Ona tili va adabiyot 5-sinf 1-chorak uchun
1. Kunduz kuni o’chirib, tunda yoqa olmaysan
Yoniga bo’lmas borib, usiz yashay olmaysan
A) oy B) lampochka
C) quyosh D) oy va yulduzlar
2.,, Susambil’’ ertagida uchda edik , beshta bo’ldik , deya yolda davom etgan hayvon …….
A) ari B) eshak C) ho’kiz D) xo’roz
3.Ezop o’z qutisida yon – atrofdagilarga nima ulashib berdi ?
A) uzum B) non C) kitob D) shirinlik va ichimlik
4.,,Iskandar Zulqarnayn’’ dostonidagi Iskandarning sehri nima orqali fosh bo’ldi?
A) qamish B) nay C) pichoq D) tuproq, qum
5.Bolaligida onasi Komila ayadan ko’plab doston va ertaklarni yod olgan shoirimiz kim?
A) G’afur G’ulom B) Xudoyberdi To’xtaboyev C) Oybek D) Hamid Olimjon
6.Ko’rpangga qarab oyoq uzatgin degan fikr Ezopning qaysi masaliga xos ?
To’g’ri javob ko’rsatilgan tartib raqamini belgilang.
A),,Burgut,zag’cha va cho’pon (3)’’ B),,Ustiga tuz ortilgan eshak’’ (1)
C),,Bo’ri bilan laylak’’ (4) D) Eshak bilan baqalar’’(2)
1 2 3 4
7. yaxshi so’z bilan… inidan chiqar, yomon so’z bilan … qinidan chiqar.
A) ilon, pichoq B) baliq, sigir C) qush, it D) uy, odam
8. Quvonch shulkim tole yor bo’lib,
Baxtni topgan elni ko’roldim.
Asrlarning qayg’usin qarg’ab
Shodlik va baxt kuyini chaldim.
Shodlik va baxt kuychisi deb ta’riflangan shoirimiz kim?
Oybek B) G’afur G’ulom C) Zulfiya D) Hamid Olimjon
9. An’anaviy boshlanish va tugallanishga ega bo’lgan janrni belgilang
A) hikoya B) doston C) ertak D) masal
10. Abu Hurayra rivoyat qiladilar: “Birovni (kurashib ) yiqitgan polvon emas, balkim …
A) G’azablangan vaqtida jahlini yutgan odam B) yetim boqqan odam C) ilm o’rgangan odam D) qarindoshlariga zakot bergan odam
11. Sehr, avrash, makr kabi ma’nolarni bildiruvchi adabiy janr?
A) topishmoq B) afsona C) maqol D) chiston
12. uch og’a-ini botirlar ertagida kenja botir nimani o’ldiradi?
A) sherni B) ajdarni C) ilonni D) filni
13. Gumonni anglatuvchi kirish so’zni belgilang.
A) darhaqiqat B) balki C) xullas D) birinchidan
14. son, ong, yig’I so’zlariga so’z yasovchi qo’shimcha qo’shilganda o’zakda qanday tovush o’zgarishi sodir bo’ladi.
A) tovush orttiriladi B) tovush tushib qoladi C) tovush o’zgaradi D) tovush o’zgaradi, tovush tushib qoladi
15. 1)manba; 2)yonma-yon; 3) tandir 4) qalampir 5) tanbal 6) yonbosh Ushbu so’zlarning qaysi birida talafuzda tovush o’zgarishi yuz beradi
A) 1,2,5,6 B) 1,3,4,6 C) 2,3,4,5 D) 3,4,5,6
16. Qaysi qatordagi zid ma’noli so’zlar birgalikda qo’llanilib yangi so’z hasil qilishi mumkin?
A) ozg’in-semiz, tonggi-tungi B) toza-iflos, urush-tinchlik, oq-qora C) oq-qora, uzoq-yaqin, yosh-qari D) eski-yangi, uzun-qisqa, yosh-qari
17. nutqning eng kichik birligi
A) harf B) tovush C) fonema D) tovush va fonema
18. o’zbek xalqi o’z tarixida qanday yozuvlardan foydalangan?
A) so’g’d, o’rxun-enasoy B) oromiy, so’g’d, o’rxun-enasoy, C) oromiy, o’rxun-enasoy, D) faqat o’rxun-enasoy
19. kutilmagan xabar eshitishi natijasida taajjub bildirib, aynan gapni yoki uning biror bo’lagini takrorlash natijasida qanday gap hosil bo’ladi?
A) darak gap B) so’roq gap C) so’roq-buyruq gap D) his-hayajon gap
20. ma’nodosh so’zlar qatorida begona so’z qatnashgan javobni aniqlang.
A) quyosh, shams, oftob, hilol, kun B) yuz, oraz, siymo, bet, chehra C) zamon, vaqt, davr, payt D) xushro’y, chiroyli, suluv, go’zal
Tuzuvchi: Rustamova Hulkar
Do'stlaringiz bilan baham: |