Tayanch so`z va iboralar: bog’lovchi, qo’shimchasimon bog’lovchi, teng bog’lovchi: biriktiruv bog’lovchisi, zidlov bog’lovchisi; ergashtiruvchi bog’lovchi: aniqlov bog’lovchisi, shart bog’lovchisi, sabab bog’lovchisi, chog’ishtiruv bog’lovchisi.
Bog`lovchi. Bog`lovchi ham ko`makchi kabi sintaktik aloqa vositasi, ulardan tobe munosabatni ifodalashdan tashqari teng munosabatni ham hosil qilishi bilan ajralib turadi. Bog`lovchi gap bo`lagi, qoshma gapning sodda gapga teng qismi orasidagi turlicha aloqani, grammatik munosabatni ko`rsatadi.
Bog`lovchini ham ko`makchi u singari shakliy jihatdan uch guruh, (sof bog`lovchi, nisbiy bog`lovchi, qo`shimchasimon bog`lovchi)ga ajratib o`rganish lozim. Sof bog`lovchi guruhiga faqat bog`lovchi vazifasida qo`llanadigan va, hamda, yo, yoxud, yoki, ammo, lekin, biroq, chunki, shuning uchun, agar, ya`ni kabi yordamchi so`zlar xos.
Qo’shimchasimon bog`lovchi guruhiga –ki, (-kim) va ham bog`lovchi, ham yuklama vazifasida kela oladigan –y, (-yu), -da qo`shimchalarining bog`lovchi vazifasini to`la-to`kis bajarishi qator manbalarda qayd etilgan, -mi qo`shimchasida ham bog`lovchilik xususiyati borligini Yomg`ir yog`dimi, hamma joy nam bo`ladi. Karim keldimi, to`polon boshlanadi tipidagi gaplar tasdiqlaydi. Yordamchi so`zlar nafaqat so`zlarni, hatto gap va matn qismlarini ham bog`lashga xizmat qiladi.
Hozirgi o`zbek adabiy tilidan mavjud darslik va qo`llanmalarda bog`lovchining vazifa jihatidan turlari quyidagicha:
Teng bog`lovchi.
1) biriktiruv bog`lovchisi: va, -y (-yu), hamda.
2) ayiruv bog`lovchisi: yo, yoki, yoxud, goho, dam… dam, bir,…bir, ba`zan…ba`zan.
3) Zidlov bog`lovchisi: ammo, lekin, biroq.
Ergashtiruvchi bog`lovchi:
1) Aniqlov bog`lovchisi: ya`ni, -ki, (-kim). 2) Sabab bog`lovchisi: chunki, shuning uchun, zeroki,
3) Shart bog`lovchisi: agar, agarda, agarchi.
4) chog`ishtiruv bog`lovchisi: go`yo, go`yoki.
Teng va ergashtiruvchi bog`lovchilarning ma`no va vazifa tomoni, imlo xususiyati formal tilshunoslikdagi darslik va qo`llanmalarda atroflicha bayon etilgan. Shuni ta`kidlash lozimki, ayrim bog`lovchilarning mohiyati, o`rni hanuzgacha aniq belgilanmagan. Masalan, chog`ishtirish bog`lovchisiga go`yo, go`yoki kiritiladi. Ammo bu so`z gaplar bo`lagi yoki gapni bog`lash uchun emas, balki o`xshatish, qiyoslash ma`noli konstruksiyalarda shu ma`noni ta`kidlash uchun xizmat qiladi, o`xshatish, qiyoslash ma`nosi esa boshqa vosita bilan ifodalanadi. Beda orasi juda issiq, go`yo quyoshniung butun olovi beda ichiga yashiringanday. Nay sadosining mayin to`lqinlari tip-tiniq havoda yoyilarkan, go`yo hamma yoq jonlangan kabi tuyuldi. Ushbu misollarda o`xshatish, qiyoslash, -dek qo`shimchasi va kabi so`zi bilan ifodalanmoqda, go`yo esa shu ma`noni ta`kidlamoqda. Demak, go`yo ta`kid yuklamasi. Balki yordamchisi haqida ham shu fikrni aytish mimkin. Balki qo`llanishidagi ba`zi xususiyatga ko`ra zidlov bog`lovchisidan farq qiladi. Zidlov bog`lovchisi ko`pincha qo`shma gap qismlarini bog`laydi, balki bog`lovchisi bunday vazifani bajarmaydi. Havo bulut bo`ldi, lekin (ammo, biroq) yomg`ir yog`madi. Bu musolda zidlov bog`lovchisi o`rnida balki so`zini qo`llab bo`lmaydi. Ham...ham biriktiruv bog`lovchisi ta`kid qo`shimcha ma`no bo`yog`iga ega, na…na inkor ma`nosini ifodalaydi, -mi so`roq-taajjub yuklamasi esa gap tarkibida bog`lash funksiyasini bajaradi. Shuning uchun bular bog`lovchi- yuklama hisoblanadi. Chunonchi. 1. Na so`zlarida ma`no bor, na ishlarida hayo. 2. Bir tovuqqa ham suv kerak, ham don kerak. U bir gapni aytdimi, albatta, qiladi.
Bog`lovchining formal-funksional talqini muammosi. Yuqorida aytilgan fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, o`zbek tili bog`lovchilarining ma`no va xususiyatlari tamomila boshqacha, ularni turkona tahlil qilish, bog`lovchilar bilan bog`liq masalani to`la va to`g`ri talqin etish bugingi kunda tilshunoslik oldida turgan bosh masalalardan biri sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |