Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet73/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Fe'llarda mayl kategoriyasi
Harakatning voqelikka munosabatini ko`rsatuvchi grammatik kategoriya mayl kategoriyasi deyiladi. Mayl kategoriyasi harakatning voqelikka munosabatinigina emas, balki bajaruvchi bilan harakat orasidagi aloqaning voqelikka munosabatini ham ifodalaydi.
O`zbek tilida fe'lning mayl shakllari quyidagi ko`rinishga ega bo`lib, bular ma'no va morfologik ifodalanishi jihatidan bir-biridan farq qiladi:
1. Buyruq-istak mayli
2. Shart mayli
3. Shartli mayl
4. Maqsad mayli
5. Ijro mayli
Buyruq-istak mayli so`zlovchining harakatni bajarishga buyurishini, qistashini, undashini anglatadi va har bir ma'no ottenkasi o`ziga xos ohang bilan xarakterlanadi: Men dekanatga borib kelay. Kuling. Yashang. Qaddingizni uring!
Buyruq-istak mayli fe'l negiziga -gin (gil), -(i)ng, -(i)nglar, -(i)ngiz, -sin, -lar, -y(ay), -in, -lik affiksini qo`shish bilan hosil bo`ladi. Masalan, Hoy qizlar, kelinglar. Ochilsin gullar. Men yozay. Uyga boraylik kabi.
Shart mayli boshqa biror harakat, voqea-hodisaning bajarilishi uchun shart, vosita bo`ladigan, istalgan, faraz, mo`ljal qilingan harakatni bildiradi. Shart mayli shakli fe'l negiziga -sa mayl yasovchisini qo`shish va tuslash bilan hosil qilinadi: Dadam kelsa, pul bersa, tufli olsam...
Shart mayli shakli bir qancha ma'nolarga ega bo`ladi. Agar odam bo`lay desang... (shart bo`lgan harakatni). Sening tiling kelishsa ham, diling kelishmaydi (to`siq bo`la olmagan harakat-holatni). Yursa, ko`chalar to`lsa (orzu-istak). Shu suratingizni menga bersangiz (iltimos). Nahotki to`y bo`lganini eshitmagan bo`lsangiz (hayratlanish, ajablanish). Nazarimda, domla bugun kelmasa kerak
(faraz, gumon, noaniqlik). Bugun uyga ketmasam bo`lmaydi (zaruriyat).
Shartli mayli shakli -(a)r, -mas shakli sifatdosh va edi to`liqsiz fe'lining birikuvidan hosil bo`ladi: ishlar edi, kelar edi, aytmas edi. Bu mayl turi bajarilishining biror sharti bo`lgan, ya'ni bajarilish-bajarilmasligi biron shart bilan bog`langan harakatni anglatadi: Xo`p deganingizda bunchalik qiynalmas edik. Agar imtihonlarni a'loga topshirsam alomat ish bo`lar edi.
Shartli mayl shakliga xos xususiyatlardan yana biri shuki, bu formadagi fe'l bildirgan harakat hamma vaqt bajarilmagan, yuzaga chiqmagan harakat bo`ladi: Ertaroq kelganingda avtobusga ulgurar edik.
Shartli mayl shakli qatnashgan gapda harakat natijasining kimga qaratilganligi, harakat-holatning qaysi zamonga oidligiga bog`liq ravishda suzlovchining orzu-istagi, harakatga da'vat etishi, harakatning bajarilishi haqidagi o`yi va shu kabi ma'nolar ifodalanishi mumkin. Masalan: To`paniso opam bilan birga bo`lsam ish bilar edim, gap bilar edim, tushungan xotin bo`lar edim.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish