, gohida har ikkalasiga ham kiritilmasdan alohida talqin etib kelinmoqda. Bizningcha, ularni na unisiga, na bunisiga qo`shmasdan professor A. Nurmonov to`g`ri ta`kidlaganidek, oraliq so`z turkumlari qatoriga kiritish maqsadga muvofiq. Ammo keyingi paytlarda e`lon qilingan ishlarda ular alohida so`z-gaplar deb e`tirof etilgani sababli ularni aynan keltirishni ma`qul ko`rdik. O`z fikrimizni qisqa qilib yuqorida bayon etdik. Chunki ularning nutq jarayonida ma`lum darajada mustaqillik, ma`lum darajada yordamchilik xususiyatlariga ega ekanligi barchaga ayon.
O`zbek tilida bo`lakka ajratilmaydigan gaplar yoki so`z-gaplar atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular belgi bilan mustaqil yordamchi so`zlardan sodda yoki qo`shma gap bilan farq qiladi. Bular quyidagilar:
Mustaqil holda gap bo`la olish;
Gap tarkibida shu gapning biror bo`lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik;
O`ziga xos g`ayrioddiy ma`noga ega bo`lish;
Bog`lama bilan birika olmasligi va shunish uchun mayl, zamon shaxs/son shakillariga ega emasligi.
So`z-gaplar deganda shu asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.
O`zbek lisoniy tizimi gapda ma`lum bir axborotni tashuvchi tasdiq-inkor, mayl-zamon va shaxs-son ma`no hamda munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar bo`lishini talab qiladi. So`z-gaplarda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo`la oladi, chunki kesimlik shakli, ma`no va munosabati so`z-gaplarning o`zida mujassam va ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi munosabati va kesimlik –gap markazi vazifasida kelish, fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so`zning leksik ma`nosida mujassam. Shu sababli bunday gaplarda kesimlik ma`nosi mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
Demak, soz-gaplar mustaqil bo`la olish qobiliyatiga ega ekanligi uchun bu so`zlarga nisbatan semantik funksional shakllangan so`z-gap atamasi qo`llaniladi. Bu atamadagi «semantik» tarkibiy qismi hodisaning lug`aviy -ma`noviy tomoniga ishora qiladi. Bunda gaplar markazi mavqeida kelgan leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni leksik birlik ham so`z, ham gap. Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa so`z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi fazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi.
So`z-gaplarning o`ziga xos g`ayrioddiy lug`aviy ma`noga ega ekanligi quyidagilarda namoyon bo`ladi:
ma`no imkoniyati chegaralangan;
grammatik shaklni talab qilmaydi;
boshqa so`zlar bilan birikish qobiliyatidan mahrum;
gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;
ma`noli qismlarga ajralmaydi;
Shuning uchun ham so`z-gaplar boshqa leksemaga nisbatan g`ayrioddiy, biroq ma`no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi. Aytib o`tilgan fikrdan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe`1, ravish, taqlid kabi so`z turkumlari gapning istalgan bir bo`lagi vazifasida kela olsa, so`z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog`lovchi, ko`makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.
So`z-gap bir necha ma`noviy guruhga ajraladi:
Modal so`zlar
Undov
Tasdiq-inkor so`z
Taklif-ishora so`z.
So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati-qat`iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma`nolarini ifodalab keladigan so`zlar modal so`zlar. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so`zlar misol bo`ladi va ular formal tilshunoslikda turlicha talqin qilingan.
Kishining his-tuyg`usini, haydash, to`xtatish kabi xitobni, buyruqni ifodalaydigan so`z-gaplarning ko`rinishi undov so`zlar. His-tuyg`u undovlariga oh, voh, eh, barakalla, rahmat, ofarin, buyruq-xitob undovlariga pisht, beh-beh, pish-pish, chuh kabi xitob so`zlari kiradi.
So`z gaplarning uchunchi ma`noviy guruhi bo`lgan tasdiq/inkor so`zlari ko`pincha modallar tarkibida o`rganiladi. Ha, mayli, xo`sh, xo`p so`zlari tasdiqni yo`q, mutlaqo, also, sira so`zlari inkorni ifodalovchi so`z-gaplardir.
Taklif/ishora so`zlariga qo`llanishi ta`na azolari bilan uzviy bog`liq bo`lgan ma, mang, qani, marhamat so`zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan, uni biror ish harakatni bajarishga undaydi.
So`z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko`pchiligi boshqa so`z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o`ziga xos nutqiy qo`llanish natijasida shakillangan va rivojlangan. Chunonchi, so`ssiz, tabiiy so`zlari har qalay, har xolda modal so`zlari so`z birikmasidan nasib bo`lsa, xudo xoxlasa gapidan kelib chiqqan.
So`z-gapsimon deganda mohiyatan so`z gaplar bo`lmagan lug`aviy birikmalarning so`z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasi; undalmalarga erkalash ma`noli asalim, oppog`im va undov ma`noli ey, do`stlar kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi, shunday, hech qachon, noto`gri kabiu; taklif/ishorasimonlarga boshlang ko`rinishli misol. Qisqasi, so`z-gaplarning leksik semantic guruhi bo`lgan sof so`z gap o`zi tarixan kelib chiqadigan so`z turkumidan batamom uzilgan, ko`pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo`llanmaydi. So`z gaplashgan unsure esa o`zlari tarixan kelib chiqqan so`z bilan omonimik munosabat xosil qiladi va boshqa turkumdan aloqasini mutlaqo uzmagan bo`ladi. So`z-gaplashayotgan unsurlarga o`zi boshqa so`zlar turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe`l)ga tegishli, lekin so`z gaplarga xos ma`no va vazifada qo`llana oladigan birliklar kiradi va so`z gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so`z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so`z-gaplarga o`tib ketishi mumkin. So`z-gapsimonlar esa o`z so`z turkumi doirasida qoladi.
«O`zbek tili grammatikasi»da va boshqa ko`pgina manbaalarda mu masalaga butunlay boshqacha qaralaganini ko`rishimiz mumkin. Modal ma`nolar morfologik, sintakti, leksik usullar bilan ufodalanadi. Bu usullar o`zari zich bog`langan. Modalikkning morfologik ifodalanishi deyilganda odatda mayl kategoriyasi, shuningdek, zamon kategoriyuasining ichki tarmoqlanishi nazarda tutiladi. Bu Grammatik kategoriyalar asosan morfologiyaning fe`l bahsida, shuningdek, sintaksisning gap bahsida o`rganiladi.
Modal so`z. fikrning chinligi, aniqligi, qat`iyligi yoki gumonli, chamali kabi ma`nolarni ifodalash uchun xoslangan so`z modal so`z deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |