«ona tili o`qitish metodikasi» fani



Download 2,01 Mb.
bet183/195
Sana15.09.2021
Hajmi2,01 Mb.
#175172
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   195
Bog'liq
Ona tili o`qitish metodikasi majmua

Birinchi mashg`ulot

    1. To`garakka nom qo`yish. O`quvchilarni to`garakning maqsad va vazifalari bilan tanishtirish. “To`garak bizga nima? Beradi? Mavzusida suhbat.

    2. O`quvchilardan til odobi, so`zlash madaniyati xususida bilgan maqollarni so`rash va mazmunini sharhlash.

Topshiriqlar:

  1. Til odobi va so`zlash madaniyati xususidagi xalq maqollarini yig`ish va ularning ma`nolarini aniqlash.

  2. To`y-tomoshalarni ifodalovchi so`zlar lo`g`atini tuzish va ularning ma`nolarini sharhlash.

Ikkinchi mashg`ulot

  1. O`quvchilar bilan o`rganilgan xalq maqollari yuzasidan suhbat o`tkazish.

  2. To`y-tomoshalarni ifodalovchi so`zlarning izohli lug`atini tuzishni. Bu so`zlarning izohli lug`atini tuzish.

Topshiriqlar:

  1. To`y-tomoshalarni ifodalovchi so`zlarning izohli lug`atini tuzishni davom ettirish.

  2. Viloyat (tuman) aholisi nutqida uchraydigan kasb-hunarga oid so`zlarni yozish.

To`garak mashg`uloti dars mashg`ulotini takrorlamaydi, balki uni to`ldiradi va takomillashtiradi. Dars tuzilishi va qurilishi jihatidan muayyan qoliplar asosida tashkil etilsa to`garak mashg`ulotida bunday qat`iylik bo`lmaydi. O`quvchi to`garak mashg`ulotida darsda olgan bilimlarga tayangan holda hayotiy tajribalarni ishga soladi. Krossvordlar tuzish va echish, insho tanlovi o`tkazish, ma`lum bir she`riy asar yoki hikoyaning til xususiyatlari ustida ishlash singari ishlar to`garak mashg`ulotlarining qiziqarli o`tishini ta`minlaydi.

Sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning ona tili faniga bo`lgan qiziqishini oshirish, ularning bo`sh vaqtlarini qiziqarli va maqsadga yo`naltirilgan holda tashkil etish vositasidir.

Ona tilidan sinfdan tashqari ishlarga savol-javob kechalari, uchrashuvlar, o`tkir zehnlilar mushoirasi, so`zlar olamiga sayohat, ko`rik-tanlovlar o`tkazish, olimpiadalar, konferensiyalar, albom va devoriy gazeta chiqarish kabilarni kiritish mumkin.

Savol-javob kechasida o`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishadi. Kechaga tayyorgarlik 1-1,5 oy oldin boshlanadi. O`quvchilar maktabda tashkil etilgan qutiga o`zlarini qiziqtirgan savollarni yozib tashlaydilar. Bu savolla mavzu jihatdan har xil bo`lishi mumkin. Masalan, “O`rta Osiyo xalqlarining qadimgi yozuvlari qanaqa bo`lgan?”, “Yozuv qanday kelib chiqqan?”, “Lotin alifbosiga o`tish bizga nima beradi?”, “Ko`zi ojizlar qanday yozadi va o`qiydi?”, “Az – Zamaxshariy kim bo`lgan?” kabi. Muayyan vaqt o`tgach, to`garak a`zolari savollarni yig`ib, ularga javob tayyorlaydilar va kechani tashkil etadilar.

Uchrashuvlar juda katta tarbiyaviy amaliyotga ega. Unga ona tili darsliklarining mualliflari, mashhur tilshunos-olimlar, hukumat mukofotiga sazovor bo`lgan ona tili o`qituvchilari taklif etilishi mumkin. Ayniqsa, shular orasida maktabning sobiq talabalari bo`lsa, ularni taklif etish juda katta tarbiyaviy ahamityaga ega.

O`tkir zehnlilar mushoirasining mavzusi ham 1-1,5 oy oldin e`lon qilinadi. Bellashadigan guruhlar o`zlariga sardor belgilaydilar. Mushoira shartlari asosida har bir guruh mustaqil tayyorgarli ko`radi.

Mushoira odatda guruhlarning o`zaro tabrigi bilan boshlanadi. Asosiy qism savol-javobdan iborat. Savollar o`qituvchi yoki bellashayotgan guruhlar tomonidan tuzilishi mumkin.

Hakamlar tabrik so`zzi va har bir savol-javobga tegishli ball qo`yishadi hamda ular e`lon qilib boriladi.

Mushoira ona tilining muayyan bir bo`limi yoki bir necha kichik mavzularni o`z ichiga olishi mumkin. Masalan, “Orfografiya”, “To`g`ri talaffuz me`yorlari”, “So`zning shakl va ma`no munosabatlari”, “So`zlarning o`zaro birikishi”, “Sodda gap turlari”, “Qo`shma gap tarkibidagi sodda gaplarning o`zaro birikishi usullari” kabi.

So`zlar olamiga sayohat. Bu tadbir o`quvchilarning so`z zahirasini oshirishga qaratilgan tadbirdir. O`quvchilar darsdan keyingi bo`sh vaqtlarida so`zlarning etimologiyasi, ularning leksik ma`nosi olamiga sayohat qilishadi.

Tilimizdagi so`zlar juda katta xazina bo`lganligi sababli, o`qituvchi qaysi uyadagi so`zlart (har bir tadbirda taxminan 50-60 so`z) yuzasidan o`quvchilarning tayyorgarlik ko`rishlari lozimligini 10-15 kun oldin ma`lum qiladi va qanday manbalardan foydalanish lozimligini uqtiradi.

Ko`rik tanlovlar ham sinfdan tashqari ishlarning muhim turlarida biridir. Bu tadbir vaqt-vaqti bilan o`tkaziladigan tadbir bo`lib, uni tashkil etishda o`quvchilarning yoshi, bilim saviyasi hisobga olinadi. Chunonchi, agar boshlang`ich sinflarda “Kimning xati chiroyli?”, “Matn mazmunini kim tez va to`g`ri tushunadi?” kabi mavzular tanlansa, 5-6- sinflarda “Namunali mashq daftari”, “Badiiy (yoki ilmiy) mavzuda yozilgan eng yaxshi insho”, “eng yaxshi insho yozilgan maqola” singarilar tanlanishi mumkin. 8-9 sinflarda esa erkin mavzuda yozilgan insholar, ramziy insholar bo`yicha shunday tanlovlar o`tkazilsa bo`ladi.

Olimpiadalar ham sinfdan tashqari ishlarning bir turi bo`lib, unga ishtirok etish ixtiyoriydir. Bu tadbirga kuch sinashishni ixtiyor etgan barcha o`quvchilar ishtirok etishlari mumkin. Olimpiada g`oliblari maktab ma`muriyatining buyrug`i bilan rag`batlantiriladi.

Ona tili mashg`ulotlari yilda bir marta o`tkaziladigan tadbirdir. Bu tadbirning birinchi bosqichi maktabda, ikkinchi bosqichi tuman (shahar)da, uchinchi bosqichi viloyatda va to`rtinchi bosqichi Respublikada o`tkaziladi.

Konferenciyalar ancha murakkab tadbirlardan biri bo`lib, u asosan, 8-9 va undan keyingi sinflarda o`tkaziladi. Bunda ham asosiy bosh mavzu oldindan o`quvchilarga ma`lum qilinadi: bu mavzu kichik mavzularga ajratib, uning har biri bo`yicha kimlar tayyorgarlik ko`rishi lozimligi belgilanadi. Bitta mavzu bo`yicha 3-4 nafar o`quvchi tayyorgarlik ko`rgan bo`lsa, ulardan biri asosiy ma`ruzachi, qolganlari qo`shimcha ma`ruzachilar sifatida ishtirok etadilar.

Ona tilidan sinfda tashqari ishlarning yuqori tilga oligan barcha shakllarini tashkil etishda to`garak a`zolari faol ishtirok etadilar.

Xullas, sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar alohida-alohida tadbirlar sanalsa-da, ammo ular o`zaro bog`langan, biri ikkinchisini to`ldiradigan tadbirlardir. To`garak mashg`ulotlari va sinfdan tashqari ishlarning barcha turlaridan unumli foydalanilgan taqdirdagina, ona tili ta`limining samardorligiga umid bog`lash mumkin.


Download 2,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish