Ona tili va adabiyot o‘quv – uslubiy majmua samarqand – 2019 Qayta tayyorlov kursi yo‘nalishi


Gapni shakllantirishda ohangning roli



Download 2,64 Mb.
bet109/202
Sana26.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#470417
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   202
Bog'liq
Ona tili va Adabiyot. O`quv uslubiy majmua

Gapni shakllantirishda ohangning roli. Nutqiy gapning muhim belgilaridan biri – uning tugallangan ohangga ega bo‘lishi.
Gapning fikriy va sintaktik tugalligi ohang jihatidan ham tugallik va yaxlitlikni taqozo qiladi: tugallangan ohang fikrning va sintaktik qurilishning tugalligini bildirib turadi. Zero, gap va gap bo‘lmagan nutqiy hodisa (so‘z, SB)larning muhim farqlaridan biri ham tugal bo‘lmagan ohangga ega bo‘lishi. Masalan: 1. Кelgan o‘quvchi. 2. Кelgan – o‘quvchi. Bu nutqiy hodisaning birinchisida ohang ko‘tariluvchi, ikkinchisida esa tushuvchi. Кo‘rinadiki, birinchi hosila aniqlovchi-aniqlanmish tipidagi birikma bo‘lib, u fikr anglatmaydi va bu uning tugal bo‘lmagan ohang bilan aytilishini talab qiladi. Ikkinchi hosila (kelgan bola) ham tarkibi jihatdan oldingi hosilaga o‘xshaydi, lekin tarkibida kesimlik shakli va ma’nosi borligi uchun tugal ohang bilan aytiladi. Shu boisdan birinchi qurilma ochiq, yakunlanmagan, ikkinchisi yopiq va tugallangan. Bir so‘zning o‘zi ham goh tugal, goh tugallanmagan ohang bilan aytilishi mumkin. Qiyoslang:1. Qish. 2. Qish ..
Demak, so‘z yoki birikma fikriy, sintaktik va ohang jihatidan tugallikka ega bo‘lib, gap tusiga kiradi.
Ohang nafaqat gapning tugallanganligini, balki gapning turli tipini belgilashda ham muhim. Misol sifatida bir so‘zni olaylik. Qiyoslang:
A’lochi...
A’lochi.
A’lochi!
A’lochi?
A’lochi!?
Ma’lum bo‘ladiki, so‘zning atov birligimi yoki gap, gap bo‘lsa, qanday tabiatga ega ekanligini nutqda faqat ohang ko‘rsatmoqda. So‘z yoki SB atov birligi sifatida nutqda gapdan ohang bilan ham farqlanganligi kabi, gapning turlarini farqlashda ham boshqa omillar bilan birgalikda ohangga tayaniladi. Masalan, Jonim! gapida uning his-hayajon gap ekanligini faqat ohang ko‘rsatmoqda. Voy, jonim! gapida esa leksik (voy) va fonetik (ohang) omil hamkorlik qilmoqda. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak, so‘roq, buyruq), his-hayajon ifodalanishiga ko‘ra turlarini belgilashda leksik, morfologik omillar ishtirok etishi ham, ishtirok etmasligi ham mumkin, lekin fonetik omilning bo‘lishi shart.
Gaplar mundarijasi, shakli va vazifasi jihatidan farqlanadi: Men shaharga boraman. Men shaharga boramanmi? Men shaharga boray. Bu gaplarda so‘zlovchining maqsadi har xil bo‘lganligi bois, ular turlicha shakllangan hamda gapning darak, so‘roq va buyruq-istak turlari vujudga kelgan. Bu esa gapning turlicha ohangga ega bo‘lishini taqozo etadi. Gaplarning grammatik shakllari bir xil bo‘lganda ham, ularni ohang farqlab turadi. Demak, gapning grammatik shakli turlicha bo‘lsa-da, so‘zlovchining maqsadi va ohangi har doim muvofiq.
Yuqoridagi misolda aytilganidek, bir gapda turli xil maqsad ifodalangan bo‘lishi mumkin. Masalan, Shaharga boraman! gapida xabar bilan so‘zlovchining shodlanishi ham ifodalangan va ular ohang orqali «tasdiqlangan».
Ohang qo‘shma gap tarkibiy qismlarini bog‘lashda ham namoyon bo‘ladi. Кo‘pincha, u grammatik vosita o‘rnini bosish darajasiga ko‘tariladi: Biz ishonamiz – ko‘nglimiz to‘q. Bunda ohang (pauza) ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida qo‘llangan.
Gap bo‘laklari orasidagi munosabatni ko‘rsatishda ham ohang muhim o‘rin tutadi. Men – men, sen – sen gaplarida gap bo‘lak (ega-kesim)larini farqlashda va ular orasidagi munosabatni ko‘rsatishda ohang hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Halim, ukam o‘qishga kirdi va Halim ukam o‘qishga kirdi gaplarida Halim so‘zining (1-gapda) undalma yoki (2-gapda) aniqlovchi ekanligi og‘zaki nutqda ohang orqali bilinib turadi.
Gapning sintagmalarga bo‘linishi va aktual bo‘linish hodisalarida ohangning roli katta.
Aytilganlar asosida nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. gap nisbiy tugal fikr anglatadi;

  2. gap grammatik shakllangan bo‘ladi;

  3. tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo‘ladi;

  4. axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi.




Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish