Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet136/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Tayanch so’z va iboralar: ergashgan qo’shma gaplar, bosh va ergash gaplar, ergashgan qo’shma gaplar komponentlari orasida tinish belgilarining qo’llanilishi
QO`SHMA GAP
Qo`shma gap birdan ortiq gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan hosil bo`ladi: Eshik sekin ochildi-yu (birinchi sodda gap), Qalandarovning yuzi ko`rindi (ikkinchi sodda gap). Sodda gap tarkibida bir grammatik markaz (kesim birligi) ishtirok etsa, qo`shma gap tarkibida u birdan ortiq qatnashadi. Buni uyushgan kesimli sodda gapdan farqlash kerak: Yomg`ir yog`ib, yerlarni loy qildi. Bu gapda kesim uyushgan.
Q o`s h m a g a p ning turi. Qo`shma gap tarkibidagi sodda gap o`zaro bog`lovchi, yuklama, ko`makchi va fe’l shakli hamda ohang orqali bog`lanadi. Shunga ko`ra, qo`shma gapning 3 turi farqlanadi: 1) bog`langan qo`shma gap; 2) ergash gapli qo`shma gap; 3) bog`lovchisiz qo`shma gap. Ayrim darslikda qo`shma gap bog`lovchi vositasiga ko`ra 5 guruhga bo`linadi: 1) qismlari teng bog`lovchi vositasida bog`langan qo`shma gap; 2) qismlari ergashtiruvchi bog`lovchi vositasida bog`langan qo`shma gap; 3) qismlari bog`lovchi-yuklama vositasida bog`langan qo`shma gap; 4) qismlar fe’l shakllari vositasida bog`langan qo`shma gap; 5) qismlari nisbiy so`z vositasida bog`langan qo`shma gap; 6) qismlari faqat ohang vositasida bog`langan qo`shma gap (qarang: Bog`langan qo`shma gap, Ergash gapli qo`shma gap, Bog`lovchisiz qo`shma gap).
Uslubiy xususiyati: 1) bog`langan qo`shma gap tarkibida biriktiruv va zidlov bog`lovchisi o`rnida -u, -yu, -da yuklamasi ma’nodosh qo`llanishi mumkin: Havo bulutlandi va yomg`ir yog`a boshladi. Havo bulutlandi-yu yomg`ir yog`a boshladi; 2) ega, kesim, to`ldiruvchi, aniqlovchi ergash gapli qo`shma gap sodda gapga ma’nodosh bo`ladi: Shunisi aniqki, biz bugun yo`lga chiqa olmaymiz – Bizning bugun yo`lga chiqa olmasligimiz aniq; 3) sabab, maqsad, o`xshatish ergash gapning kesimi sifatdosh, harakat nomi, ot bilan ifodalansa, sodda gapga ma’nodosh bo`ladi: Tog` etagi juda go`zal edi, go`yo chiroyli gilam to`shalganday – Chiroyli gilam to`shalganday tog` etagi juda go`zal edi; 4) payt, sabab, shart, to`siqsiz, natija, ravish ergash gap o`z doirasida ma’nodoshi bilan almashishi mumkin: U kelsa, hamma ketib bo`libdi; 5) bog`lovchisiz qo`shma gap bog`langan va ergashgan qo`shma gapga ma’nodosh bo`ladi: Qor yog`di – don yog`di (Qor yog`sa, don yog`adi. Qor yog`di-yu, don yog`di).

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish