A)Sifatlar uyushiq aniqlovchi vazifasini bajargan.
B)Sifatlar ma’noviy jihatdan uch turga oid.
C)Otlashgan sifat qatnashgan.
D)Tub va yasama sifatlar qatnashgan.
19. Qaysi ma’lumot Said Ahmadning hayoti va
ijodi haqida emas?
A)Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir
mahoratini, G‘afur G‘ulom yumorini,
Abdulla Qahhorning ixcham va teran fikrlash
fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan
ijodkordir.
B)U dastlabki asari bilanoq buyuk ijodkor
Abdulla Qahhor nazariga tushgan,
undan
“Sof, samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib
o‘qiladigan asar” yozibsiz deb maqtov olgan.
C) Said Ahmad Toshkent shahrining
“Samarqand darboza” mahallasida dunyoga
kelgan.
D)Uning ilk mashqi o‘n olti yoshlarida
“Mushtum” jurnalida chop etilgan va
dastlabki ish faoliyati ham xuddi shu
jurnalda boshlangan.
20.
asal//ari, dev//qomat, Besh//ariq, jigar//rang,
olib//kelmoq, sher//yurak, qo‘l//qop, bayon//etmoq,
och//ko‘z
Ushbu juftliklardan qo‘shma so‘z hosil
qilinganda nechtasi qo‘shib yoziladi?
A) 8tasi B) 7tasi C) 6tasi D) 5tasi
21. Qaysi javobdagi ma’lumot Zavqiyning
ijodi
haqida?
A)Ijodkor "Zamona kimniki", "Ajab zamona", "Bo‘l",
"Muncha ko‘p" hajviyalari muallifidir.
B)Ijodkor "Til", "Maktab" she’rlari, "Fidoyi xalqim. . .
" deb boshlanuvchi g‘azal muallifidir.
C)Ijodkor "Navro‘z" radifli, "Ustina" radifli,
"Aylansun" radifli g‘azallar muallifidir.
D)Ijodkor "Turkmаn binоsi", "Adolat yaxshi" she’rlari
muallifidir.
22. Qaysi javobda "Alpomish" dostoni qahramoni
Oybarchin haqida ma’lumot berilgan?
A)U o‘zining suratini qog‘ozga soldirib, bir
sandiqcha tayyor qilib, o‘zining sochidan bir
tola soch olib, to‘raning uzugini o‘zining
suratiga o‘rab, . . . sandiqni qulflab, daryoga
oqizib yuboradi.
B)Otasi uni Ko‘kqamish ko‘lida qo‘y sog‘dirib,
chorvachilik ilmini o‘rgatish maqasadida
maktabdan chiqarib oladi.
C)U yorining zolim xon qo‘lida bandi bo‘lib,
qirq kun muhlat bilan zindonga
solingani
haqida maktub yozib mayna orqali yigitning
ota-onasiga yo‘llaydi.
D)U oshiq yigitga: ". . . menga qarab sen ham
nobud bo‘lma, sen elga yetib, odamlarga
qo‘shilsang, yurtingga borsang, men sendan
roziman", − deya iltijo qiladi.
23. Qaysi javobda ravish qatnashgan?
A)Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib ketdim.
B)So‘nggi pushaymon − o‘zingga dushman.
C)Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Mashina
terimi tugay deb turibdi.
D)Ular hozircha
kovlab kirolmabdilar, lekin
allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar.
24. Men sizga shuni eslatib qo‘ymoqchimanki,
sizning har bir so‘zingiz biz uchun tilladan afzal
sanaladi.
Qaysi javobda ushbu ergashgan qo‘shma gapning
ergash gap qismidagi barcha gap bo‘laklari shartli
belgilar asosida tartib bilan to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) _____ - - - - - - - - =======
B) ~~~~~ ~~~~~ _____ - - - - - - - - =====
C) ~~~~ ~~~~~ ______ - - - - - - - - . . . .. =====
D)~~~~~ ~~~~~ ______ - - - - . . . . . =======
25. Qaysi javobdagi baytda tazod she’riy san’ati
qo‘llanmagan?
A)Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,
Sen shah-u, men benavo, lutf ayla, faryodim eshit.
B)Bevafolar zulm-u bedodig‘a
ermassen harif,
Ey sinuq ko‘nglum, agar xud shisha, gar po‘lod bo‘l.
C)Vasl uyin obod qildim, buzdi hijron oqibat,
Seli g‘amdin bu imorat bo‘ldi vayron oqibat.
D)Nastarin yuvib yuzni, yosuman tuzib o‘zni,
Nargis ochibon ko‘zni intizori yoronlar.
26.
"Bu chol . . . oltmish yoshlar chamasida,
cho‘ziq yuzlik, do‘nggiroq peshonalik, sariqqa
moyil, to‘garak qora ko‘zlik, oppoq uzun soqollik
edi. Soqolining oqlig‘iga qaramasdan uning
qaddida keksalik alomatlari sezilmas va tusida
ham uncha o‘zgarish yo‘q edi". Uning
"o‘g‘il-qizlari bo‘lmag‘an, bo‘lsalar ham
yoshliqda o‘lib ketkanlar. Shuning uchun bo‘lsa
kerak, Otabekka ixlos" qo‘ygan edi.
Ushbu parchada "O‘tkan kunlar" romanidagi
qaysi qahramon haqida fikr yuritilgan?
A) Sodiq B) Hasanali C) Ziyo shohchi
D) Mirzakarim qutidor
27.
Bu hikoyada dunyodagi eng yaxshi, saxiy,
mehribon chol va kampirning og‘ir kechgan
hayoti tasvirlanadi. Ular qishda ham, yozda
ham mahalla bolalarini uyiga yig‘ib mehmon
qilardi. Ularning Oltmishvoy degan o‘g‘li
urushga ketib qaytib kelmaydi.
Ushbu mazmundagi voqealar "Dunyoning
ishlari" qissasidagi qaysi hikoyada keltiriladi?
A) "Qarz" B) "Mening Acha xolam"
C) "Ermon buvaning tilagi"
D) "Oy quyoshdan nur oladi"
28-29-30 savollar quyidagi matn asosida:
Rivoyat qilishlaricha, Eron shohlaridan biri Gushtasp
kunlardan birida jangda
Do'stlaringiz bilan baham: