Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

2-test. 
Matnda …ga nisbatan muallifning achinish munosabati aks etgan?
A
Tolstoydek dahoning Nobel mukofotiga loyiq ko‘rilmagani
B
Syulli-Pryudom nomining hozirda juda kam yodga olinishi
C
Bugungi kunda Syulli-Pryudomdek shoirlar yetishib chiqmayotgani 
D
Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha Nobel mukofoti juda kech ta’sis etilgani


111
33.4-mashq. 
Abduqayum Yo‘ldoshevning “Puankare” hikoyasidan olingan parcha 
bilan tanishib chiqing va testlarni bajaring.
Men… men uydagilardan yashirinib ishlardim. Ko‘nglim nimanidir sezardi: gipoteza 
yechimi yaqinday, juda yaqinday. Men bu sirli qasrga olib kiradigan darvoza yonida, bir 
shoda kalit ko‘tarib turardim go‘yo. Endi qulfga mos kalitni topib olsam bas edi. Men yana 
bir narsani sezardim: menga yosh aql, tiyrak tafakkurli birgina yordamchi kerak edi.
Shunday kunlarning birida… Shunday kunlarning birida… internetga qaradim-u… 
ko‘zlarimga ishonmadim… dardi dunyoyim qorong‘i bo‘lib ketdi. 
Sankt-Peterburg shahrida 
yashaydigan, institutda katta ilmiy xodim bo‘lib ishlayotgan 41 yoshli Grigoriy Perelman 
degan matematik Puankarening gipotezasini to‘la-to‘kis nima qilibdi? Ha, isbotlab beribdi-
qo‘yibdi…
Science 
jurnali Puankare 
teoremasi isbotini “Yil 
kashfiyoti” deb e’lon 
qilibdi. O‘zimizning 
Silviya-Zulfiya Nazar 
isbot muallifini 
ko‘klarga ko‘targan 
maqolasini chop 
etishgayam ulguribdi. 
Perelman bizning 
sohada nufuziga ko‘ra 
Nobel mukofotiga 
teng hisoblanadigan 
xalqaro “Filds medali” 
bilan taqdirlanibdi…
S h o i r l a r 
aldaydilar. Nima 
emish, qandaydir bir 
mavzuni yozmoqchi bo‘lib yursang-u, uni sendan oldin kimdir qog‘ozga tushirib qo‘ysa, 
bundan xursand bo‘lishing kerak ekan. Bekor gap! Ehtimol adabiyotda shundaydir, ammo 
aniq fanlarda emas. Men unaqangi bag‘ri keng odam ham emasman. Men ichi qora 
odamman. Xudo shohid, bu olamshumul yangilikni o‘qiganimda butun vujudimni hasad va 
alam fasodi to‘ldirdi. Men o‘zimni tishlab tashlaguday ahvolga tushdim: “Nega u? Nega u? 
Nega men emas…”
Hayot men uchun o‘z ma’nosini yo‘qotdi. Ammo bu hali holvasi ekan. Tez orada 
saytda Perelmanning gipoteza yechimi ifodalangan maqolalarini e’lon qilishdi… Axir… axir 
bu to‘qson to‘qqiz butun-u yuzdan to‘qson to‘qqiz foiz mening yechimim-ku!!! Axir men 
to‘g‘ri yo‘ldan borgan ekanman-ku. So‘nggi nol butun yuzdan bir foiz ish qolgan ekan-ku! Bir 
oygina, yo‘q, yo‘q, ko‘pi bilan bir haftagina bosim o‘tirib ilm qilganimdami, gipotezani o‘zim 
isbotlagan bo‘lardim. Agar zukko talaba ham yonimga qo‘shilganida, ehtimol birgalashib 
bu ishni yanada tezroq nihoyasiga yetkazardik… Axir ozgina qolgan ekan-ku… Ozginagina 
qolgan ekan-ku…
Xudoyim! Meni o‘ttiz yil orqaga qaytar, Xudoyim… Xudoyim, meni o‘ttiz yil orqaga 
qaytar…”



Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish