“Ona tili o’qitish metodikasi ” fanidan Mavzu



Download 313,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana08.07.2022
Hajmi313,46 Kb.
#758634
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1. O\'quvchilarning soz boyligini oshirish (1)

orqada,
yuqorida, pastda, yonda 
kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la 
boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilarning 
nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘ladi, ularning aytib bergan 
hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi 
so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega 
shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan yasalgan? kabi 
savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000 
tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘z miqdori 3-3, 5 mingtagacha yetadi. 
Demak, bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi. 
Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so‘zlar hisobiga boyib 
qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi 
bolalar juda kam so‘z boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-l, sh-s, j-z kabi) 
yaxshifarqlay olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning 
ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri 
qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning 
hammasida ham so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z 



to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayotgan oila sharoitiga, oila 
a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta’siriga bog‘liqdir. 
Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus shug‘ullanadilar, ya’ni 
ularga yangi-yangi buyumlarni ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan 
turli ishharakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay 
javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof, 
muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan suhbatlashadilar, 
kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar o‘qib beradilar va hokazo.
Bunday sharoitda tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z 
miqdoriga ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keying faoliyatga) 
tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan 
takomillashgan darajasiga ega bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining 
o‘sishiga e’tibor berilmaydi. 
Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z boyligi o‘rtasida 
sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa 
ushbu katta yoshdagi bolalarga xalq-so‘zlashuv frazeologiyasidan ularning imkoni 
yetadigan, mazmunan oddiy bo‘lgan ayrim so‘zlarni, shu jumladan o‘zbek 
folklorining barqaror oborotlari, maqollar va matallarni qabul qilish, tushunish, 
eslab qolish va kezi kelganda foydalanishni o‘rgatish zarur. Biroq ushbu ishni 
amalga oshirishda unutmaslik lozimki, bolalar so‘zning raqobatchi mazmuniga, 
uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan butun so‘z birikmasining umumiy mazmunini 
o‘zlashtirishlari qiyin kechadi (masalan, og‘zi qulog‘ida, yettinchi osmonda va 
boshq.). SHuning uchun tarbiyachi o‘z nutqiga ma‘nosi bolalarga muayyan 
vaziyatlarda tushunarli bo‘ladigan, yoki tegishli tushuntirish natijasida 
tushuniladigan ifodalarni kiritishi lozim. Bunday ifodalar qatoriga quyidagilarni 
kiritish mumkin: «o‘zim, shunchaki», «eng shimarib», «azamat paxlavon» va x.k.
Har bir so‘zda quyidagilarni ajratish mumkin: uning mazmuni yoki unga yashiringan 
ma‘nosi; so‘zning tovush tarkibi, uning morfologik tuzilmasi. Bolalar bilan lug‘at 
ishlarini amalga oshirishda so‘zning ushbu uchta xususiyatini hisobga olish zarur.
Amaliyotda ko‘pincha bolalarning so‘z ma‘nosini bilmasliklari yoki uning 



ma‘nosini buzib talqin qilishlarini uchratish mumkin (masalan, langar – bir 
qo‘ng‘izcha. Bu suvga tashlanadigan narsa). SHuningdek, mazmuniga ko‘ra 
bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan so‘zning tovush tarkibini buzish xollariga duch 
kelish mumkin (tramvay, kutubxona, kotlet, kompot va x.k.). Bu buzilishlarni sabr-
toqat bilan tuzatish, shuningdek yangi so‘zlarning bolalar talaffuzida to‘g‘ri 
jaranglashini nazorat qilish lozim. Morfologik tizimga oid murakkab holatlarni 
bilgani holda tarbiyachi bolalarning diqqat-e‘tiborini ataylab ayrim so‘zlarning 
grammatik jihatiga, ularning so‘z bilan birikishiga qaratishi mumkin. Masalan: 
Paltoning yoqasi qunduzli ekan. Paltoning ilgichi ham bor ekan va x.k.
Alohida holatlarda tarbiyachi maxsus usullar bilan ba‘zan atrofdagilar nutqida buzib 
talaffuz qilinadigan so‘zlarda to‘g‘ri urg‘u qo‘yilishini mustahkamlashi lozim 
(masalan, sur‘at – surat).
Bolalarga ayrim otlarni tanishtirishda tarbiyachi ularning turini ta‘kidlashi, 
otni sifatlar bilan birgalikda qo‘llashi, bunda sifatning yakuniga e‘tiborni qaratishi 
zarur: palto-kichik, ko‘ylak-chiroyli, qizil, oq, sichqon – kulrang va x.k.
Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar (otlar, 
sifatlar, ravishlar, fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi. Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib, 
ular nomlar sifatida xizmat qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib 
xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol vazifasida chiqadi). 
Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng avvalo mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan 
so‘zlar sohasida olib borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga ancha 
qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish asosan, ularda matematik 
tasavvurlarni shakllantirishga doir mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni 
faollashtirish va mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus 
mavzusi bo‘lmog‘i lozim.
Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi lozimki, toki u 
bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim 
olish, adabiyotni, televizion va radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin. 




Download 313,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish