Ona tili va adabiyot 11-sinflar uchun 1-variant



Download 33,7 Kb.
Sana27.02.2023
Hajmi33,7 Kb.
#915016
Bog'liq
Ona tili va adabiyot 11


Ona tili va adabiyot 11-sinflar uchun 1-variant
1.Qaysi qatordagi ayiruv bogʻlovchili qoʻshma gapda galma-gallik munosabati ifodalangan?
A) Yo siz keling, yo men boray
B)Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi.
C)Goh shap-shap suv kechib, goh oyoqlari yelimday loyga botib yugurar edi.
D)Yo zardoʻzi toʻning toʻzibmi qoldi, Yoki soʻkildimi suvsar telpaging.
2. Qaysi gapda paronim qo`llash bilan bog`liq xatolik mavjud?
A) Ot abzalini shayladi,o`q-anjomin boyladi.
B) Ularning tup maqsadini bilib olishimiz kerak.
C) Ayni bizbop ketmon ekan, endi hech ham qiynalmaymiz.
D) Mashina dovon tepasiga ko`tarilar ekan, derazadan salqin shamol urildi.
3. Qaysi javobda oʻzaro bir xil soʻz turkumiga oid yasama soʻzlar qatori berilgan?

A) kuyunchak, kelinchak, belanchak
B) yigʻloqi, sayroqi, oʻynoqi
C) fidoyi, sahroyi, mavqeyi
D) porloq, taroq, qiynoq

4. Tarkibida uyushiq boʻlaklar ishtirok etgan bogʻlovchisiz qoʻshma gapni belgilang.
A) Mehr-muruvvat, saxovat insonlarni bir-biriga yaqinlashtiradi, joliillik uni yoʻldan adashtiradi.
B) Xirmon sayli, qovun sayli, gul bayrami, Mehrjon bayrami, Navroʻz shodiyonalari she'rsiz, bahr-u bayt va oʻlanlarsiz oʻtmagan.
C) Egrilik, yolgʻonchilik insonni qabohatga yetaklaydi, toʻgʻrilik boʻlsa uni saodatga boshlaydi.
D) Zavodimizda yangi gʻoya va tashabbus bilan chiqayotganlar koʻp, shuning uchun yoshlarning izlanuvchanligidan quvonaman.
5. Yasama soʻzning ega vazifasida kelishi kuzatilgan ergashgan qoʻshma gapni aniqlang.
A) Ishlaganga bir tanga boʻlsa, oʻrgatganga ming tanga. B) Kim koʻp oʻqisa, u koʻp biladi.
C) Oʻroq oʻtkir boʻlsa, xirmon omborda boʻlur. D) Bir kishi ariq ochsa, ming kishi suv ichadi.
6. Xabar maylidagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang.
A) Toʻqlikda ochlikni oʻyla, boyiganda muhtojlikni.
B) Bu gapni eshitib Bahromning koʻzi charaqlab ochilib ketdi.
C) Odam boʻlaman desang,kamtarlikni odat qil. D) Ma’naviyat –millat nishoni.
7.Ikkinchi darajali boʻlaklari bir xil soʻz turkumi bilan ifodalangan gap qaysi javobda berilgan?
A) Qir tomondan gʻir-gʻir shabada esib turibdi. B) Koʻp odamlar bundan bexabar edi.
C) Kumush qishdan, zumrad bahordan qolishmaydi kuzning ziynati. D) Qaysi gulni yoqtirasiz?
8. Qaysi qatordagi qoʻshma gapning ergash gap qismida ega va kesim uyushgan?
A) Kim chaqqon va tez harakat qilsa, yutuq oʻshaniki boʻladi?
B) Kamalakdek rango-rang boʻlsin deb san’at, tillar Asrlarcha qildim jang.
C) Yoshligimizda juda koʻp qiynalganmiz, shuning uchun akam ham men ham ishlab, oʻqiganmiz.
D) Shuni bilingki, aql bilan odob-jism bilan jon.
9.Vazifadosh modal soʻz berilgan qatorni aniqlang.
A) avvalo, attang B) darhaqiqat, haqiqatdan
C) chamasi, shubhasiz D) albatta, shaksiz
10.Vazifadosh bogʻlovchi berilgan qatorni aniqlang.

A)Taraqqiyot tasodif emas, balki zaruriyatdir
B)Kun sovidi, ammo yomgʻir yogʻmadi
C)Yo siz keling, yo men boray
D)Hunar oʻrgan, chunki hunarda sir koʻp

11. Tinish belgilari toʻgʻri qoʻllanilgan gap berilgan qatorni aniqlang
A) Ruboyini ichida oʻqidi – yuzini tabassum qopladi
B) Mening bir jaydari falsafamdir shu: hargiz iltimosga kuning qolmasin
C) Yana uvlar dahshat shamoli: koʻkni qora bulut quchadi D) Suv keldi, nur keldi
12.Gap boʻlaklarining joylashuvi quyidagi shartli belgilarga toʻliq mos keluvchi gapni aniqlang.
_________ ====== , -------- _________ =====
A) Biz bilamizki, insonni muhit tarbiya qiladi.
B) Yigʻilishda ta’lim samaradorligi haqida gapirildi.
C) Agar bugun uxlasang, orzularingni tushda koʻrasan.
D) Oʻzbekiston –kelajagi buyuk davlatdir.
13.Anvar Obidjonning qaysi she'ri xalqimiz ruhiyatidagi ajoyib yangilanishni birgina kun erta tongdan quyosh botgunga qadar kuzatiladigan lavhalarda nihoyatda jonli aks ettirad?
A) «Hayotning har lahzasi goʻzal» B) "Vatanjon'' C)''Yer'' D) "Tinch kunlar"
14.Nodar Dumbadzening zamonaviy mavzulardagi qaysi asarlarida insonlarning bir-biriga munosabatidagi odamiylik, oqibat singari fazilatlar ulugʻlanadi?
A) "Men, buvim, Iliko va Illarion" "Quyoshni koʻryapman"
B) "Kukaracha", "Qishloq bolalari" C) "Oq bayroqlar", "Quyosh kechasi"
D) "Qishloq bolalari", "Abadiyat qonuni"
15.Alisher Navoiy qalamiga mansub gaysi ruboiyning lirik qahramoni qarilik shabadalari esmasida burunroq yoshlikning qadriga yetishni, ya'ni uni gʻanimat bilishni targʻib qiladi?
A) Ahbob, yigitlikni gʻanimat tutungiz...» ruboiysining
B) «Gardun gah manga jafo- dunluq qildi..» ruboiysining
C) «Boʻlmas emish» radif ruboiysining D. “Jondin seni koʻp sevarmen”
16. Oybekning “sotsialistik tuzumga qarshi kuchlar”, “xalq dushmanlarini” fosh qilish harakatlari avjga chiqayotgan bir pallada yozilgan asarini toping.
A. “Qoraxat” B. “Kuz yomgʻiri” C. “Na’matak” D. “Oʻzbekiston”
17. . «Omon ovchining oʻlimi» hikoyasidan olingan quyidagi Omonni oʻylari berilgan parchada tushirib qoldirilgan ismni toping. “Olatogʻda jonivor zoti qurisa, nima qilaman? - Uning koʻziga ……….ning uyida televizorda korgani Kavkaztogʻ manzarasi, kiyiklar koʻ rindi. -Boraman. U yerlargayam boraman...»
A) Hamdam B) Rahmon C) Ulton D) Boʻriboy
18. “Bularning kelar muddatidan oʻtdi deb, bir baland togʻning ustiga chiqib durbinini olib shunday yoʻlga qaradi. Koʻrdi ikki ot yoʻlda yoʻl talashib kelyapti”, “Alpomish” dostonidan olingan parchada kim haqida gapirilyapti?
A.Alpomish B.Boysari C.Barchin D.Qorajon
19. “Oʻtgan asrning 60-70-yillarida uning she’riyati Oʻzbek millatining sof tuygʻularini saqlab qoldi. Har qanday zamon va har qanday sharoitda ham asl iste’dod davridan marhamat kutmaydi, balki unga oʻz ta’sirini oʻtkazadi”, yuqorida kim haqida gapirilyapti?
A.A.Oripov B.Oybek C.Erkin Vohidov D.M.Yusuf
20. Furqatning qaysi gʻazalida yor goʻzalligi, oshiqning unga sadoqati, cheksiz muhabbati avj pardalarda zavq bilan kuylanadi?
A.”Biz istigʻno eli” B.”Surmadin koʻzlar qaro”
C.”Bir qamar siymoni koʻrdim baldai Kashmirda” D.”Sabogʻa xitob”
21. Har bir odam oʻzining oqil, obroʻ-e’tiborli, iste’dodli, sadoqatli doʻstlari – safdoshlari bilan faxrlanadi. Keltirilgan gapda qaysi boʻlak uyushgan?
________________________________________________________________________
22. Mening oʻz muhabbatim bor—toza va musaffo!
Berilgan gapda qaysi boʻlak ajratilgan? _________________________________________
23.Anor soʻzlar va zaynab qalbi tol bargiday dir-dir titrar edi, yuqoridagi qoʻshma gap qismlari orasida qanday munosabat ifodalangan? ___________________________________________
24. Ona tilim sen, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman. Sen yoʻqolgan kuning, shubhasiz, Men ham toʻti boʻlib qolaman. She’riy parchadagi yuklama qaysi boʻlakka qoʻshimcha ma’no yuklagan? ___________________________________________________
25. Achchiqni achchiq kesar. Ushbu gapdagi otlashgan sifatning sintaktik fazifasini aniqlang?
26. “Oʻpkasini qoʻltiqlamoq” iborasining ma’nosi qaysi qatorda toʻgʻri koʻrsatilgan? ______________________________________________________________
27. Qaysi she’rning har bandining yakunida «Uxlama koʻp oʻzbek eli asri taraqqiy vaqtida» misrasi takrorlanib keladi? ______________________________________________________
28. “Abulfayzxon” dramasida Farxod otaliqdan soʻng kim otaliq lavozimiga tayinlanadi? _____________________________________________________________________________________
29. “Muzakkiri ahbob” asarini muallifini toping. ______________________________________________
30. “Kecha va Kunduz” romanida Akbaralining “bir oʻq bilan ikki quyonni urmoqchi” boʻlgan xotinini toping?_______________________________________________________________________________
Download 33,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish