Xorazm viloyati
Yangiariq tumani
29-umumta’lim maktabida o’tkazilgan
“Ona tili va adabiyot fan oyligi”da bajarilgan
ishlar yuzasidan
HISOBOT
Yangiariq tumani 29-umumta’lim maktabida Ona tili va adabiyot fan oyligi uchun tuzilgan ishlar
REJASI
Tr
|
Bajariladigan ishlar mazmuni
|
Bajariladigan sana
|
Bajaruvchi shaxs
|
1
|
“Ona tilim – millat ko’zgusi!” nomli fan oyligining ochilish tadbiri (sanitariya- gigiyena qoidalariga amal qilgan holda)
|
1. X. 2021
|
Tangriberganova Marhabo boshchiligida uslub birlashma a’zolari
|
2
|
,,Qalbi daryo muallimim” o’qituvchi va murabbiylar kuniga bag’ishlangan bayram( sanitariya- gigiyena qoidalariga amal qilgan holda)
|
2. X. 2021
|
Uslub birlashma a’zolari va o’quvchilar
|
3
|
Xalq og’zaki ijodi namunalari. Maqollar –ma’nolar xazinasi 5-6-sinflar o'rtasida tanlov
|
4. X. 2021
|
Sa’dullayeva Zebo
|
4
|
O’qituvchilar o’rtasida ,,Ona tilim – iftixorimsan!’’ deb nomlangan ko’rik tanlovi o’tkazish
|
5. X. 2021
|
Maktab o’qituvchilari o’rtasida
|
5
|
,,Xatosiz xat yozaman’’ shiori ostida tanlov
|
8. X. 2021
|
V-IXsinflar
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
M.Toshmuhammad o’g’li Oybekning ,,Fonarchi ota’’ hikoyasi asosida 5-a sinfda ochiq dars
|
13. X. 2021
|
Xudoyberganova Shirin
|
7
|
“Farhod va Shirin” dostonida timsollar tasnifi mavzusida 9-b sinfda ochiq dars
|
15. X. 2021
|
Safayeva Saida
|
8
|
“Tilimiz – g’ururimiz va boyligimiz!” mavzusida yuqori sinflar uchun ma’ruza mashg’uloti
|
18. X. 2021
|
Qalandarova Sevara
|
9
|
“XX-asr adabiyoti she’riyati” tanlovi Usmon Nosir. S.Zunnunova, R.Hamzatov, Zulfiya, A.Oripov, M.Yusuf ijodidan namunalar
|
19. X. 2021
|
VII-sinflar
|
10
|
,,Ona tilim - iftixorimsan” deb nomlangan bayram tadbiri
|
21. X. 2021
|
Tangriberganova Marhabo va VII-sinf o’quvchilari
|
11
|
“Men ham kelajakda ovoz beraman” deb nomlangan diktant, insholar tanlovi
|
20. X. 2021
|
Ona tili va adabiyot fani o’qituvchilari
|
12
|
“Saida Zunnunova hayoti va ijodi” mavzusida noan’anaviy ochiq dars
|
25. X. 2021
|
Sa’dullayeva Zebo
|
13
|
Yakuniy tadbir
|
30. X. 2021
|
Uslub birlashma a’zolari va o’quvchilar
|
Yangiariq tumani XTB 29-umumiy o’rta ta’lim maktabining “Ona tili va adabiyot” fan oyligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan
HISOBOT
Maktabimizda ona tili va adabiyot fan oyligini o’tkazish yuzasidan oylik tadbir reja tuzildi va rejadagi chora-tadbirlar muhokama qilindi. Fan oyligi boshlangan ilk kundayoq maktabimizda fan oyligi burchagi tashkil etildi va o’quvchilar fan oyligida bajariladigan rejalar bilan tanishtirildilar.
1-oktabr kuni o’quvchilar safga to’plandilar va ularga “Ona tili va adabiyot fan oyligida” olib boriladigan vazifalar o’qib eshittirildi. O’quvchilar bajaradigan vazifalar, tadbirlar, tanlovlar, ma’ruzalar, tezkor savol-javoblar, rasmlar tanlovi, bayon va insholar tanlovi, ijodkor o’quvchilar ijod na’munalari hamda turli xil sahna ko’rinishlari tashkillashtirish, fan oyligi davomida o’quvchilarning faol ishtirok etish vazifalari yuklatildi.
1-oktabr kuni “Ona tilim – millat ko’zgusi” nomli tadbir o’tkazilib, ushbu tadbirni maktabimiz direktori Sh. Asqarova ochib berdi va o’z nutqida tilimizning ahamiyati va ona tilimizga bo’lgan hurmatimizning naqadar muhimligi haqidagi o’z mulohazalari bilan o’quvchilarga murojaat qildi.
Maktab rahbarining nutqidan so’ng ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Marhabo Tangriberganova boshchiligida fan oyligining ochilish tadbiri ko’tarinki ruhda o’tkazildi.
Bundan tashqari 1-oktabr kuni ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Tangriberganova Marhabo boshchiligida 7-v sinf o’quvchilari bilan birgalikda, “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan “Qalbi daryo muallimim!” deb nomlangan tadbirlarini ustozlar e’tiboriga havola etdilar.
4-oktabr kuni ona tiliva adabiyot fani o’qituvchisi Qalandarova Sevara rahbarligida, 5-6-sinflar o’rtasida “Maqollar - ma’nolar xazinasi” deb nomlangan kichik musobaqa o’tkazildi va unda 6-b sinf o’quvchilari g’olib bo’ldilar.
Ona tili va adabiyot fan oyligida nafaqat o’quvchilar, balki maktabimizning keksa-yu yosh ustozlari ham faol ishtirok etdilar. Ustozlar o’rtasida “Ona tilim – iftixorimsan!” deb nomlangan, 4 shartdan iborat ko’rik tanlov tashkil etildi va ustozlar ham tanlov shartlarini a’lo darajada bajardilar.
Tanlovda faol ishtirok etgan va g’olib bo’lgan ustozlarga maktab rahbariyati tomondan esdalik sovg’alari topshirildi.
“Xatosiz xat yozaman” ko’rik tanlovida ham o’quvchi va o’qituvchilarimiz birday yuqori qiziqish bilan ishtirok etdilar. Tanlov oxirida munosib qatnashgan ishtirokchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar. O’qituvchilar turli mavzularda chiqishlar qildi, Bugungi kunda ona tili va adabiyot olamida bo’layotgan eng so’nggi yangiliklarni o’quvchilarga yetkazib turdilar.
Fan oyligi davomida turli xil tadbirlar bilan birgalikda, ona tili va adabiyot fanlaridan ko’plab ochiq darslar ham o’tkazildi. Shulardan birini Qalandarova Sevara 13-oktabr kuni 5-a sinf o’quvchilari bilan birgalikda o’tkazdi. Ochiq dars mavzusi: Muso Toshmuhammad og’li Oybekning “Fonarchi ota” hikoyasi.
Ochiq darsga maktabimizning ko’plab ustozlari tashrif buyurdilar. Ochiq dars so’nggida ular dars haqidagi o’zlarining fikr va mulohazalari, takliflarini berdilar.
Navbatdagi ochiq dars muallifi, uzoq yillardan beri maktabimizning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi vazifasida namunali faoliyat yuritayotgan M.Tangriberganova bo’ldilar. M.Tangriberganova 7-v sinfda o’tkazilgan “Bemor hikoysi haqida” mavzusini nihoyatda qiziqarli va pedagogik texnologiyalardan unumli foydalangan holda tashkil etdi. O’qituvchi ochiq dars mobaynida AKT texnologiyalaridan judayam mohirlik bilan foydalandi va o’quvchilarga mavzuga aloqador, darslikdan tashqari ko’plab yangilik va ma’lumotlar yetkazib berdi.
18-noyabr kuni ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi S.Zebo tomonidan yuqori sinf o’quvchilariga “Tilimiz – g’ururimiz va boyligimiz!” mavzusida ma’ruza tashkil etildi. Sa’dullayeva ma’ruza davomida o’z ona tilimizga bo’lgan hurmatimiz va tilimizning qadri yuksalishi uchun qilishimiz mumkin bo’lgan xizmatimiz haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berdi.
“XX asr adabiyoti va she’riyati” mavzusida tashkil etilgan tanlovda o’quvchilar Usmon Nosir, Saida Zunnunova, Rasul Hamzatov, Zulfiya, Abdulla Oripov hamda Muhammad Yusuflarning hayoti va ijodi mavzulari yuzasidan o’z bilimlarini namoyon qildilar va eng ko’p ma’lumotlar to’plab kelgan 8-a sinf o’quvchilari g’olib bo’ldilar.
Oktabr oyida mamlakatimizda muhim siyosiy tadbir, ya’ni O’zbekiston Respublikasi Prezidentligi saylovi ham bo’lib o’tdi. Saylov oldidan o’quvchilar o’rtasida “Men ham kelajakda ovoz beraman” mavzusida diktantlar tanlovi o’tkazildi.
Tanlovda yozilgan diktant va insholar ichida imloviy xatolari yo’qligi va mazmuni jihatidan eng namunali ish 8-a sinf o’quvchisi yozma ishi deb topildi.
Ochiq darslar davomiyligini maktabimizning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi X.Shirin davom ettirdi. U 7-a sinf o’quvchilari ishtirokida “Saida Zunnunova hayoti va ijodi” mavzusida noan’anaviy ochiq dars tashkil etdi. Ochiq darsga kuzatuvchi sifatida maktabimizning ko’plab yosh o’qituvchilari tashrif buyurdilar va iliq taassurotlar bilan o’z fikr va mulohazalarini o’rtoqlashdilar.
30-oktabr kuni fan oyligi yakuni bo’yicha uslub birlashma a’zolari o’rtasida kichik muhokama majlisi bo’lib o’tdi. Unda fan oyligida erishilgan yutuq va kamchiliklar muhokama qilindi va oldinda bajariladigan ishlar yuzasidan rejalar belgilab olindi. So’ngra fan oyligining yopilish tadbiri bo’lib o’tdi. Fan oyligining yopilish tadbirida, ayniqsa, 8-sinf o’quvchilari faol ishtirok etdilar. O’quvchilar hozirgi kunda yoshlarimizning ona tilimizga bepisand va hurmatsiz munosabatda bo’layotganligini tanqidiy sahna ko’rinishlari bilan ifodalab berdilar.
Maktab direktori: ______ Sh.Asqarova
Ona tili va adabiyot
uslub birlashma rahbari: (v.b) _____M.Tangriberganova
Do'stlaringiz bilan baham: |