“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик


 8.  Yordamchi mehnat ta’limi maktabida ertak ustida ishlash       metodikasi



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi

3. 8.  Yordamchi mehnat ta’limi maktabida ertak ustida ishlash       metodikasi.  
Reja 
1. Xalq og‘zaki ijodida ertaklar o‘rni, tarixi.  
2. Yordamchi maktabda ishlatiladigan ertak turlari  
3. Yordamchi mehnat ta’limi maktabida ona tili o‘qitish metodikasida ertak ustidagi 
ishlarni tashkil etish yo‘llari, usullari 
4.  Ertak ustida ishlashda turli o‘qituv vositalarining ishlatilishi.  
          O‘quvchilarga barcha fanlardan yaxshi bilim berish, ularni ma’naviy jixatdan 
mukammal qilib tarbiyalash bugungi pedagogikamizning eng dolzarb masalalaridan 
biridir.  Bu ulkan vazifani to‘laqonli  ravishda amalga oshirish  uchun ta’lim-tarbiya 
ishining  barcha  metod  va  vositalaridan  unumli  foydalanish  xar  bir  o‘qituvchi, 
tarbiyachining birinchi navbatdagi ishidir.  
      Yosh  inson  shaxsini  xar  tomonlama  rivojlantirishda  adabiyot,  xususan  xalq 
og‘zaki  ijodining  ahamiyati  benixoya  katta.    Chunki  axloq,  odob,  ilm  olish, 


 
79 
mehnatsevarlik va boshqa  ijobiy fazilatlarga oid fikrlar ayniqsa, xalq og‘zaki ijodi 
namunalarida yaqqol aks ettirilgan.  Darxaqiqat, xalqimiz madaniyati, san’atining ilk 
tarixini folklor materiallari orqali bilib olamiz.    
     Adabiyotning  ilg‘or  vakillari  va  pedagoglar  yoshlarni  xalq  og‘zaki  ijodidan 
baxramand qilish uchun hamisha harakat qilib kelganlar.  A. Avloniy, S. Ayniy, R. 
Fitrat,  F.  Kamol,  O.  Sharafitdinov,  K.  D.  Ushinskiy,  Redozubov  V.  A.  ,  H. 
Abdullayeva  kabi  marifatparvar,  pedagog  va  metodistlar  bolalar  uchun  darslik 
tuzishda xalq og‘zaki ijodiga, shu jumladan ertakka alohida o‘rin ajratdilar.  
       Oligofrenopedagogika  va  maxsus  metodika  mutaxassislari  ham  aqli  zaif 
bolalarga ertak     o‘rgatish  yo‘llari, usullarini o‘z ilmiy ishlarida keng yoritganlar.   
     Gnezdilov  M.  F.  ,  Barskaya  N.  A.  ,  Voronkova  V.  V.  .    Petrova  V.  G.  , 
Kolevatova  YE.  V.  ,  Gordiyenko  D.  A.  ,  o‘zbek  olimlaridan  Aytmetova  S.  SH.  , 
Maymor  O.  S.  ,Chebotaryova  T.  M.  ,  Gordiyenko  D.  A.  ,  Raxmanova  V.  S.  , 
Sosedova  N.  V.    va  boshqalar  o‘z  ilmiy  ishlarida  ertak  ustida  ishlashning  ba’zi  bir 
qirralarini yoritishga harakat qilganlar.  
O‘zbek olimlaridan Xasanov Soli, Suyumov A. , Jumaboyev M. ,   Jaxongirov O‘. , 
Mo‘minov  O‘.    va  boshqalar  o‘z  ilmiy  asarlarida    ta’kidlaganidek:-  «Maqol  va 
matallar,  ertak  va  afsonalar,  latifa  va  dostonlariga  xalqning  aql-zakovati,  orzu-
xavasi, ruxi va irodasi singdirilgan».  
      Mehnatkash  xalqning  orzu-umidlari,  baxt-saodat  yo‘lidagi  intilishini,  ilg‘or 
progressiv  g‘oyalarni  o‘zida  badiiy  ifodalagan  xalq  ijodining  bebaho  gavxarlari 
xozirgi  kunda  ham  o‘z  moxiyat-e’tibori  bilan  yangi    komil  insonni  tarbiyalab, 
voyaga  yetkazishda  tarbiyachi  va  o‘qituvchilarimizga  yaqindan  yordam  berib 
kelmoqda.  
     Xalq  og‘zaki  ijodidagi  eng  boy  va  rangbarang  janrlardan  biri  ertakdir.        
Ertakda xalqning urf-odati, tabiat va jamiyat hodisalariga bo‘lgan munosabati, baxtli 
hayot  haqidagi  ezgu  tilak  va  orzulari,  qayg‘u  va  shodlik  hislari,  ularning 
qahramonlik,  vatanparvarlik  va  insonparvarlik  tuyg‘ulari,  dushmanga  nisbatan 
g‘azab  va  nafrati,  yengilmas  irodasi,  xaqiqat,  adolat,  baxt  haqidagi  o‘y  va 
tushunchalari  aks  ettiriladi.    Ertaklar  o‘zining  chuqur  mazmundorligi  va  badiiyligi 


 
80 
bilan  xarakterlanadi.    Shuning  uchun  maktab  darsliklarida  ushbu  janordagi  asarlar 
keng o‘rin egallagan.  
         Turli yoshdagi bolalarga munosib xalq yaratgan minglab ertaklarimiz bor.  Bu 
ertaklar hayvonlar, parrandalar, jodugar kampirlar haqidagi sexrli, afsonaviy hamda 
ijtimoiy-maishiy xarakterdadir.   
        Ertaklar o‘zining ijtimoiy kelib chiqishi bilan uzoq o‘tmishga, ota-bobolarimiz 
zamonasiga  taqaladi.    U  davrdan  davrga,  avloddan  avlodga  o‘tib,  bizgacha  yetib 
kelgan  va  bundan  keyin  ham  insoniyatning  bitmas-tuganmas  madaniyati  xazinasi 
sifatida yashayveradi.  
         Ertaklarda  xalq  hayoti,  kurashi,  ruxiyati,  dunyoqarashi,  urf-odatlari  mujassam 
bo‘ladi.      Ulardagi  ijobiy  qahramonlar  o‘z  maqsadlari  yo‘lida  harakat  qilib,  barcha 
to‘siq va g‘ovlarni mardlik bilan yengib, murodu maqsadlariga yetadilar.  
      Mehnat-yashash  va  xyotning  asosi.    Shuning  uchun  ertakda  mehnatsevarlar 
taqdirlanadi,  yalqovlar  jazolanadi.      Bunday  ertaklar  bolalarni  mehnatsevar, 
qahramon  qilib  tarbiyalashda  katta  ahamiyatga  ega.    Ertaklarda  mehnat  va  kasb-
xunar  o‘rgatish  bola  rivoji  uchun  zarur  bo‘lgan  muhim  pedagogik  masala  sifatida 
oldinga  suriladiki,  bunda  ertak  qahramonlarining  xech  biri  faqat  mehnatsevar  va 
ma’lum  bir  kasbni  egallabgina  kolmasdan,  balki  ilmli,  savodli,  jismoniy  sog‘lom, 
baquvvat va ma’naviy kamolotga erishgan axloqiy pok kishilar sifatida tasvirlanadi.  
     Shunday  ekan,  yoshlarning  aql-idrokli,  faxm-farosatli,  tadbirkor  va  moxir 
xunarmand  bo‘lib  yetishishlarining  bosh  omili  ta’lim-tarbiya  hamda  xunar 
o‘rganishlari  oqibatida  tarkib  topgan  ma’naviy  fazilatlar  va  jismoniy  kamolotning 
majmuasi deb qaraladi.  
     Tabiat  olami  bilan  bog‘liq  ertaklar  ham  bolalarga  katta  quvonch  bag‘ishlab 
keladi.    Bolalar  bepoyon,  go‘zal,  musaffo  dalalar,  sershovqin  o‘rmonlar,  baland-
baland  tog‘lar,  tezoqar  daryo-anxorlar  bilan  yaqindan  tanishadilar,  ulardan 
zavqlanadilar.    Tabiat  manzarasining  tasvirlanishi  asarning  his-hayajon  ta’sirini 
kuchaytiradi hamda bolalarda hayotga muxabbatni oshiradi, ularning his-tuyg‘ularini 
uyg‘otadi.  


 
81 
      Ertaklar  turli  ijtimoiy  sharoitlardagi  sinfiy  kurash  zaminini,  o‘shanga  muvofiq 
mazmun  va  tushunchalarni  ifodalaydi.    Shuning  uchun  ham  ertaklar  orqali 
kishilarning  turli  sharoitdagi  hayotini,  sinfiy  kurashini  osonlik  bilan  tushunish 
mumkin.  
      Maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  va  yordamchi  mehnat  ta’limi  maktabining 
boshlang‘ich sinf bolalari uchun «Sholg‘om».  «Bo‘g‘irsoq», «Bo‘ri va yetti uloq», 
«Qumursqa», «Chivinboy» kabi va boshqa ko‘pgina ertaklar mavjud.  
       O‘zbek  xalk  ertaklarida  sof  muxabbat  va  vafodorlik  ham  yorqin  aks  ettirilgan.  
Muxabbat  yuksak  insoniy  tuyg‘u.    U  kishini  ezgulikka,  jasoratga,  buyuk  ishlarga 
chorlaydi.  Ayni paytda u kishidan katta mas’uliyat talab qiladi.  Masalan, «Toxir va 
Zuxra» ertagining asosiy g‘oyasi-sevgiga vafodorlik, o‘z maqsadi yo‘lida Toxir kabi 
jasorat  ko‘rsatish  –  insoniy  fazilat  ekani  tushuntiriladi.    Ertaklarda  do‘stlik  va 
o‘rtoqlik,  inoqlik,  axillik,  totuvlik  munosabatlari  ulug‘lanadi,  do‘stga  vafodor, 
sadoqatli bo‘lishga chaqiriladi.  
       Kamtarinlik,  xalollik  va  rostgo‘ylik,  vatanparvarlik  kabi  mavzudagi  ertaklar 
ko‘p.    Ular  bolalarni  tarbiyalashda  juda  qo‘l  keladi.    Yordamchi  mehnat  ta’limi 
maktabida  o‘qish  darslarida  o‘zbek  xalqi  og‘zaki  ijodidan  ertaklar  ta’limiy, 
tarbiyaviy va korreksion ishlarni amalga oshirishda muhim ahamiyatga ega.  
       Ertak  o‘zining  soddaligi,  ravonligi,  obrazliligi  bilan  bolalar  uchun  tushunarli, 
juda  qiziqarlidir.    Ertakda  kuylanuvchi  g‘oyalar  bola  tomonidan  oson  va  tez 
o‘zlashtiriladi.  
       Ertak  janrining  asosiy  xususiyatlaridan  bri  uning  xalq  hayoti,  tarixi, 
psixologiyasi,  dunyoqarashi,  urf-odatlari  bilan  yaqin  bog‘langan  bo‘lishi  va 
kishilarga axloqiy va ma’naviy yo‘ldosh bo‘lib kelishidir.  
        G‘oyaviy  mazmuni,  badiiy  xususiyatiga  ko‘ra  xalq  ertaklarining  uch  turi 
mavjud: hayvonlar haqidagi ertaklar, hayotiy ertaklar va satirik ertaklar.  
        Hayvonlar  haqidagi  ertaklarda  insonning  hayoti,  mehnati,  dunyoqarashi 
hayvonlar orqali yashirib beriladi.  


 
82 
        Hayvonlar, 
qushlar 
haqidagi 
ertalarda 
sujet 
tez 
rivojlanadi.                                                                                                                                                       
Obrazlar  esa  serharakat  bo‘lib,  kulgili  joylari  ham  tez-tez  uchrab  turadi.                                
Ertakdagi bu xususiyatlar bolalarni o‘ziga jalb etadi.  
        Hayotiy  ertaklarda  kambag‘allar  bilan  boylar,  donishmadlar  bilan  tentaklar 
o‘rtasidagi voqea-hodisalar, munosabatlar xikoya qilinadi.  
        Xalq ertaklari bolalar fantaziyasini o‘stiradi, ularni fikrlashga undaydi.  
        Ertak  o‘qilganda  ularning  tuzilishi  (kirish,  xotima)  haqida  tushuncha  beriladi.  
Ertakning mazmuni tahlil qilinganda uning g‘oyasi (yomonlik ustidan yaxshilikning 
tantana qilishi)ga alohida e’tibor beriladi.  Aqli zaif o‘quvchilarning asarda ishtirok 
etuvchi  shaxslar va voqealarga munosabatlari aniqlanadi.  
      Ertakni  bayon  qilish  vaqtida  o‘qituvchi  lozim  bo‘lgan  o‘rinlarda  voqea  va 
hodisalarni  hayajon,  g‘azab  bilan,  sevinch  alomatlari  bilan  ta’sirli  ifodalashi, 
qahramon  ovozini  ham  o‘xshatib  aks  ettirishi;  hayvonlar  haqida  so‘z  borganda, 
ularning tashqi qiyofasini o‘quvchilar ko‘z o‘ngida yorqin gavdalantira olishi kerak.  
Ana shundagina ertak mazmuni o‘quvchilar ongiga tez singadi.  
      Yordamchi  mehnat  ta’limi  maktabida  ona  tili  o‘qitish  metodikasida  aqli  zaif 
bolalar  bilan  Gnezdilov  M.  F.      ertak  ustidagi  ishlarni  kuyidagicha  olib  borishni 
tavsiya etadi: 
1.  O‘quvchilarni  ertakka  qiziqishini  uyg‘otish  maqsadida  uning  leksik  va  sintaktik 
xususiyatlarini saqlagan xolda og‘zaki ifodali xikoya qilib berish.  
2.  Ertakni    mustaqil  o‘quvchilarga  o‘qitish.    Bu  vaqtda  o‘qituvchi  qiyin  so‘zlar 
izoxlab, tushuntirib o‘tadi.  
Savol-javob yo‘li bilan ertakning g‘oyasi ochiladi, tahlil etiladi.  
3. Ertak sujeti, mazmuni asosida rasmlar chizdiriladi.  
4. Ertak qahramonlarining sifatlari  hayotdagi ayrim kishilar bilan, ularning sifatlari 
bilan solishtiriladi.   
5. O‘quvchilardan o‘z mustaqil chiqargan  xulosalarini  bayon etish talab etiladi.  
6.  Aqli  zaif  o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  shakllantirish  maqsadida  ertak 
mazmuni asosida qiyoslash, solishtirish, umumlashtirish, tahlil qilish kabi jarayonlar 
tashkil etiladi.   


 
83 
7. O‘quvchilar tomonidan ertak mazmuni qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash 
maqsadida o‘rtaga o‘qituvchi tomonidan 5-6ta savol tashlanadi va yana savol-javob 
uyushtiriladi.  
     Ayrim  o‘quvchilar  ertak  mazmunini  deyarli  to‘liq  o‘zlashtirgan  bo‘lsada, 
o‘qituvchining  savollariga  javob  berishda  qiynaladilar.  Shuni  hisobga  olib  dars 
jarayonida turli o‘qituv vositalari keng ishlatiladi (Ertak mazmuniga mos keladigan 
rasm,  qo‘g‘irchoq  teatri,  illustratsiya,  o‘yinchoqlar  va  x.  k.  )    O‘quvchi  ushbu 
vositalar yordamida ertak mazmunini so‘zlab berishga harakat qiladi.  
        Sodda  va  qisqa  ertaklar  boshidan  oxirigacha  o‘quvchiga  so‘zlantiriladi.                                     
Mazmunan  keng  bo‘lgan  ertaklar  esa  mantiqan  bog‘langan  qismlarga  bo‘linib  
bayon ettiriladi.  
Savol va topshiriqlar 
1. Xalq og‘zaki ijodida ertaklar o‘rni, tarixi.  
2. Yordamchi maktabda ishlatiladigan ertak turlari  
3. Yordamchi mehnat ta’limi maktabida ona tili o‘qitish metodikasida ertak ustidagi 
ishlarni tashkil etish yo‘llari, usullari 
4.  Ertak ustida ishlashda tqanday  o‘qituv vositalari ishlatilishi mumkin?.  

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish