Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi


Qo‘shma gapning tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra tasnifi



Download 2,64 Mb.
bet145/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Qo‘shma gapning tarkibidagi bog‘lovchi vositalariga ko‘ra tasnifi. Bu tasnif sof shakliy bo‘lib, gap orasidagi ma’noviy bog‘lanish qanday qo‘shimcha (shakliy) vosita bilan ta’minlanishiga tayanadi. Bu asosga ko‘ra qo‘shma gapning quyidagi turlari ajratiladi:
a) faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap;
b) yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;
d) teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;
e) ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gap;
f) nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gap.
Bog‘lovchi vositalarning ma’nodoshligi va vazifadoshligi. Qo‘shma gaplarning bog‘lovchi vositalarga ko‘ra yuqorida berilgan 5 turi asosida ma’nodoshlik munosabati juda kuchli. Xususan, faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gapda ifodalangan ma’noviy munosabat qo‘shma gapning boshqa turi bilan ham berilishi mumkin. Biriktiruv bog‘lovchilari yordamida bog‘langan qo‘shma gap va faqat ohang bilan bog‘langan qo‘shma gap sinonimiyasi juda keng. Qiyoslang: 1. Bahor boshlandi, dalada ishlar qizidi. 2. Bahor boshlandi va dalada ishlar qizidi.
Qo‘shma gapning tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra turlari. Bu tasnifda qo‘shma gap tarkibidagi qism (gap)lar o‘rtasidagi ma’noviy munosabatga asoslaniladi va ikkita muhim nuqtaga e’tibor qaratiladi:
1) qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasida qanday ma’noviy munosabat (masalan, payt, o‘rin, sabab, birin-ketinlik, bir vaqtdalik, izohlash, qiyoslash va h.) ifodalanganligi;
2) aynan bir ma’noning turli yo‘llar bilan ifodalanishi mumkinligi (yoki aksincha).
Shakl va mazmun munosabati nisbiy mutanosiblikda (ya’ni asimmetrik) bo‘lganligi sababli qo‘shma gapda polisemiya va omonimiya hodisalari kuzatiladi.
Jumladan, payt munosabatini ifodalashda quyidagicha sinonimiya hodisasini kuzatishimiz mumkin:
1. O‘qituvchi keldi, dars boshlandi.
2. O‘qituvchi kelsa, dars boshlanadi.
3. O‘qituvchi keldi-yu, dars boshlandi.
4. O‘qituvchi keldi, shu zahoti dars boshlandi va h.k.
Yoki shart shaklida bir nechta semantik munosabat ifodalanishi natijasida sintaktik polisemiya hodisasi kuzatilishi mumkin:
a) payt ma’nosi – Borsam, ukam yo‘q ekan;
b) shart ma’nosi – Ozodaxon kelsa, aytaman;
d) to‘siqsizlik ma’nosi – Aqidaxon kelsa ham, aytaman va h.k.
Qo‘shma gap tarkibiy qismlari orasidagi ma’noviy munosabatga ko‘ra tasnifi bilan qo‘shma gap qismlari orasidagi funksional munosabatlarga ko‘ra tasnifi o‘zaro bog‘liq. Tom ma’noda bu tasnif tarkibiy qismlarini o‘zaro bog‘lashga xizmat qiluvchi bog‘lovchining o‘z ma’nolari bilan aloqador. Masalan, agar shart va payt ma’nolarini beradi.
Bog‘lovchilar ma’nosi va gap semantikasi, juda ko‘p holatda bog‘lovchilarning o‘zgarishi gaplararo o‘zaro munosabatlarning qisman yoki butunlay buzilishiga olib keladi. Masalan, O‘qituvchi keldi, dars boshlandi qo‘shma gapi turli bog‘lovchi bilan bog‘langanda har xil munosabatni yuzaga keltirishi mumkin. Jumladan:

  1. O‘qituvchi keldi, dars boshlandi.

  2. O‘qituvchi keldi, chunki dars boshlandi.

  3. O‘qituvchi keldi, shu sababli dars boshlandi.

  4. O‘qituvchi keldi, natijada dars boshlandi va h.k.


Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish