Ona tili umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-sinfi uchun darslik



Download 17,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/173
Sana03.07.2023
Hajmi17,27 Mb.
#953535
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173
Bog'liq
10-sinf ona tili 2022

Topshiriq.
 
Matnni o‘qing. Muhabbat tushunchasi bilan bog‘liq sinonim so‘zlarning 
ma’no nozikliklari qayd etilgan o‘ringa diqqat qiling.
“Muhabbat” degan so‘z hamma tilda bor. Albatta, barcha tillarda bu so‘zning bir necha 
xil ifodasi ham bor. Ammo o‘zbek tilida “muhabbat” degan so‘z shu qadar rango-rang ma’no-
larga egaki, hayratda qolasiz! 
Yoqtirib qolmoq, ko‘ngil bermoq, moyil bo‘lmoq, xushtor bo‘lmoq, 
oshufta bo‘lmoq, dil bermoq, bedil bo‘lmoq, mubtalo bo‘lmoq, maftun bo‘lmoq, mahbub bo‘lmoq,
oshiq bo‘lmoq, yaxshi ko‘rmoq, ishqi tushmoq, ishqi foniy, ishqi boqiy, sevgi, muhabbat, mehr 
va hoka-
zolar... Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroq ularning barchasi 
– teng huquqli o‘zbek so‘zlari! 


18
4.4-mashq. 
Quyida berilgan argumentli esse bilan tanishib chiqing.
O‘quvchilar 10- va 11-sinflarga kelib maktabdan keyingi hayot haqida o‘ylay boshlashadi. 
Ayrimlar oliy ta’lim muassasasiga kirishni rejalashtirsa, kimlardir tezroq ishga joylashishni 
– karyera qilishni ma’qul ko‘radi.
Moliyaviy holatiga ko‘pchilik havas qiladigan mashhurlarning hayot tarzini tahlil qilar 
ekanmiz, kimdir birinchi, boshqasi ikkinchi yo‘ldan borganiga guvoh bo‘lamiz. Demak, har 
ikki yo‘l bilan muvaffaqiyat qozonish mumkin ekan.
Maktabni bitiriboq ishga kirishning qator afzalliklari bor: moliyaviy barqarorlikka 
tezroq erishiladi, oila qurish yoshida o‘z ishxonasi va mablag‘iga ega bo‘ladi. Qolaversa, 
hozirda ko‘pchilik ish beruvchilarga diplom emas, balki ish malakasi muhimroq. Masalan, 
daromadli sohalardan bo‘lmish axborot texnologiyalari bo‘yicha ishlayotganlarning 
ko‘pchiligi oliy ta’limda o‘qimagan.
Biroq masalaning boshqa jihati ham bor: ayrim sohalarni faqat oliy ta’lim muassasasida 
o‘qibgina egallash mumkin. Xirurg, stomatolog, terapevt bo‘lmoqchimisiz, marhamat, 
o‘qing. Davlat idoralarida kursilarni egallash uchun, albatta, diplom kerak. Qolaversa, 
talabalik yillari – oltin davr: unutilmas onlar, yangi do‘stlar, yoqimli mashaqqatlar… Ko‘pchilik 
universitetlarda xorijga chiqish uchun imkoniyat mavjud. Eng muhimi, talaba o‘qish bilan 
birga ishni ham olib ketishi mumkin. Bunga to‘sqinlik yo‘q. Ham o‘qib, ham ishlash imkoni 
bo‘la turib faqat ishni tanlashdan nima naf?! 
Yuqoridagi fakt va dalillarga asoslanib men maktabni bitirib oliy ta’limda o‘qish kerak 
deb hisoblayman.

Download 17,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish