ONA TILI DARSLARIDA BUYUK AJDODLARIMIZ ILMIY
ME’ROSIDAN OQILONA FOYDALANISH VA IQTIBOSLAR
KELTIRISH METODIKASI
Iqtibos (sitata) va havola (snoska) larni yozishda quyidagi talablarga rioya qilish shart:
Iqtibos va havolalarning manbasi ular keltirilgan betning tagida berilishi shart;
Matnning ostida manbani ko‘rsatish uchun keltirilgan matn-tagmatn sifatida ifodalanadi va u asosiy matn ostida o‘tkazilgan chiziq bilan ajratib qo‘-yiladi;
Tagmatn ham xatboshi bilan boshlanadi;
Tagmatn bitiruv malakaviy ish yoki boblar boyicha arab raqamida raqamlanishi zarur;
Tagmatnning raqami iqtiboslarda keltirilgan jumla yoki iboraning oxirgi so‘zida qo‘shtirnoqdan keyingi so‘zning ustida qo‘yilishi lozim;
Tagmatnning raqami havolalarda esa ma’lumotlar va ko‘rgazmali vositalar nomining oxirgi so‘zi ustida qo‘-yilishi lozim;
Tagmatnda kitoblar ko‘rsatilganda quyidagi tartibga amal qilish zarur: muallifning familiyasi (to‘liq), ismi-sharifi (bosh hariflari), nuqta alomati, Kitobning nomi, nuqta, chop qilingan shaqar, ikki nuqta, nashriyot nomi, nuqta, nashr qilingan - yil, nuqta, Kitob yoki boshqa manbaning "Iqtibos yoki havola" qilingan beti (betlari). Masalan: Shodmonov Sh.Sh., Gafurov U.V. - Iqtisodiyot nazariyasi: darslik./
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O rta maxsus ta’lim Vazirligi.- T.: Iqtisod-moliya. 2010. 25-30-betlar.
152
Tagmatnda jurnal yoki to‘plamlarda e’lon qilingan maqola yoki tezislar keltirilganda: maqola yoki tezis muallifining familiyasi (to‘liq), ismi-sharifi (bosh hariflari), nuqta alomati, maqola yoki tezisning to‘liq nomi, parallel' ishorasi, jurnal yoki toplam nomi qo‘shtirnoqsiz holda, nuqta va drob, chop qilingan shahar, ikki nuqta, nashriyot yoki tashkilot nomi, nuqta, nashr qilingan yil, nuqta, tire, jild soni, nuqta, tire, maqola yoki tezis bosilgan bet (betlar).
Ona tili va adabiyot fanining tarixi haqida gapirib shuni aytish mumkinki, dunyo miqyosida og‘zaki va yozma adabiyot paydo bo‘lgandan buyon uni inson ruhiyatiga ta’sir qila oladigan darajaga yetkazish asosiy muammolardan biri bo‘lib kelmoq- da.
Xususan, o‘zbek adabiyotini o‘qitish tarixi haqida gapirilarkan, uni yaqin-yaqinlargacha ham, asosan, Oktyabr inqilobi bilan bog‘liq holda talqin va targ‘ib etilga- nini ta’kidlab o‘tish joiz. Aslida, turkiy xalqlarda adabiyot o‘qitish bilan bog‘liq masalalar juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Bu muammoning boshi 0‘rxun-Enasoy yodgorliklarida o‘z aksini top- gan, deyish mumkin. Adabiyot va badiiy so‘zning mohiyatiga kirish masalalari Sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi hayotida har doim juda katta ijtimoiy-ma’naviy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan.
Masalan, 0‘rta Osiyoning ulug‘ mutafakkiri Abu Nasr Foro- biy ovoz va nutqning tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor berib «Ilmlaming kelib chiqishi» («Ixso ul-ulum») nomli risolasida badiiy asami ifodali o‘qish, o‘qiganini hikoya qilib berish zo‘r san’at ekanini alohida ta’kidlagan. Uningcha, hikoyachilik san’atini yaxshi egallagan kishilar «hakim» deyiladi. 0‘qish va notiqlik san’atini chuqur egallagan shaxslar esa faylasuflar, donishmandlar bilan tenglashtiriladi.
Qomusiy olimlardan yana biri Abu Ali ibn Sino badiiy asar- ning inson ruhiyatiga ta’siri haqida gapirib, g‘azal eshitilganda ko‘ngil kishilarining ahvoli shodlik va kulguga yoki g‘amginlik va yig‘iga moyil bo‘lishini, ayniqsajudolik va hajr tilga olinganda bu holatlar ortishini alohida ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham «Avesto», arab adabiyoti, «Kali- la va Dimna», hind adabiyotiga oid ko‘plab asarlami tahlil qilib, ulami qiyoslarkan, kitobxonni ulardan o‘mak va namuna olishga chaqiradi.
M. Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asarida ham alohida, birgalashib va ko‘plashib o‘qish haqida qarashlar mavjudligini ko‘rish mumkin.
Yusuf Xos Hojib ham o‘z bitiklarida so‘z va uning ma’nolariga alohida to‘xtalib o‘tgan. U badiiy so‘zni «muqaddas hodisa» deb biladi. Insonning aqlu zakovati shu hodisalami ajrata olishida namoyon bo‘lishini ta’kidlaydi. So‘z va u tashiydigan ma’nolami bilish uchun tarbiyalanuvchi bunga yo‘naltiradigan shaxsga ehtiyoj sezishini aytadi. Ko‘rinadiki, hamma zamonlarda ham badiiy so‘z va uning tahliliga zarurat bo‘lgan.
Alisher Navoiy, Bobur, Munis, Abdulla Avloniy, Hamza Ha- kimzoda Niyoziy va boshqa adiblar ijodida ham badiiy so‘zning inson tarbiyasiga, uning ma’naviy kamolotiga ta’siri bilan bog‘liq qimmatli fikrlami juda ko‘plab uchratish mumkin.
XVII asrdan XIX asming birinchi yarmigacha o‘tgan davrda, ayniqsa, XIX asming ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Turkis- tonda pedagogik, metodik fikr o‘ziga xos tarzda rivojlandi. Masalan, Dilshod Bamo (1800 - 1906) asarlaridan uning ellik bir yil maktabdorlik qilganini, to‘qqiz yuzga yaqin qizni savodli qilib chiqarganini, ulardan yaqin to‘rtdan bir qismi «tab’i nazmi bor» shoira, oqila qizlar
153
bo‘lib yetishganini ko‘rish mumkin. Anbar Otindek taniqli shoira ham Dilshod Bamo maktabining o‘quvchisi bo‘lganini ta’kidlash o‘rinlidir.
Adabiyot o‘qitish ishiga o‘tgan asr boshlarida alohida e’tibor qaratildi. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Abdulla Qodiriy, Cho‘lpon kabi shoir va yozuvchilar o‘zbek xalqining ma’rifatli bo‘lishi ma’naviy kamolotning asosi ekanini nazarda tutib izlandilar, yangicha mazmundagi asarlar yaratishga kirishdilar.
Masalan, Behbudiy o‘zining «Padarkush» nomli bitigida ma’rifatning inson hayoti, insoniyat taqdiri uchun qanchalik katta ahamiyat kasb etishini namoyish etgan. Milliy va insoniy qadriyatlami anglashda ma’rifatli bo‘lish zarurligini alohida ta’kidlagan.
Abdulla Avloniy ham o‘z davrida chop etilgan «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yoxud Axloq», «Maktab gulistoni» singari asarlarida, bosilmay qolgan «Uchinchi muallim», «Maktab jug‘rofiyasi», «Hisob masalalari» singari dars- liklarida yosh avlodni ma’rifatli bo‘lishga undagan bo‘lsa, «Maktab Gulistoni» darsligida bevosita adabiy ta’lim haqida so‘z yuritib badiiy asarlami ifodali o‘qish, yakka va ko‘pchilik bo‘lib o‘qish, ichdan o‘qish, dialog singari turlari, dramatik asarlami o‘qish yo‘llari haqida ma’lumot beradi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy esa 1914-15 yillarda boshlang‘ich maktablar uchun «Yengil adabiyot», «0‘qish kitobi», «Qiroat ki- tobi» singari darsliklar yozgan bo‘lib, muallif ularda o‘qish, matn ustida mustaqil ishlash, sinfdan tashqari o‘qish ishlariga alohida e’tibor bergan. Hamza o‘z darsliklarida badiiy so‘z ko‘magida o‘quvchilaming ma’rifiy va ma’naviy yetukligini ta’minlashni nazarda tutgan.
Fitratning shu davrda yaratilgan «Adabiyot qoidalari» kitobini nafaqat adabiyot nazariyasiga, balki adabiyottanuv masalasiga, uni o‘qitish ishlariga ham oid qo‘llanma deb atash mumkin.
«Adabiy o‘qish» atamasi ta’lim amaliyotiga o‘tgan asming 30-yillarida kirib keldi. Adabiy o‘qish uchun tanlangan asarlami g‘oyaviy-badiiy tahlil qilish asosiy o‘rinni egallardi, ya’ni badiiy asardan siyosiy, partiyaviy g‘oya axtarilardi. Asarlar badiiy, estetik mazmuniga qarab emas, ijtimoiy davrga qanchalik xizmat qilishiga qarab tanlanardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |