Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet100/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Tayanch so’z va inoralar: Undovlarning otlashishi, sintaktik vazifasi, undovlarning turlari, taqlid so’zlar, ularning grammatik xususiyatlari
Undovlar leksik jihatdan nominativlikni ko`rsatmaydigan so`zlar guruhida bo`lsa, grammatik jihatdan o`zgarmaydigan so`zlar qatoriga kiradi.
Sof undovlar kelishik, egalik va ko`plik affikslarini olmaydi. Bunday affikslarni olish uchun ular avvalo otlashishi kerak (oh-vohlarini qo`y, dodingni kimga aytasan).
Boshqa so`zlar bilan grammatik aloqaga kira olmasligi, gapning biror bir bo`lagi vasifasini bajara olmasligi ham bu so`z turkumining asosiy xususiyatlaridan hisoblanadi. Undovlar otlashganda gapning bosh yoki ikkinchi darajali bo`lagi vazifasini bajarishi mumikin. O`zbek tilida mustaqil so`z turkumlari maxsus so`z yasalish sistemasiga ega. Lekin undovlarda bu xususiyat yo`q.
Undovlar, asosan boshqa so`zlar bilan birlikda birikmalar tashkil qila olmaydi. Fe`llardan, asosa, demoq, ayrim vaqtlardagina urmoq, tortmoq, solmoq fe`llari bilan birikishi mumkin: Oh dedim ovora bo`ldim. Dod-voy solmoq, uf tortmoq, oh urmoq kabi.
Undov intonatsiya jihatidan o`zi kelgan gap bilan bog`langan bo`lsada, ko`p holatlarda u gapning boshqa bo`laklaridan o`ziga xos intonatsiya bilan ajralib turadi. Intonatsiya ba`zan ayrim ot yoki fe`llarning undov vasifasida kelishi uchun vosita bo`ladi: Qarang-a! Pisand qilmasdan, ishonmaslik. Yuqorida aytilganlardan hamma holatlarda ham undovlarning ma`nosini aniqlash uchun intonatsiya hal qiluvchi o`rinda turadi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Undovlar ma`nosini aniqlashda kontekstning ahamiyati katta. Bundan tashqari, undovlar ma`nosi, offenkasini belgilashda turli xil mimika va imo-ishoralarning ham o`ziga xos o`rni bor.
Undovlar boshqa so`z turkumlaiga o`tganda ulardagi ekspressiv mazmun yo`qoladi.
Nutqda undovlar ifodalilikni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. Undovlar kishining xis-tuyg`usini ifodalashdan tashqari, baholash munosabatini bildirish xususiyatiga ham ega.
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, nutq jarayonida so`zlovchilarning yoshi, amali nuqtai nazaridan undovlardan foydalanish ham ma`lum darajada farq qiladi. Xususan, o`zidan katta yoshdagilarga murojaat qilganda, yoki ma`lum lavozimni egallagan shaxslarga uning qo`l ostida ishlayotganlarga hoy deb murojaat qilmaydi yoki balli undovi kattalar tomonidan kichiklarning qilgan yoki qilayotdan ishlaridan mamnunligini ifodalash, ular mehnatini baholash uchun ishlatiladi, lekin kichiklar tomonidan kattalarning ishlariga bunday undov orqali baho berilmaydi. (O`zbek tili grammatikasi T.I.Tosh. 1975. 582-608).
Xulosa qilib aytganda, bizningcha, oraliq so`z turkumlari haqida aytilganlarni inobatga olgan holda, ularga berilgan quyidagi ta`rifni ma`qullashni lozim topdik. «Mustaqil so`zlarga ham, yordamchi so`zlarga ham kirmaydigan, ularning har ikkisiga xos belgini o`zida ma`lum darajada aks ettiradigan oraliq so`zlar bor. Bunday so`zlar undov so`zlar, modal so`zlarni o`z ichiga oladi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish