MATEMATIKADAN TESTLAR
1.Duradgorda 9 ta yog‘och taxta bor edi.U bir nechta taxtaning har birini 5 bo‘lakka bo‘lib arraladi.Shunda taxtalar soni 33 taga yetdi.Duradgor nechta taxtani bo‘laklarga bo‘lib arraladi?
A) 5 B) 6 D) 7
2. Dangasa bola bir sutkaning yarmini uxlash va ovqatlanish, choragini maktabda bo‘lish, yana bir choragini o‘yin va televizor ko‘rishga sarfladi.U necha soat dars tayyorlagan?
A) vaqt qolmagan B) 4 soat D) 8 soat
3.Ahmadda 8 ta uch xil rangdagi qalamlar bor.Qizil qalamlar soni yashil qalamlardan 3 marta ko‘p bo‘lsa, sariq qalamlar soni qancha?
A) 1 ta B) 3 ta D) 4 ta
4.Ikki xonali shunday son topingki, uni 7 ga ko‘paytirib, natijadan 1 ayrilganda 90 hosil bo‘lsin.Bu qanaqa son?
A) 13 B) 26 D) 30
5.3 ta mushuk 3 ta sichqonni tutishga 3 minut sarflasa, 30 ta mushuk 30 ta sichqonni tutish uchun qancha vaqt sarflaydi?
A) 3 minut B) 10 minut D) 30 minut
6.Feruza texnologiya darsida eni 30 cm, bo‘yi 20 cm bo‘lgan rangli qog‘ozdan eni 15 cm, bo‘yi 10 cm bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak qirqib oldi.Rangli qog‘ozning qolgan qismi yuzini toping.
A) 150 kv.cm B) 450 kv, cm D) 600 kv.cm
7. 7 ga qoldiqsiz bo‘linadigan sonlar ichidan 2 ga bo‘linganda 1 qoldiq, 3 ga bo‘linganda 2 qoldiq, 4 ga bo‘linganda 3 qoldiq qoladigan sonni toping.
A) 21 B) 35 D) 49
8.Ikkita ustun orasidagi masofa 100 m bo‘lsa, 1-ustun bilan 11-ustun orasidagi masofa necha metr?
A) 900 m B) 1000 m D) 1100 m
9. O‘quv yili oxirida 3-sinf o‘quvchilari foydalangan 120 ta darslikning qay ahvoldaligi tahlil qilinganida, ularning 20 dan 1 qismi “3” bahoga, 6dan 4 qismi “4” bahoga va qolganlari esa juda yaxshi saqlangani uchun “5” bahoga baholandi. Nechta darslik a’lo bahoga baholangan?
A) 6 B) 34 D) 80
10.Parranda fabrikasi do‘konlarga 6000 dona tuxum yetkazib berish kerak. Har birida 350 dona bo‘lgan 10 ta yashik va har birida 150 dona bo‘lgan 4 ta yashik tuxum jo‘natildi.Do‘konlarga yana qancha tuxum yetkazib berilishi kerak?
A) 600 B) 3500 D) 1900
11.To‘g‘ri to‘rtburchak shaklidagi muz maydoninig bo‘yi 30 m va eni 60 m.Agar muz tayyorlash uchun haq 5 kv. m ga 7 chelak suv sarflansa, bu maydon uchun jami necha chelak suv kerak bo‘ladi?
A) 360 B) 1800 D) 2520
12.Asqar Samarqanddan Toshkentga tezligi 100 km/h bo‘lgan yengil avtomashinada 3 soatda yetib keldi.Toshkentdan Samarqandga tezligi 75 km/h bo‘lgan avtobusda qaytdi.Asqar necha soatda Toshkentdan Samarqandga yetib kelgan?
A) 4 B) 5 D) 6
13.Tomorqadan birinchi kuni 126 kg, ikkinchi kuni birinchi kundagidan 36 kg kam qulupnay terib olindi. Uchinchi kun esa ikkinchi kundagidan 53 kg ko‘p qulupnay terib olindi.Uch kunda jami necha kg qulupnay terib olindi?
A) 90 B) 143 D) 359
Do'stlaringiz bilan baham: |