Ona tili va adabiyot fanlaridan



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/73
Sana18.02.2022
Hajmi0,79 Mb.
#453809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73
Bog'liq
ona tili va adabiyot fanlaridan boshliqlarni toldirish boyicha tavsiyalar



 
O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta’limi Vazirligi 
Xorazm viloyati pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va
malakasini oshirish instituti 
 
 
 
“Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi 
 
ONA TILI VA ADABIYOT FANLARIDAN 
BO`SHLIQLARNI TO`LDIRISH BO`YICHA 
TAVSIYALAR 
 
 
 
Urganch – 2014 y. 




2013-2014 o`quv yilining yakunida o`tkazilgan ta’lim sifati monitoringi
natijalariga ko`ra o`quvchilarning bilimlarida aniqlangan bo`shliqlar
yuzasidan Xorazm 
viloyati xalq ta’limi boshqarmasining ta’lim sifati samaradorligiga erishish maqsadida fanlar va 
sinflar kesimida metodik xat, tavsiya va dars ishlanmalari ishlab chiqish va joylarga yetkazish 
chora – tadbirlar rejasi ishlab chiqildi.Ushbu belgilangan rejaning ijrosini amalga oshirish uchun 
VPKQTMOI Til va adabiyot ta’limi kafedrasida ona tili va adabiyot fanidan metodik tavsiya 
sifatida dars ishlanmalari ishlab chiqildi. 
Monitoring natijasida ona tili va adabiyot fanidan quyidagi mavzularni 
o`zlashtirishda bo`shliqlar mavjudligi aniqlangan: 
Ona tili fanidan 5 –sinf o`quvchilarida qiyinchilik tug`dirgan mavzular “Nutq 
tovushlarining ma’no farqlash vazifasi”, ”Talaffuz va imlo me’yorlari”, ”Urg`u va uning turlari”, 
“So`zlarning shakl va munosabatiga ko`ra turlari”, “So`roq gaplarning hosil qilinishi” kabi 
mavzular bo`ldi.5- sinf o`quvchilaridan nazorat ishlari o`tkazish jarayonida yuqoridagi mavzular 
bo`yicha berilgan savollarga ko`pchilik o`quvchilari to`g`ri javob bera olmaganligi 
aniqlandi.Diktant olinganda o`quvchilar ko`proq tutuq belgisining qo`llanilishida , “h” va “x” 
undoshlarini farqlashda, so`zlarni bo`g`inga ko`chirishda, tinish belgilarni qo`llashda xatoga yo`l 
qo`yganliklari aniqlandi. Ba’zi bir o`quvchilar diktant uchun maxsus topshiriqlarni,
ya’ni so`zlarni fonetik, so`z tarkibiga ko`ra tahlil qilishda ham xatoga yo`l qo`yishgan. 
9- sinf o`quvchilari ona tili fanidan “Qo`shma gap turlari” mavzusini o`zlashtirishda , 
ayniqsa , ergashgan qo`shma gap turlarini farqlashda xatolikka yo`l qo`yganliklari 
aniqlandi.O`quvchilar qo`shma gaplarni hosil qilishda bog`lovchilarning qaysi turidan 
foydalanganini , ularni ma’nodoshi bilan almashtirganda qo`shma gapning qaysi turi hosil 
qilinishini, ularda tinish belgilarining qo`llanilishi bo`yicha yetarli bilimga ega emasliklari 
aniqlandi.Ayniqsa , zidlov bog`lovchilari qo`shma gapning qaysi qismida qo`llanilishi va tinish 
belgilarning ishlatilishida xatolikka yo`l qo`yilgan. 
9- sinflarda adabiyot fanidan o`quvchilar g`azalda qo`llangan she’riy san’atlarni topishda 
qiyinchiliklari, mumtoz adabiyot namoyondalarining asarlari nomi, uning hajmi, asar mazmuni 
va mavzusi qanday ekanligini bilmasliklari aniqlandi. “O`tkan kunlar”, “Kecha va kunduz”, 
“Qutlug` qon” romanlari qahramonlarini ajratishda qiynalganlar.Monitoring jarayonida 
o`quvchilar “Asrga tatigulik kun ” asarining mazmuniga oid savolga javob berishda
qiynalganlar.
Ta’kidlash joizki, har bir fanda murakkab mavzular mavjud bo`ladi.Ana shu murakkab 
mavzularni o`tishning o`ziga xos usullari bilan foydalangan holda dars o`tilganda , 
o`quvchilarning o`zlashtirilishi kafolatlanadi.Demak, bu mavzularni o`qitishning tegishli 
texnologiyalarini qidirib topish zaruriyati tug`ildi. 
Davr talabi xorijiy texnologiyalarni o`rganish, tajribadan o`tkazish orqali bu 
texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirish, yangi samarador texnologiyalarni joriy etish,
talabga
javob bermaydigan usullardan voz kechish, buning uchun jahon va milliy 
tajribadan kelib chiqib, o`qitishning o`ziga xos texnologiyalarini yaratish va amaliyotda 
qo`llash imkonini bermoqda. 
Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda a
niqlangan bo`shliqlar yuzasidan Xorazm 
VPKQTMOI Til va adabiyot ta’limi kafedrasida ona tili va adabiyot fanidan metodik tavsiya 
sifatida dars ishlanmalari ishlab chiqildi.I
shlab chiqilgan dars ishlanmalari hamda 
foydalanish uchun adabiyotlar ro`yxati tavsiya sifatida havola qilinadi.


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish