Tayanch so’z va iboralar: sintaksis, sintaksisning tekshirish obyekti, so’z birikmasi: bitishuv, moslashuv, boshqaruv, so’z birikmalarining turlari, gap, bir bosh bo`lakli gaplar, ikki bosh bo`lakli gaplar…..
XX asr boshlaridan buyon butun dunyo tilshunosligida tilga semiotik nuqtai nazardan yondashuv asosiy o’rin egalladi. Ferdinand de Sossyur g’oyalari asosida til belgilar sistemasi sifatida qaraldi va til birliklarining sistemaviy tabiatini ochib berishga asosiy e’tibor berildi. Buning natijasida til sistemasi bilan uning funksiyalashuvi, funksiyalanishi jarayonida til sistemasidagi invariant birliklarning turli-tuman variantlanishi va o’zgarmas birliklarning o’zgaruvchanlik kasb etishi namoyon bo’ldi, Tilshunosning bosh vazifasi bevosita kuzatishda xilma-xil ko’rinishlarda (variantlarda) namoyon bo’luvchi lisoniy birliklar zamirida yashiringan zotiy, o’zgarmas (invariant) birliklarni aniqlash va bu birliklarning til sistemasidagi o’rnini belgilashdan iborat bo’ldi. Bu esa tilshunoslikka o’tkinchi, vaqtincha hodisalardan barqaror, doimiy mohiyatlarni anglash imkoniyatini berdi. Natijada tilning har bir satxlarida shu sath birliklarining modellari va bu modellarning nutq jarayonidagi ko’rinishlari aniqlanadi.
Sistemaviy-struktur tilshunoslik umumiy va xususiylik dialektikasini e’tiborga olgan holda til va nutqni izchil ravishda farqlaydi va asosiy e’tiborni xususiyliklarda takrorlanuvchi umumiy jnhatlarni belgilash orqali, ularni modellashtirishga qaratadi. Bunday modellashtirish dastlabki davrda faqat shaklga karab belgilangan, tilshunos uchun eng ahamiyatli narsa substansiya emas, shakl (forma) deb qaralgan (L. Yelmslev) bo’lsa, keyinchalik shu narsa ma’lum bo’ldiki, shakldan mazmunni soqit qilish mumkin emas. Sistemaviy-struktur tilshunoslikning otasi sanaluvchi Ferdinand de Sossyurning o’zi ham shakl va mazmun munosabatini daftar varag’iga qiyoslaydi. Varaqning ust qismi shakl bo’lsa, ost qismi mazmundir. Lekin varaqni hyech qachon ust va ost qismlarga alohida-alohida ajratib bo’lmaydi.
Shuni ta’kidlash kerakki, til sistemasining quyi (fonologik) sathidan tashqari, barcha sath birliklari ma’no bilan bog’langan. Ular shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan butunlik sanaladi. Shuning uchun ham har qanday lisoniy model (qolip) mazmunni o’zidan sokit qila olmaydi. Ko’p hollarda lisoniy qolipni belgilashda mazmun yetakchi planga o’tib qolishi mumkin. Ayniqsa, bu sintaktik omonimiyalarda yaqqol namoyon bo’ladi.
Shu bois sistemaviy-struktur tilshunoslik keyingi davrlarda lisoniy birliklarning shakl va mazmun munosabatiga ham alohida e’tibor qila boshladi. Buning natijasida tilshunoslikda alohida yo’nalish - mazmuniy yo’nalish maydonga keldi.
Tilshunoslikda mazmuniy yo’nalishning maydonga kelishi va bu yo’nalish bo’yicha bir qancha ilmiy tadqiqotlarning olib borilishi natijasida gap semantikasida bir talay muammolarni keltirib chiqardi.
Mantiqiy semantikaning yirik vakillaridan biri bo’lgan B.Rassel so’zlarni indikativ va indikativ bo’lmagan so’zlarga ajratadi.
Obyektiv borlikdagi ma’lum narsa hodisalarni, belgi-xususiyatlarni, harakat-holatlarni nomlash xususiyatiga ega bo’lgan so’zlarni indikativ «ishora qiluvchi» so’zlar, bunday xususiyatga ega bo’lmagan so’zlarni esa indikativ bo’lmagan so’zlar hisoblaydi. Sistemaviy-struktur tilshunoslikda birinchi tipdagi so’zlar deskriptiv so’zlar, ikkinchi turdagi so’zlar esa deskriptiv bo’lmagan so’zlar deb yuritiladi.
Gap semantikasi bilan shug’ullanuvchi tilshunoslar gap tarkibida ana shunday indikativ bo’lmagan (deskriptiv bo’lmagan): so’zlar kelganda ancha qiyinchiliklarga duch keldilar.
Gap shundaki, gap tarkibidagi deskriptiv so’zlarni konkret nutq vaziyati bilan bog’lamasa ham, qaysi denotativ (atash) ma’noda ekanligini, ob`ektiv borlikdagi nnmani nomlab kelayotganligini ; aniqlash imkoniyati bo’lsa, deskriptiv bo’lmagan so’zlarni bunday aniqlash mumkin emas. Bunday so’zlar ob`ektiv borlikdagi narsa va hodisalar, belgi va xususiyatlar, harakat va holatlarni to’g’ridan-to’g’ri nomlamagani tufayli, ular muayyan vaziyat bilan bog’lanmasa, nimaga ishora qilayotganligi noma’lumligicha qolishi ma’lum bo’ldi.
Bu shuni ko’rsatadiki, gap semantikasini shu gap tarkibida qo’llanilayotgan so’zlarning faqat ob`ektiv borliqqa munosabatini aniqpash bilangina tula izohlash mumkin emas ekan. Bunga gapning nutq jarayoniga, nutq vaziyatiga ega bo’lgan munosabatini anikdashni ham qo’shish zaruriyati mavjud. Ana shunday amaliy ehtiyoj bilan lingvistik semantika bag’ridan lingvistik pragmatika o’sib chikdi.
Shunday kilib, sintaksisda uch yo’nalish maydonga keldi:
1) sintaktika; 2) semantika; 3) pragmatika.
Sintaktik qurilmalar tarkibidagi bir lisoniy belgining boshqa lisoniy belgi bilan munosabatini o’rganuvchi soha sintaktika hisobladi.
Sintaktik qurilmalar tarkibidagi lisoniy belgilarning ob`ektiv borliqka bo’lgan munosabati semantikada o’rganshshshi ta’kidlandi.
Pragmatika esa, nutqiy aktning bevosita kontekst bilan munosabatini o’rganishi ko’rsatildi. Ko’rinadiki, nutqiy akt bilan kontekst o’rtasidagi o’zaro munosabat pragmatikaning asosiy o’rganish ob`ekti sanaladi.
●Grammatika so’z va gap tuzilishini o’rgatadigan fandir. Har bir tilning negizini uning grammatik qurilishi va leksikasi tashkil etadi. Shuning uchun grammatik kurilish tilning asoslaridan biridir,
Grammatika morfologiya (grekcha: morfe-shakl, logos-so’z, ta’limot) va sintaksis (grekcha: sintaksis-tuzish, qurish) ni o’z ichiga oladi.
Morfologiya so’zning tuzilishini, so’z shakllari, ularning hosil bo’lish yo’llarini, so’zning nutqda o’zgarish qoidalarini belgilaydi so’zlarning morfema tarkibini, leksik-grammatik kategoriyalarini, so’z turkumlarini o’rgatadi. Bundan tashqari, so’z yasalishi masalalarini ham tekshiradi.
Sintaksis - siktaktik qurshtmalar va ularni hosil qiluvchi sintaktik aloqalarni o’rganuvchi bo’limdir. Sintaktik qurilmalarning so’z, so’z birikmasi, gap va matn ko’rinishida namoyon bo’lishini o’rganadi. Sintaktik qurilmalarda birikish, bog’lanish, tartiblanish-qo’shilish qonuniyatlarini tekshiradi.
Sintaktik aloqaning ifodalanish yo’llari: grammatik vositalar, yordamchi so’zlar, gap bo’laklari tartibi, intonasiya.
Sintaktik munosabatlar va ularning sifatlovchilik (atributiv), qarashlilik, ob`ektli va relyativ (nisbatlanish) kabi turlarini o’rganadi.
Masalan, kelishik affikslari morfologiyada so’zning turli shakllari sifatida o’rganiladi, sintaksisda esa bu shakllarning so’z birikmasi va gapdagi vazifasi tekshiriladi, ularning sintaktik munosabatning vositasi sifatida karaladi. So’zning har bir aniq shakli butun tizimning bir ko’rinishidir. Har bir gapda ma’lum vazifani bajaruvchi so’z har gal shu ayrim shaklga ega bo’ladi. Tilning fikr bayon qilish tizimida so’z biror grammatik vazifani bajaradi. Demak, morfologiyada so’z turkumlari nutkda ma’lum gap bo’laklari vazifasini bajaradi.
V.A.Bogorodiskiy aytadi: «Morfologiya ayrim kategoriyalar (so’z kategoriyalari) va ularning shakllari inventaridan iborat, sintaksis esa, bu so’z va shakllarning hammasini harakatda va hayotda, nutq tarkibida ko’rsatadi». Demak, morfologiyada so’zlarning tuzshshshi o’rgaiilsa, sintaksisda larning aloqasi, bog’lanishi, birikishi, qo’shilish Yo’llari va vositalari tekshiriladi. Lekin ba’zi hodisalar (-chi, -dosh, -la kabi yasovchi affikslar) morfologiyaga xos bo’lib, sintaksisda o’rganilmaydi intaksisning
ba’zi hodisalari (so’z tartibi, intonasiya) morfologiyada o’rganilmaydi.
● Sintaksis so’z qo’shishning yo’llarini, birikmaning modellarini tasvirlaydi. 1 So’zlarning leksik grammatik aloqaga kirishuvidan birikma
hosil bo’ladi . Ular o’z xarakteriga ko’ra ikki xil bo’ladi:
1. Leksik birliklar.
2. Sintaktik birliklar yoki qurilmalar.
Leksik birliklar tuzilishiga ko’ra o’z navbatida quyidagi tiplarga ajraladi:
a) qo’shma so’zlar: belbog’, qo’lqop, beshariq, Qoradaryo, ish haqi, ish rejasi.
b) juft so’zlar: og’a-ini, gap-so’z, ikir-chikir, osh-posh, non-pon, ot-pot.
v) murakkab so’zlar: Uzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi, Samarqand davlat universiteti, O’zbekiston davlat nashriyoti.
g) frazeologik birikmalar: qovog’idan qor yog’moq, mum tishlamoq, suyagi yo’q.
Bu leksik birliklar sintaktik qurilma hisoblanmaydi. Bundan tashqari, ba’zi analitik shakllar ham sintaktik kurilma sanalmaydi: sen uchun, oy kabi, dadam bilan.
Sintaksisning tekshirish ob`ekti har qanday birikma emas, balki sintaktik qurilmadir.
Ma’lum grammatik qoidalar asosida hosil bo’lgan birikmalargina sintaktik qurilma sanaladi: baland uy, vatanni sevmok, Zarafshonning shamoli, paxta ochildi, o’g’lim - talaba.
Sintaktik qurilmalar tuzilishiga ko’ra uch tipga bo’linadi:
1) bir so’zli qurilmalar; 2) ikki so’zli qurshshalar; 3) ko’p so’zli qurilmalar.
Bir so’zli sintaktik qurilmalar birgina mustaqil ma’noli so’z bilan shakllanadi va so’z-gap, bir so’z shaklidagi nominativ, vokativ, atov gaplarni, shuningdek, kelaman tipidagi bir tarkibli gaplarni o’z ichiga oladi.
Ikki so’zli sintaktik kurilma o’z xarakteriga ko’ra: sodda so’z birikmasidan (Gulnoraning kitobi, Ma’rifatning rasmi) va sodda yig’ik gapdan (Gulnora o’qidi, Ma’rifat keldi) tashkil topadi.
Ko’p so’zli sintaktik qurilmalar ikkidan ortiq mustaqil so’zning birikshdidan iborat bo’ladi: g’uj bo’lib turgan yettita xira yulduz (murakkab birikma). Halol mehnat qilish eng yaxshi odat (yoyiq gap).
Sintaktik qurilmalar mazmuni va fikrii tugalligiga ko’ra ikki xil bo’ladi: 1) nomustaqil yoki ochiq qurilma: uning qizi, kanalning qazilishi, kitobni o’qimoq; 2) mustaqil yoki yopiq qurilma: Uning qizi gapirdi. Kanal qazildi.
Sintaktik qurilmalarning bu xususiyati ularni ikki aspekt suz birikmasi va gap sintaksisi aspektida tekshirishni taqozo etadi. Sintaksis predmeti yuzasidan tilshunoslikda xilma-xil qarashlar mavjud. O’zbek tili sintaksisiga doir barcha adabiyotlarda sintaksisning ikki birligi: so’z birikmasi va gap haqida fikr yuritiladi. Ayrim ishlarda sintaksis uch birlik: so’z birikmasi, gap va qo’shma gap haqidagi ta’limot ekanligi ta’kiddanadi.
●Hozirgi kunda sintaksis o’rganish ob`ektiga ko’ra to’rtga ajratilmokda: 1) so’z birikmasi sintaksisi; 2) gap sintaksisi; 3) qo’shma gap sintaksisi; 4) matn sintaksisi.
Nutqning ayrimlikka, o’zicha tugallikka ega bo’lgan parchasi gapdir. So’z birikmasi bunday xususiyatga ega emas, u gap tuzish vositasidir. Shuning uchun sintaksisning asosiy o’rganish ob`ekti gapdir. Gap fikrni ifoda qiluvchi nutq birligidir.
Sintaksis tilshunoslikning boshqa sathlari fonetika, morfologiya, leksikologiya bilan teng huquqli bo’lib, ular bilan uzviy aloqadordir. Bu sohalar bir-birisiz yashay olmaydi. Tilning yaxlit sistemaliligi ham ana shunda namoyon bo’ladi.
Morfologiya va sintaksis bir-birini to’ldiradi. Sintaktik kategoriyalar ko’pincha morfologik kategoriyalar bilan bog’liq holda o’rganiladi. Masalan, sodda gaplar paradigmasi morfologik kategoriyalar asosida bayon qilinadi.
Ba’zan til hodisalari (kelishiklar, yordamchi so’zlar) ham morfologiyada, ham sintaksisda o’rganiladi.
So’zning gap ichida haqiqiy hayotga ega bo’lishi, nutq ichida qo’llanishini nazarda tutgan. Bunda sintaksisning leksika bilan ham bogliq ekanligi anglashiladi. Gapning zarur belgilaridan biri intonasiya sintaksisning fonetika bilan ham bogliqpigini ko’rsatadi.
Sintaksis bog’li nutqni tekshiradi. Bog’li nutqni bo’laklarga ajratib, uning tarkibiy qismlari orasidagi har xil munosabatlarni aniqlash muhim nazariy-uslubiy ahamiyatga egadir.
Sintaktik qurilma hosil qilishda material element - so’zlar ishtirok qiladi. So’zlarning bir-biri bilan birikma hosil qilishi uchun ularning semantik-grammatik tomonlari mos kelishi lozim. Chunki so’zlarning o’z qo’shilish imkoniyatlari mavjud. Masalan, sifat ot bilan birika oladi (qizil olma: predmet va uning belgisi), ot fe’l bilan birika oladi (qush uchayapti: narsa va uning harakati). Bu xil moslik bo’lmaganliga uchun sifat bilan son birika olmaydi. So’zlarning bunday birikish imkoniyatlari valentlik sanaladi. So’z sintaktik qurshshaning elementar birligi bo’lib, u ham sintaktik birlik sanaladi. So’z har gal sintaktik qurshshani hosil qilishda ma’lum bir shaklda ishtirok qiladi. Bu shakl sintaktik vazifaga ega bo’ladi.
So’zlarni biriktiruvchi vosita-sintaktik vosita sifatida affikslar, yordamchi so’zlar, intonasiya va so’z tartibi ishtirok qiladi.
●O’zaro grammatik va mazmuniy jihatdan bog’lanib, ob`ektiv borliqdagi narsa va hodisalarning iomini bildiruvchi sintaktik birlik - nopredikativ birlik so’z birikmasidir. So’z birikmasi doimo ikki qismdan: hokim va tobe qismdan iborat bo’ladi. So’z birikmasi hokim valentligining yuzaga chiquvidan, uning imkoniyat tarzidagi bo’sh o’rinlarining to’ldirilishidan vujudga keladi.
Nopredikativ aloqa - ikkinchi darajali bo’laklarning hokim bo’lak bilan aloqasidir. Nopredikativ aloqa so’z birikmasini tashkil qiladi.
So’z birikmasida hokim bo’lak talabi bilan tobe bo’lak muayyan grammatik shaklda keladi. Shuning uchun so’z birikmasi uchun faqat tobe qismning qanday grammatik shaklda kelayotgani ahamiyatli bo’ladi: o’qituvchining hikoyasi, qanddan shirim, sutgni ichmoq, sekin so’zladi.
So’zlarning har qanday nopredikativ boglanishi so’z birikmasini hosil qila bermaydi. Shuning uchun ham so’zlariing nopredikativ bog’linishi ikkiga bo’linadi: 1) erkin bog’lanish; 2) turgun bog’lanish.
Erkin bog’lanish so’z birikmasini, turg’un bog’lanish frazeologiyaning tekshirish ob`ektidir. Qiyoslang: qizil olma, kitobni o’qimoq, yuragini olmok, og’zi ochilmoq.
●Sintaksisning asosiy birligi gapdir. Gap boshqa sintaktik birliklardan predikativlik belgisi orqali farqlanadi. Predikativlik gapning shakllar tizimidagi qismlarga ajralmaydigan grammatik ma’nodir.
Predikativlik shaxs-son, zamon, mayl, tasdiq-inkor ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi shakllar yig’indisidan tashkil topadi.
Predikativlik gapning asosiy gramatik kategoriya bo’lib, u tasdiq, inkor, modallik (mayl), zamon, shaxs, son kategoriyalari sintezidan iborat. Gap atamasi umumlashgan birlik, mohiyat sifatida til birligini ham, reallashgan birlik, hodisa sifatida nutq birligini ham ifoda etadi.
Hozirgi kunda gap sathida til va nutq hodisalarini farqlashda til birligi uchun gap, nutq birligi uchun jumla atamaparidan foydalanmoqdalar.
Predikativlik aloqa asosida shakllangan gaplar o’z xarakteriga ko’ra ikkiga bo’linadi: 1) sodda gap - monopredikativ birlik; 2) qo’shma gap - polipredikativ birlik.
Sodda gaplar monopredikativ asosga egadir, chunki gapning semantik hamda uyushtiruvchi markazi predikat sanaladi. Shuning uchun gapning butun tavsifi predikat asosida izoxlanishi lozim.
Predikat xarakteriga ko’ra, sodda gapni ikki guruhga ajratish mumkin:
1) fel asosli gaplar; 2) ot asosli gaplar.
Fe’l asosli gaplarda fe’ldan ifodalangan sintaksema ikki xil vazifa bajaradi: 1) gap elementlarini tashkil etish (bog’lash); 2) gapni gap kilib shakllantirish.
Fe’l asosli gaplarda subyekt ma’nosi ham berilgan bo’ladi: Chaqiradi, chaqiradi. Qani endi o’rtog’i churq etsa (V.Ro’zimatov).
Tuzilish va mazmuniy markazi ot predikatlardan iborat bo’lgan gaplar ot asosli gaplar sanaladi. Ot predikatlar turli-tuman ma’nolarni ifodalaydi: mavjudlik bildirish, ikki ob`ektni tenglashgirish, ma’lum ob`ektni tavsiflash: shu ma’nolar asosida sodda gaplar quyidagi guruhlarga bo’linadi: 1) mavjudlik bildiruvchi gaplar; 2) tenglashtiruvchi gaplar; 3) tavsiflovchi gaplar.
Masalan: Yo’q, yaqindan qarasang, hayot bor sahroda (A.Muxtor). Komil bo’lish imkoniyati har bir kimsada mavjud (R.fish). Ko’k piyozlar urug’lab yotibdi (O’.Hoshimov). Sahro jonli, axir. Mana, oyoq ostida (A.Muxtor). Ukam - shaharda.
Qo’shma gap til sintaktik sathining oliy - polipredikativ birligidir. Qo’shma gaplarda murakkab hukm ifodadanadi. Muayyan voqyea ifodachisi sodda gap bo’lsa, , voqyealar o’rtasidagi munosabatlarning ifodachisi qo’shma gapdir. Shuning uchun ularda bir necha predikat ishtirok etadi: Sen gapga tushsang hamma xursand bo’ladi. Sen gapirganingda, xamma xursand bo’ldi. Bu qo’shma gaplarda ayni bir voqyealar ifodalangan, lekin bu voqyealar o’rtasidagi munosabatlar har xil, ularda shart, payt, to’siqsizlik munosabatlari ifodalangan.
Xullas, ikki yoki undan ortiq voqyea orasidagi munosabatni ifodalovchi qo’shma gap - polipredikativ shakldir. So’zlar o’zaro sintaktik bog’lanib, tushuncha ifodalovchi birlik - so’z birikmasi paydo bo’ladi. U gapning tarkibida gapni shakllantiruvchi element bo’lib xizmat qiladi. So’z birikmasi fikr ifoda etmaydi. Fikr ifodalash vazifasini gap bajaradi. Shunga ko’ra, sintaksisning bosh birligi gap sanalib, so’z birikmasi gapning tarkibiga kiradigan yordamchi birlikdir. Tilning sintaktik birliklari gap va so’z birikmalari turli vositalar orkali so’zlarning birikishidan hosil bo’ladi.
●Gap va so’z birikmalari bir-biridan quyidagi belgilari bilan farqlanib turadi:
1. Gap predikativ aloka asosida shakllangan predikativ sintaktik birlik: Ko’chada sizlarni boboy kutib turibdi (Oybek). -Nega chizding? - Chizdim (X.To’xtaboyev). So’z birikmasi nopredikativ apoqa asosida shakllangan nopredikativ sintaktik birlik: soyadek ergashmoq, ko’lni bermoq, sening ukang.
2. Gap bir so’zli ham bo’la oladi:
- Bobo, -dedim. - Yugur (G’ayratiy).
–A-a? -dedi oyisi (H.Nazir).
So’z birikmasi esa kamida ikki so’zli bo’ladi: Shoiraning kitobi, hayronligini yashirdi, Habibaning ko’zi.
Bundan tashqari, har bir gapning o’ziga xos xarakterli belgilari mavjud: fikr va his-tuyg’uni ifodalash, muayyan struktura va modelga ega bo’lish, ma’no va grammatik butunlik, predikativlik va nisbiy intonasion tugallik.
Do'stlaringiz bilan baham: |