Hayvonlarning tasvirini yaratish. Ma`lumki, o`quvchilar hayvonlarni juda yaxshi ko`rishadi. Shuning uchun ular hayvonlar haqida fikr yurtishni, ular haqida og`zaki va yozma insholar yaratishga juda qiziqadilar. Inshoning bu turi avvalo tasvirlanayotgan hayvon haqida etarli tasavvurga ega bo`dishni, uning qaerda yashashi, tuzilishi, rangi, harakatlari, nimalar bilan ovqatlanishi kabilarni bilishni talab etadi. Ayniqsa o`quvchi o`zi ko`rgan, kuzatgan hayvonlarni tasvirlashni xush ko`radi.
Bino tasviri. Bino tasviri kuzatish asosida yaratiladi va uning oddiy, ilmiy va badiiy shakllari mavjud. Buning oddiy tasviri axborot tarzida bo`lib, asosan, uning hajmi, yorug`lik darajasi, balandligi, uy jihozlari va ularning joylashtirilishi kabilar ko`rsatiladi. Ilmiy tasvirda bu belgilar ilmiy nuqtai nazardan o`z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |