Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi



Download 2,64 Mb.
bet96/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Tayanch so`z va iboralar: yordamchi so’zlar, yuklama, so’z yuklama, qo’shimchasimon yuklamalar, modal so’zlar.


Yuklama. Yordamchi so`zlarning funksional belgisi - bog`lash. Shu belgi asosida ko`makchi, bog`lovchi, yuklama so`z va gaplarni bir-biriga bog`lash uchun xizmat qiladi. Ammo bu vazifa bog`lovchi va ko`makchi uchun o`zgarmas, barqaror belgi. Yuklamalarning o`ziga xos xususiyati shundaki, ular so`zga yoki gapga so`roq, ta`kid, kuchaytiruv, ayirish-chegaralash, o`xshatish kabi qo`shimcha ma`nolarni beradi va funksional «bog`lash» belgisiga nisbatan beqaror, o`zgaruvchan, ya`ni «bopg`lash» belgisi bo`lishi ham, bo`lmasligi ham mumkin. Chunonchi, na-na yordamchisi teng bog`lovchining bir turi sifatida inkor bog`lovchisi sanalib kelgan. G`.Abdurahmonov esa uni inkor bogg`lovchisi deb atash bilan bir qatorda, yuklamalik xususiyai ham borligini ko`rsatadi. Haqiqatdan ham, bu yordamchi ham bog`lovchilik, ham yuklamalik vazifasini bajaradi. Bog`lovchi vazifasida kelgan ayrim teng huquqli bo`lak (komponent)larga inkor ma`nosini berib, ularni bog`laydi. Na so`zlarida ma`noi bor, na ishlarida hayo.
Bu yordamchi so`z yuklama vazifasini bajarib, mazmunidan inkor anglashilgan gaplar tarkibida keladi va inkor ma`nosini ko`rsatadi: Raisning erkatoy o`g`li na o`qiydi, na biror joyda ishlaydi.
Yordamchi so`zlar - ko`makchi, bog`lovchi va yuklama o`zbek tilini, uning cheksiz imkoniyatlarini yanada boyroq, ifodani yana ham aniqroq va go`zalroq qilish vositasidir. Yordamchilar turkumi yuzasidan olib borilgan izlanishlar quyidagi xulosalarga olib keladi:

  1. Ko`makchi, bog`lovchi va yuklamalar nutqning cheksiz imkoniyatini yanada boyroq, ifodaning yanada aniqroq va go`zalroq bo`lishini, jumlaning rang-barangligini ta`minlovchi muhim vosita.

  2. Yordamchi so`zlar til tizimida mohiyatan mustaqil so`zlar bilan grammatik qo`shimchalar oralig`ida turadi.

  3. O`zbek tilida nisbiy ko`makchi, nisbiy bog`lovchi, nisbiy yuklama sirasi mustaqil so`zning yordamshilasi evaziga boyib bormoqda.

  4. Oz mohiyati bilan yuklama modal so`zlarga yaqin turadi. Shu tufayli bu ikkisi ko`pincha birgalikda tasvirlanadi. Ammo modal so`z bilan yuklamani tenglashtirib bo`lmaydi. Yuklama rang-barang ma`noni ifodalaydi, u ko`pincha mustaqil ishlatilmaydi, biror so`zga tirkalib yuradi. Modal so`zlar esa:

1) gap tarkibida gap modalligini kengaytiruvchi, murakkablashtiruvchi vosita. Kanizak, aftidan, shuni aytmoqchi edi (A. Qahhor)
2) mustaqil ravishda yakka o`zi bitta gap bo`lib kela oladi va modal so`z-gaplar deb yuritiladi. Bunday so`z-gaplarning barchasida kesimlik kategoriyasi ma`nosi so`zning lug`aviy ma`nosida mujassam bo`ladi: Kelasizmi?- Albatta:
3) Yuklamalar morfologiyada yordamchi so`zlar guruhida, modal so`zlar so`z-gaplar doirasida o`rganiladi.
4) Boshqa so`zlar guruhlari kabi modal so`zlar ham, yuklamalar ham o`ziga xos morfologik, sintaktik, ma`noviy belgiga ega. Modal so`zlar bilan yuklamaning o`zgarmasligi ularning morfologik belgisi. Sintaktik jihatdan esa modal so`zlar ajraluvchilik (ya`ni kirish so`z vazifasida kela oladi, yuklama esa gap bo`lagi bo`la olmaslik belgisiga ega. Semantik jihatdan modal so`zlar fikrning voqelikka bo`lgan munosabatini ifodalaydi va butun gapga taalluqli bo`ladi. Yuklama esa ta`kid, o`xshatish, kuchaytirish kabi qo`shimcha ma`nolar ifodalaydfi. Yuklama ifodalagan ma`no butun gapga bevosita taalluqli bo`lmay, avvalo, o`zi tirkalib kelgan bo`lakning ma`nosini bo`rttirishga xizmat qiladi va shu bo`lak orqali butun gapga taalluqli bo`ladi.
Tilshunosligimizda hozirga qadar turkumlanish akademik A.Hojiyev ta`kidlaganidek, o`z yechimini topgan emas. Buning isboti sifatida modal so`zlar, taqlid so`zlar, undov gohida mustaqil, gohida yordamchi, gohida har ikkalasiga ham kiritilmasdan alohida talqin etib kelinmoqda. Bizningcha, ularni na unisiga, na bunisiga qo`shmasdan professor A. Nurmonov to`g`ri ta`kidlaganidek, oraliq so`z turkumlari qatoriga kiritish maqsadga muvofiq. Ammo keyingi paytlarda e`lon qilingan ishlarda ular alohida so`z-gaplar deb e`tirof etilgani sababli ularni aynan keltirishni ma`qul ko`rdik. O`z fikrimizni qisqa qilib yuqorida bayon etdik. Chunki ularning nutq jarayonida ma`lum darajada mustaqillik, ma`lum darajada yordamchilik xususiyatlariga ega ekanligi barchaga ayon.
O`zbek tilida bo`lakka ajratilmaydigan gaplar yoki so`z-gaplar atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular belgi bilan mustaqil yordamchi so`zlardan sodda yoki qo`shma gap bilan farq qiladi. Bular quyidagilar:

  1. Mustaqil holda gap bo`la olish;

  2. Gap tarkibida shu gapning biror bo`lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik;

  3. O`ziga xos g`ayrioddiy ma`noga ega bo`lish;

  4. Bog`lama bilan birika olmasligi va shunish uchun mayl, zamon shaxs/son shakillariga ega emasligi.

So`z-gaplar deganda shu asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.
O`zbek lisoniy tizimi gapda ma`lum bir axborotni tashuvchi tasdiq-inkor, mayl-zamon va shaxs-son ma`no hamda munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar bo`lishini talab qiladi. So`z-gaplarda bunday tarkibiy qismni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo`la oladi, chunki kesimlik shakli, ma`no va munosabati so`z-gaplarning o`zida mujassam va ichki mohiyatini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi munosabati va kesimlik –gap markazi vazifasida kelish, fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ular gap sifatida voqelanuvchi so`zning leksik ma`nosida mujassam. Shu sababli bunday gaplarda kesimlik ma`nosi mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
Demak, soz-gaplar mustaqil bo`la olish qobiliyatiga ega ekanligi uchun bu so`zlarga nisbatan semantik funksional shakllangan so`z-gap atamasi qo`llaniladi. Bu atamadagi «semantik» tarkibiy qismi hodisaning lug`aviy -ma`noviy tomoniga ishora qiladi. Bunda gaplar markazi mavqeida kelgan leksemaning ikki tabiiy xususiyati namoyon bo`ladi, ya`ni leksik birlik ham so`z, ham gap. Bu atamaning funksional tarkibiy qismi esa so`z-gaplarning sintaktik vazifa bajarishi faqat gap markazi fazifasida kela olishi bilan chegaralanganligini ifodalaydi.
So`z-gaplarning o`ziga xos g`ayrioddiy lug`aviy ma`noga ega ekanligi quyidagilarda namoyon bo`ladi:

  1. ma`no imkoniyati chegaralangan;

  2. grammatik shaklni talab qilmaydi;

  3. boshqa so`zlar bilan birikish qobiliyatidan mahrum;

  4. gapda bajara oladigan vazifasi cheklangan;

  5. ma`noli qismlarga ajralmaydi;

Shuning uchun ham so`z-gaplar boshqa leksemaga nisbatan g`ayrioddiy, biroq ma`no va vazifa jihatidan alohida barqaror til birligi. Aytib o`tilgan fikrdan shunday xulosaga kelish mumkinki, ot, sifat, son, olmosh, fe`1, ravish, taqlid kabi so`z turkumlari gapning istalgan bir bo`lagi vazifasida kela olsa, so`z-gaplar gap (yoki uning markazi) vazifasida kela olishga xoslangan, bog`lovchi, ko`makchi, yuklama esa sintaktik aloqani ifodalash uchun xizmat qiladi.
So`z-gap bir necha ma`noviy guruhga ajraladi:

  1. Modal so`zlar

  2. Undov

  3. Tasdiq-inkor so`z

  4. Taklif-ishora so`z.

So`zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati-qat`iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma`nolarini ifodalab keladigan so`zlar modal so`zlar. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so`zlar misol bo`ladi va ular formal tilshunoslikda turlicha talqin qilingan.
Kishining his-tuyg`usini, haydash, to`xtatish kabi xitobni, buyruqni ifodalaydigan so`z-gaplarning ko`rinishi undov so`zlar. His-tuyg`u undovlariga oh, voh, eh, barakalla, rahmat, ofarin, buyruq-xitob undovlariga pisht, beh-beh, pish-pish, chuh kabi xitob so`zlari kiradi.
So`z gaplarning uchunchi ma`noviy guruhi bo`lgan tasdiq/inkor so`zlari ko`pincha modallar tarkibida o`rganiladi. Ha, mayli, xo`sh, xo`p so`zlari tasdiqni yo`q, mutlaqo, also, sira so`zlari inkorni ifodalovchi so`z-gaplardir.
Taklif/ishora so`zlariga qo`llanishi ta`na azolari bilan uzviy bog`liq bo`lgan ma, mang, qani, marhamat so`zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan, uni biror ish harakatni bajarishga undaydi.
So`z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko`pchiligi boshqa so`z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o`ziga xos nutqiy qo`llanish natijasida shakillangan va rivojlangan. Chunonchi, so`ssiz, tabiiy so`zlari har qalay, har xolda modal so`zlari so`z birikmasidan nasib bo`lsa, xudo xoxlasa gapidan kelib chiqqan.
So`z-gapsimon deganda mohiyatan so`z gaplar bo`lmagan lug`aviy birikmalarning so`z-gap vazifasida kelishi tushuniladi. Jumladan, modalsimonga shunday qilib, baxtga qarshi, tavba, xudo saqlasi; undalmalarga erkalash ma`noli asalim, oppog`im va undov ma`noli ey, do`stlar kabi; tasdiq/inkorsimonlarga xuddi, shunday, hech qachon, noto`gri kabiu; taklif/ishorasimonlarga boshlang ko`rinishli misol. Qisqasi, so`z-gaplarning leksik semantic guruhi bo`lgan sof so`z gap o`zi tarixan kelib chiqadigan so`z turkumidan batamom uzilgan, ko`pchiligi ravish, sifat, ot sifatida mutlaqo qo`llanmaydi. So`z gaplashgan unsure esa o`zlari tarixan kelib chiqqan so`z bilan omonimik munosabat xosil qiladi va boshqa turkumdan aloqasini mutlaqo uzmagan bo`ladi. So`z-gaplashayotgan unsurlarga o`zi boshqa so`zlar turkumi (ravish, sifat, olmosh, son, fe`l)ga tegishli, lekin so`z gaplarga xos ma`no va vazifada qo`llana oladigan birliklar kiradi va so`z gapsimonlardan farqi shundaki, ushbu qatlamga oid so`z tarixiy taraqqiyot natijasida batamom so`z-gaplarga o`tib ketishi mumkin. So`z-gapsimonlar esa o`z so`z turkumi doirasida qoladi.
«O`zbek tili grammatikasi»da va boshqa ko`pgina manbaalarda mu masalaga butunlay boshqacha qaralaganini ko`rishimiz mumkin. Modal ma`nolar morfologik, sintakti, leksik usullar bilan ufodalanadi. Bu usullar o`zari zich bog`langan. Modalikkning morfologik ifodalanishi deyilganda odatda mayl kategoriyasi, shuningdek, zamon kategoriyuasining ichki tarmoqlanishi nazarda tutiladi. Bu Grammatik kategoriyalar asosan morfologiyaning fe`l bahsida, shuningdek, sintaksisning gap bahsida o`rganiladi.
Modal so`z. fikrning chinligi, aniqligi, qat`iyligi yoki gumonli, chamali kabi ma`nolarni ifodalash uchun xoslangan so`z modal so`z deyiladi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish