“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик


Yordamchi mehnat ta’limi maktabida savod o‘rgatish usullari



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi

2.4.Yordamchi mehnat ta’limi maktabida savod o‘rgatish usullari 
Reja 
1.Yozma nutq mehanizmlari deganda nimani tushunasiz? 
2.Savodli kishining o‘qishi harflarni yangi o‘rgangan bolaning o‘qishidan nima bilan 
farq qiladi? Nima uchun? 
3.Savod o‘rgatish davrida qanday usullar ishlatiladi? 
4.Tahlil-tarkib usuli bilan ish qanday tashkil etiladi? 
Yordamchi mehnat ta’limi maktabida savod o‘rgatish usullari savod o‘rgatish 
ishlarning  mazmuni,  mohiyati,  aqli  zaif  bolalarning  rivojlanishidagi  o‘ziga  hos 


 
49 
hususiyatlaridan,  yozma  nutqni  hosil  bo‘lishi  mezanizmlaridan  va  o‘zbek  tili 
tovushlarning fonetik hususiyatlaridan kelib chiqadi. 
Nutqning  psihofiziologik  mehanizmlari  A.R.  Luriya,  A.N.  Gvozdev,  V.I. 
Jinkin,  T.YE.  Yegorov,  V.G.  Petrova,  L.S.  Vigotskiy,  G‘oziyev  E.,  R.I.  Lalayeva, 
L.N.  Yefimenkova,  I.N.  Sadovnikova  va  bosh?alar  tomonidan  o‘rganilgan.  T.YE. 
Yegorov fikricha savodni endigina o‘zlashtira boshlagan bolaning o‘qishi, masalan, 
2  -sinf  o‘quvchisining  o‘qishidan  keskin  farq  qiladi.  Savodli  kishi  asosan 
sidirg‘asiga  o‘qiydi.  Uning  nigohi    chiziqdan  chiziqqa  o‘tadi.  Bunda  u  butun 
so‘zlarni  yoki  gaplarni  bir  qarashda  ko‘radi  va  o‘qiydi,  shu  vaqtni  o‘zida  uning 
ma’nosini  anglab  oladi,  tinish  belgilariga  rioya  qiladi.  Matn  ichidagi  parchalarni, 
qismlarni ayrim harflar asosida idrok etadi va ajratadi.  
Lekin  bu  harflarni  o‘qish  jarayoni,  endigina  o‘qiy  boshlayotgan  bolalarda 
o‘zgacha  kuzatiladi  -  so‘zlarni  harf  tuzilishiga  asoslangan  o‘qishdan  keskin  farq 
qiladi. Savodli kishi murakkab matnni o‘qiganda o‘qish sur’ati sekinlashadi, har bir 
harfni  o‘qishda  to‘htaydi.  Matn  ichida  uchraydigan  so‘z  va  iboralarni  ham  natijada 
hatosiz,  to‘g‘ri  o‘qiydi.  Matn  mazmuni  o‘qish  tezligiga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Matn 
mazmuniga  ko‘ra  hali  o‘qilmagan  so‘zlar  fahmlanadi.  Shuning  uchun  alohida  so‘z 
va gaplarni o‘qishdan ko‘ra bog‘langan matnni o‘qish osonroq. 
Savodni  endigina  o‘zlashtirib  kelayotgan  bola  matnga  butunlay  boshqacha 
munosabatda  bo‘ladi.  U  o‘qilayotgan  matnni  sidirg‘asiga  yoki  hattoki  bo‘g‘inlab 
ham  o‘qiy  olmaydi.  Uning  ko‘ziga  so‘zlar  emas,  yonma  -  yon  turgan 
belgilar(harflar) ko‘rinadi holos. Natijada har bir harf ustida to‘htalib, ayrim hollarda 
esa, qayta takrorlab o‘qiydi. Savodi endigina chiqarilayotgan va savodli kishilarning 
o‘qishi quyidagilar bilan farqlanadi:  
1.  savodli  kishi  bir  qarashda  bir  necha  so‘z  va  gaplarni  o‘qiy  olsa,  birinchi  sinf 
o‘quvchisi har bir harfni birma- bir ko‘zdan kechiradi.  
2.  Savodli  kishi  o‘qish  vaqtida  turli  usullarni  qo‘llay  olsa,  yangi  o‘qishni 
o‘rganayotgan  o‘quvchining  tajribasi  kam,  har  hil  usullarni  qo‘llay  olmaydi  va 
natijada yangi notanish so‘z va iboralarni hato bilan o‘qiydi 


 
50 
 3.  Savodli  kishi  harflarni  ko‘zi  bilan  idrok  etib,  o‘qiganlarini  talaffuz  etmasdan 
oldin tushunib oladi, natijada o‘qish tehnikasi, sifati kun sayin oshib boradi. o‘qishni 
o‘rganayotgan  bola  o‘qib  bo‘lgach,  nima  haqida  o‘qiganligini  farqlab  oladi  va 
tushunadi. 
Savod o‘rgatish usullari masalasi bo‘yicha o‘tkazilgan adabiyotlar tahlili shuni 
ko‘rsatdiki,  ushbu  masala  nihoyatda  murakkab  bo‘lgani  uchun  u  keng  tarzda 
psiholog, pedagog, oligofrenopedagog, logoped, metodistlar tomonidan o‘rganilgan, 
ko‘p  qirrali  muammo  ekan.  Ushbu  muammo  Rusiya  olimlari,  Pribaltika  va 
Belorusiya mutahasisslari tomonidan keng o‘rganilgan. O‘zbekiston Respublikasida 
bu muammo bo‘yicha  Abdullayeva Q., G‘affarova N.,G‘ulomova H., G‘ulomov M. 
Rahmanova  V.S.,  Ayupova  M.YU.,  Muminova  L.R.  Kahramonova  M.T., 
Saidazizova S. kabi va boshqa olimlar ishlaganlar.   
Atrofdagi  narsa  va  hodisalar  yuzasidan  turli  savollar  berishga  o‘rgatish, 
muloqat  nutqini  o‘stirish  maqsadida  suhbat,  kuzatishlar,  sayohat  singari  usullar 
keng qo‘llaniladi.  
Savod  o‘rgatish  davrida  aqli  zaif  o‘quvchilar  berilgan  savollarga    Qisqa,  to‘liq 
bo‘lmagan  javoblar  beradilar.  har  bir  mashg‘ulotda  to‘g‘ri,  to‘liq  javoblar  talab 
etiladi.  Bolalar  faoliyati  asosida  ular  bajarayotgan  ishlari,  nima  qilmoqchi 
bo‘lganliklari, sinfda va sinfdan tashqari joylarda ko‘rgan, eshitganlari haqida bayon 

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish