2-o’quvchi
:
Men Qodiriyning ijodiy faoliyatiga to’xtalmoqchiman. A.Qodiriy bor
yo’g’i 44-yil umr ko’rdi. Shundan atiga 20 yili qizg’in ijtimoiy faoliyat va badiiy ijodga
bag’ishlandi. “Sadoiy Turkiston” gazetasining 1914-yil 1-aprel sonida “Yangi masjid va maktab”
sarlovhali xabar bilan matbuotda Qodiriy nomi paydo bo’ldi.
Oradan ko’p o’tmay “Millatimizga”, “Ahvolimiz” she’rlari “Baxtsiz kuyov” dramasi,
“Juvonboz”, “Uloqda” hikoyalari matbuotda nashr etiladi. A.Qodiriyni yozuvchi safida elga
tanitgan ilk asarlari “Kalvak Maxzumning xotira daftaridan”, “Toshpo’lat tajang nima deydi”
qissalaridir.
1919-1920-yillarida “O’tgan kunlar”, 1928-yil “Mehrobdan chayon”, 1934-yili qishloq
hayotidan “Obid ketmon” romanlarini yozdi.
O’qituvchi:
Nima uchun A.Qodiriy o’zbek romanchiligining asoschisi deb sanaladi.
1-o’quvchi:
“Otgan kunlar” va “Mehrobdan chayon” romanlari bilan. A.Qodiriy
o’zbek adabiyotida roman janrini eng oily nuqtaga olib chiqdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |