“NASHIDE” ONLINE O’QUV MARKAZINING
ONA TILI VA ADABIYOT FANIDAN
ASOSIY BLOK UCHUN TAYYORLAGAN
MUSTAHKAMLASH QO’LLANMASI
(FONETIKA VA ORFOGRAFIYA MAVZUSIGA DOIR
TEST VA TOPSHIRIQLAR)
mavzulashtirilgan
Tuzuvchi: Anvarova Zohida
Samarqand- 2022
1.Og’zaki nutqning tovush tuzilishini tilshunoslikning qaysi bo’limi o’rganadi?
A) fonetika B) orfoepiya
C) grafika D) leksikologiya
2.Til oldi jarangsiz undoshlari berilgan qatorni aniqlang?
A) l, z, d, j B) b, p, m
C) t, s, sh, ch D) k, q, x, h
3.Qaysi so’zdagi yopiq bo’g’inlarning barchasi jarangli undoshlardan tashkil topgan?
A) manmanlik B) marvartak
C) do’stlikning D) dorbozman
4.–a unlisining fonetik tasnifi qaysi qatorda to’g’ri berilgan?
A) old qator, o’rta keng, lablanmagan
B) old qator, yuqori tor, lablanmagan
C) orqa qator, quyi keng, lablangan
D) old qator, quyi keng, lablanmagan
5.d va t undoshlari qaysi jihatlariga ko`ra bir guruhga mansub?
A) portlovchi, sirg`aluvchiligiga ko`ra B) jarangli va jarangsizligiga ko`ra
C) hosil bo`lish o`rniga ko`ra
D) A va C javoblar
6.Faqat ochiq bo’g’inli so’zlar qatorini belgilang.
A) il-hom, bar-za-ngi
B) i-ro-da, ma’-no
C) sa-do-qat, ra’-no
D) ta’-mir-lash, sa-ma-ra
7.Qaysi qatordagi so’zlarda urg’u oxirgi bo’g’inga tushmagan?
A) doston, piyoda, marjon
B) vaholanki, fizika, ba’zan
C) qishloq, ertalab, bugun
D) kitobxon, darsxona, ziyo
8.Qaysi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor?
A) marosim, viloyat, jazo
B) mardona, jarangdor, bodom
C) asosiy, murod, dasturxon
D) gazmol, dilrabo, nasim
9.Faqat unli va sonorlardan tashkil topgan so’zlarni belgilang.
A) darmon, mangu, shamol
B) non, daryo, majnuntol
C) mumkin, jomadon, munis
D) mamnun, langar, ra’no
10.Qaysi jarangli undoshlar o’z jarangsiz juftlari bilan birga sirg’aluvchi tovushlarga mansub bo’ladi?
A) b B) z C) r D) g
38. Qaysi qatorda lab undoshlari berilgan?
A) f, v B) b, m, p, f, v C) b, m, p D) d, t, s
11.Qaysi gapda mantiqiy urg’u go’zallikka so’ziga tushgan?
A) Biz yoshlar go’zallikka doimo oshnomiz.
B) Go’zallikka doimo biz yoshlar oshnomiz.
C) Biz yoshlar doimo go’zallikka oshnomiz.
D) Doimo oshnomiz go’zallikka biz yoshlar
12. Qaysi so’zda faqat til oldi undoshlari mavjud?
A) chodir B) sarlavha
C) ulkan D) qardosh
13.Qaysi so’zlardagi ikki unli orasida talaffuz qilganda y orttiriladi?
A) maorif, taajjab B) taalluq, mutolaa
C) shuur, inshoot D) shoir, oid
14. So’z bo’g’inlaridan yoki gapda ishtirok etayotgan so’zlardan birining boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz qilinishi....
A) bo’g’in B) urg’u
C) fonema D) assimilyatsiya
15.Lotin alifbosi qoidasiga ko’ra qaysi so’zda tutuq belgisi qo’yilmaydi?
A) ma….ruza B) Nu…mon
C) ma…no D) mo’…jiza
16.Hosil bo’lish o’rniga ko’ra f va d undosh tovushlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni toping.
A) f –jarangsiz undosh, d -- jarangli undosh
B) f – lab-tish undoshi, d – til oldi undoshi
C) f – sirg’aluvchi undosh, d – til oldi undoshi D) to’g’ri javob berilmagan
17. Qaysi qatordagi jarangli undoshlar o’z jarangsiziga aylantirilsa, boshqa so’z paydo bo’ladi?
A) badan, jilg’a B) gardan, g’ijjak C) vafo, janr D) dala, zahar
18. Hosil bo’lish usuliga ko’ra z va m undoshlariga to’g’ri tavsif berilgan qatorni aniqlang.
A) z – jarangli undosh, m – sonor undosh
B) z va m til oldi undoshlari
C) z – sirg’aluvchi undosh, m –burun undoshi
D) z – sirg’aluvchi undosh, m –portlovchi undosh
19.I tovushiga moyil talaffuz qilinadigan a unlili so’zni toping
A) taalliq B) benatija
C) rohatbaxsh D) muomala
20.Talaffuzda ikki undosh orasida bir i orttiriladigan so’zlarni toping.
1.stakan 2. muhr 3. ilm 4.armon 5. vaqt 6. fikr
A) 1, 2, 3, 4, 5, 6 B) 2, 3, 4, 5, 6
C) 1, 3, 6 D) 2, 3, 5, 6
21.o tarzida talaffuz qilinadigan a unlili so’zlarni belgilang?
A) baland, manba B) marra, salla
C) sarob, sarlavha D) savob, zamon
22.o’ tarzida talaffuz qilinadigan o unlili so’zlarni toping.
A) osmon, doston B) tolmas, qolmas
C) tonna, noyabr D) sodda, modda
23.Qaysi undosh tovush bilan tugagan so’zlarga jo’nalish kelishigi qo’shilsa asos va qo’shimcha asliga muvofiq yoziladi?
A) q B) k C) A va B D) g’
24.Arab yozuviga asoslangan eski o‘zbek yozuvidan qachon foydalanilgan?
a)VIII asrdan 1929-yilgacha
b) 1930–1940-yillar oralig‘ida
c)1993-yildan so’ng
25.SMS so’zining ma’nosi?
a)inglizcha short – “qisqa”,
b)messeje – “xabar”
c) servise – “xizmat”,
d)qisqa xabarlar xizmati
26.“Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” gi Qonun
qachon qabul qilindi?
a)1993-yil 2-sentabrda
b) 1995-yil 24-avgustda
c) 1989-yilning 21-oktabr
Do'stlaringiz bilan baham: |