orqada,
yuqorida, pastda, yonda
kabi ba’zi so‘zlar paydo bo‘la
boshlaydi. Uch yoshning oxiriga borganda bola tevarak-atrofidagi kishilarning
nutqini tobora mukammalroq tushunadigan bo‘ladi, ularning aytib bergan
hikoyalarini, kichik she’rlarni, ashula va ertaklarni diqqat bilan tinglaydi, yangi
so‘zlarni o‘zlashtirib boradi. Kattalarga: Buning nomi nima? Nima uchun? Nega
shunday? Qayerda? Qayerga ketdi? Qayerdan kelgan? Nimadan yasalgan? kabi
savollarni beradi. Shular asosida uch yoshga to‘lgan bolaning lug‘at boyligi 1000
tadan 1200 tagacha, olti yashar bolaning so‘z miqdori 3-3, 5 mingtagacha yetadi.
Demak, bog‘cha yoshidagi davrda uning so‘z boyligi juda tez ortadi.
Bog‘cha yoshida bolaning nutqi miqdor jihatidangina yangi so‘zlar hisobiga boyib
qolmay, balki sifat jihatidan ham ancha takomillashadi. Masalan, yasli yoshidagi
bolalar juda kam so‘z boyligiga ega bo‘lib, ayrim tovushlarni (r-l, sh-s, j-z kabi)
yaxshifarqlay olmaydilar. Bog‘cha yoshidagi bolalar esa bunday tovushlarning
ko‘pchiligini aniq va ravshan talaffuz eta oladilar, so‘zlarni gaplar tarkibida to‘g‘ri
qo‘llab, to‘g‘ri jumlalar tuza oladilar. Ammo bog‘cha yoshidagi bolalarning
hammasida ham so‘z boyliklari miqdor jihatidan bir xil bo‘lmaydi. So‘z
7
to‘plamining bir xil miqdorda bo‘lishi bola tarbiyalanayotgan oila sharoitiga, oila
a’zolarining madaniy saviyasiga, tashqi muhit ta’siriga bog‘liqdir.
Ba’zi oilalarda bola nutqining o‘sishi bilan maxsus shug‘ullanadilar, ya’ni
ularga yangi-yangi buyumlarni ko‘rsatadilar, ularning nomlarini aytadilar, u bilan
turli ishharakatlarni bajarib ko‘rsatadilar, bolaning sanoqsiz savollariga erinmay
javob beradilar, o‘zlari bilan ko‘chaga aylangani olib chiqadilar, tevarak-atrof,
muhit bilan tanishtiradilar. Kitobdagi illustratsiyalar yuzasidan suhbatlashadilar,
kichik-kichik she’rlar, hikoya va ertaklar o‘qib beradilar va hokazo.
Bunday sharoitda tarbiyalanayotgan bolalar lug‘ati talab etilgan so‘z
miqdoriga ega bo‘ladi. Ular kelgusi faoliyatga (maktab va undan keying faoliyatga)
tayyor bo‘lishadi, ya’ni yetarli so‘z miqdoriga, nutqning sifat jihatdan
takomillashgan darajasiga ega bo‘lishadi. Ba’zi oilalarda esa bola nutqining
o‘sishiga e’tibor berilmaydi.
Ana shuning natijasida bog‘cha yoshidagi bolalar so‘z boyligi o‘rtasida
sezilarli farq ko‘zga yaqqol tashlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarga, ayniqsa
ushbu katta yoshdagi bolalarga xalq-so‘zlashuv frazeologiyasidan ularning imkoni
yetadigan, mazmunan oddiy bo‘lgan ayrim so‘zlarni, shu jumladan o‘zbek
folklorining barqaror oborotlari, maqollar va matallarni qabul qilish, tushunish,
eslab qolish va kezi kelganda foydalanishni o‘rgatish zarur. Biroq ushbu ishni
amalga oshirishda unutmaslik lozimki, bolalar so‘zning raqobatchi mazmuniga,
uning tarkibiga bog‘liq bo‘lmagan butun so‘z birikmasining umumiy mazmunini
o‘zlashtirishlari qiyin kechadi (masalan, og‘zi qulog‘ida, yettinchi osmonda va
boshq.). SHuning uchun tarbiyachi o‘z nutqiga ma‘nosi bolalarga muayyan
vaziyatlarda tushunarli bo‘ladigan, yoki tegishli tushuntirish natijasida
tushuniladigan ifodalarni kiritishi lozim. Bunday ifodalar qatoriga quyidagilarni
kiritish mumkin: «o‘zim, shunchaki», «eng shimarib», «azamat paxlavon» va x.k.
Har bir so‘zda quyidagilarni ajratish mumkin: uning mazmuni yoki unga yashiringan
ma‘nosi; so‘zning tovush tarkibi, uning morfologik tuzilmasi. Bolalar bilan lug‘at
ishlarini amalga oshirishda so‘zning ushbu uchta xususiyatini hisobga olish zarur.
Amaliyotda ko‘pincha bolalarning so‘z ma‘nosini bilmasliklari yoki uning
8
ma‘nosini buzib talqin qilishlarini uchratish mumkin (masalan, langar – bir
qo‘ng‘izcha. Bu suvga tashlanadigan narsa). SHuningdek, mazmuniga ko‘ra
bolalarga yaxshi tanish bo‘lgan so‘zning tovush tarkibini buzish xollariga duch
kelish mumkin (tramvay, kutubxona, kotlet, kompot va x.k.). Bu buzilishlarni sabr-
toqat bilan tuzatish, shuningdek yangi so‘zlarning bolalar talaffuzida to‘g‘ri
jaranglashini nazorat qilish lozim. Morfologik tizimga oid murakkab holatlarni
bilgani holda tarbiyachi bolalarning diqqat-e‘tiborini ataylab ayrim so‘zlarning
grammatik jihatiga, ularning so‘z bilan birikishiga qaratishi mumkin. Masalan:
Paltoning yoqasi qunduzli ekan. Paltoning ilgichi ham bor ekan va x.k.
Alohida holatlarda tarbiyachi maxsus usullar bilan ba‘zan atrofdagilar nutqida buzib
talaffuz qilinadigan so‘zlarda to‘g‘ri urg‘u qo‘yilishini mustahkamlashi lozim
(masalan, sur‘at – surat).
Bolalarga ayrim otlarni tanishtirishda tarbiyachi ularning turini ta‘kidlashi,
otni sifatlar bilan birgalikda qo‘llashi, bunda sifatning yakuniga e‘tiborni qaratishi
zarur: palto-kichik, ko‘ylak-chiroyli, qizil, oq, sichqon – kulrang va x.k.
Leksikaning asosiy hajmini mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan so‘zlar (otlar,
sifatlar, ravishlar, fe‘llar) so‘zlar tashkil etadi. Bular eng to‘la xuquqli so‘zlar bo‘lib,
ular nomlar sifatida xizmat qiladi. Tushunchani ifodalaydi va gapning asosi bo‘lib
xizmat qiladi (ya‘ni, ega, kesim, aniqlovchi, to‘ldiruvchi, xol vazifasida chiqadi).
Pirovardida, bolalar nutqini boyitish eng avvalo mustaqil ma‘noga ega bo‘lgan
so‘zlar sohasida olib borilishi lozim. Sanoq so‘zlarni o‘zlashtirish bolalarga ancha
qiyin kechadi. Bolalar nutqini sanoq so‘zlar bilan boyitish asosan, ularda matematik
tasavvurlarni shakllantirishga doir mashg‘ulotlarda ro‘y beradi, ushbu so‘zlarni
faollashtirish va mustahkamlash ona tili mashg‘ulotlarida lug‘at ishining maxsus
mavzusi bo‘lmog‘i lozim.
Maktabgacha yoshda bola shunday lug‘atga ega bo‘lishi lozimki, toki u
bolaga tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish, maktabda muvaffaqiyatli ta‘lim
olish, adabiyotni, televizion va radio eshittirishlarini tushunish imkonini bersin.
9
Do'stlaringiz bilan baham: |