ONA TILI VA ADABIYOT (asosiy)
Qaysi gapda o‘tgan zamon sifatdoshi qo‘llangan?
+Qalbim o‘rtamoqda so‘ngsiz armonim,..
Yurak qonim bilan yozgan dostonim
Sizga bag‘ishladim, Otajon!
Ulg‘ay, bolajonim, Ulg‘aygin tezroq,
Sening yo‘llaringga yulduzlar mushtoq.
Tepamda yonadi zangori chiroq,
Cho‘chib uyg‘onaman, Onam qoshimda.
Qishloq ko‘chasidan zanjiday qora
Olov bolaligim yugurayotir.
Qaysi gap tarkibida orttirma darajadagi sifat qo‘llangan?
Shamning qizg‘ish shu’lasi kulbaga fayz berib turar edi.
+Bo‘yi mendan baland-u, o‘zi sap-sariq.
Baxtiyorning shalpangquloq, jajji kuchukchasi bor.
Bizning Shahlo o‘zi kichkina bo‘lsa ham, ziyrak qiz.
Ajratib ko‘rsatilgan qaysi so‘z ko‘chma ma’noda qo‘llangan?
Hamma uylarda chiroq bor, ikkinchi qavatdagi bir xona qop-qorong‘i.
+Bu og‘ir kunlar ham bir kuni o‘tib ketadi.
Toshkent – O‘zbekistondagi eng chiroyli va qadimiy shahar.
Qanotlaring mallarang, Jussang kichikligidan ko‘rinarkansan arang.
Ikki marta qaragan hech nimani yo‘qotmaydi. Ushbu gapda tushum kelishigidagi so‘z qaysi bo‘lakka tobelangan?
aniqlovchi B) to‘ldiruvchi C) ega +D) kesim
Asosi shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lmagan yasama so‘zlarni aniqlang.
tarbiyalamoq; 2) yotsiramoq; 3) tuzlamoq; 4) ikkilanmoq; 5) havolanmoq; 6) fikrlamoq.
+1,4,6 B) 2,5,6 C) 1,3,4,5 D) 1,2,5
Qaysi qatordagi gapda tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
+Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.
Ehtimol, sizda ham shunday holler bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
Mening opam ham tajribali shifokor.
Shunday odamlar borki kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
Qaysi gapda imloviy xato yozilgan so‘z mavjud?
Ehtimol, endi u sochlarini yulib faryod chekayotgandir.
+Shu tufayli o‘z nasibasini bizga inom etmoqchi bo‘lgan edi.
She’r otasini xotirlayotgan farzandning xayollari, iztiroblari bilan boshlanadi.
Mayli, hamma olqish, hamma boyliklar o‘sha madhiyabozlarga buyursin!
O‘zaro zid ma’noli so‘zlar juftligini aniqlang.
+boy – kambag‘al B) mushkul – dushvor C) uquvsiz – noshud D) moziy – o‘tmish
Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘lgan kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
U do‘stining gaplarini diqqat bilan eshitdi.
Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.
U mumtoz qo‘shiqlarni zavq bilan kuylardi.
+Xatni olib, ko‘k qalam bilan ostiga chizilgan so‘zlarni o‘qidi.
Qaysi gapda hol vazifasida kelgan holat ravishi qatnashgan?
Rasmda bahor manzaralari juda chiroyli tasvirlangan.
Ko‘p o‘tmay hamma ichkariga taklif etildi.
+Bolakay qo‘rqmadi, jimgina orqasiga qaytib keta boshladi.
Hammadan arazlab, yig‘lagancha narigi uyga kirib ketdi.
Qaysi gapda maqsad holi vazifasida kelgan harakat nomi shaklidagi yasama fe’llar qatnashgan?
+ “Avvallari ovqatlanish uchun yashagan bo‘lsam, endi yashash uchun ovqatlanyapman”, – degan ekan bir donishmand.
Kechagi voqeani tushuntirib berish uchun kelgan Nizomjon bu yerdagi holatni ko‘rdi-yu, indamay orqasiga qaytdi.
Yangi boshliq bu yerda tartib-intizom o‘rnatganidan barcha ishlar bir maromda ketar, jamoa ichida hech qanday muammolar ko‘zga tashlanmas edi.
Bu kitobni o‘qish uchun anchadan beri men ham navbat kutib turardim, kitob esa guruhdagi qizlardan ortmas edi.
Qaysi gapda holning ikki ma’no turi kesimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tobelangan?
Bu voqeadan keyin ancha kekkayib qolgan Nozimjonni yaqin orada ko‘rmagan edim.
Dilshod maktubni xolasiga berdi va ko‘chaga chiqib ketdi.
Tabiati injiq bo‘lgan hukmdor jarga qulab ketgudek bo‘lsa ham, hamma aybni boshqalarga to‘nkaydi.
+Bir kishi quturgan tuyadan jonini qutqarish uchun jarga sakraydi.
Quyida berilganlardan qaysilari sof modal so‘z bo‘la oladi?
1) masalan; 2)koshki; 3)aftidan; 4)chamasi; 5)shekilli; 6)ehtimol; 7)xullas
A) 1,2,3,4 B) 2,5,6,7 +C) 1,2,5,7 D) 4,5,6,7
Quyida berilganlardan tarkibida ng harflar birikmasi ishtirok etmagan so‘zlarni aniqlang. 1) dengiz; 2) konga; 3) shtanga; 4) kengaygan; 5) so‘nggi; 6) bugungi
1,2,4,5 B) 1,3,4,6 C) 2,3,5,6 +D) 2,3,6
Quyida berilgan so‘zlardan nechtasi imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan?
uzr, voqea, tabiyat, murojaat, zulm, muttafakir, mudofaa
3tasi B) 6tasi +C) 5tasi D) 2tasi
Qaysi gapda fe’lli so‘z birikmasi qatnashmagan?
+Men o‘ylaymanki, bugungi kun sizning hayotingizda juda muhim.
Korxonamiz ishga tushganda O‘zbekiston tamg‘asi bitilgan mahsulotlar ichki bozorga dadil kirib bordi.
Yigit o‘zini chetga olishga tirishdi, ammo u odamlar orasidan chiqa olmadi.
Yomg‘ir ham, suv to‘lqini ham, suv ko‘pigi ham suv bo‘lganligi uchun yana suvga qaytadi.
Gap bo‘laklari joylashuvi quyidagi tartibga mos bo‘lgan ergashgan qo‘shma gapni aniqlang: to‘ldiruvchi kesim to‘ldiruvchi kesim.
Erga navbat – sherga navbat.
+Nimani qilsang xor, O‘shanga bo‘lasan zor.
Ketmon chopdim – non tishlading.
Agar elga xiyonat qilsang, salomat yasholmaysan.
Qaysi javobda berilgan gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so‘z ishtirok etgan?
Bunday uyning ostonasidan jaholat hatlamaydi.
+Chinni kosalarga suzulgan issiq sho‘rva ishtahani yana ham ochib yubordi.
“Olim bo‘lsang, olam seniki”, – deydi xalqimiz.
O‘zni sezib pahlavonday, ulg‘ayib zo‘r kuchga to‘ldim, o‘zim xohlab, askar bo‘ldim.
Qaysi javobdagi so‘zlarning barchasi bo‘g‘inga noto‘g‘ri ajratilgan?
ma’-ri-fat, in-’om, ma-i-shat, si-lin-drik
mak-tab-i-miz, o-na-lar, o‘-shan-ga, bon-gi
a-ka-de-mik, mu-oma-la, o-lam, ya-ngi-la-moq
+jon-ba-xsh, si-nf, jim-jim-a-dor, esh-it-moq
Do'stlaringiz bilan baham: |