“Она тили ў?итиш махсус методикаси” номли дарслик


 Yordamchi mehnat ta’limi maktabida savod o‘rgatishga tayyorlash



Download 0,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/83
Sana29.12.2021
Hajmi0,75 Mb.
#77395
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83
Bog'liq
ona tili oqitish metodikasi
7-sinf-OZBEKISTON-TARIXI, 7-sinf-OZBEKISTON-TARIXI, ona tili oqitish metodikasi, ona tili oqitish metodikasi
2.2. Yordamchi mehnat ta’limi maktabida savod o‘rgatishga tayyorlash 
davri 
Reja 
1.Alifbegacha davrning asosiy vazifalari; 


 
40 
2.Yozma nutq mehanizmlarining psihologik asoslari; 
3.Eshitish idrokini rivojlantirish yo‘llari; 
4.Ko‘rish idrokini rivojlantirish yo‘llari; 
5.Mayda qo‘l muskullari harakatini o‘stirish yo‘llari. 
  Yordamchi  maktabda  savod  o‘rgatish  ishlari  birinchi  sinfda  yil  mobaynida 
olib  boriladi.  Birinchi  sinf  dasturi  ikki  bo‘limdan  iborat:  alifbegacha  bo‘lgan 
tayyorgarlik davri va alifbe davri. 
 Alifbegacha  davr  bir  chorak  mobaynida  24  soat  hajmida  o‘tkaziladi.  Bu 
davrning  asosiy  vazifalari  -  o‘quvchilarni  dastlabki  o‘qish  va  yozish  malakalarini 
o‘zlashtirishga tayyorlash. Tayyorlash ishlariga: bolada o‘qishga qiziqish o‘yg‘otish, 
o‘z kuchiga ishonch hosi qilish, har bir bolaning umumiy va nutqiy rivojlanishidagi 
o‘ziga  hos  hususiyatlarini  aniqlash,  og‘zaki  nutqini  o‘stirish,  eshitish  idrokini 
rivojlantirish, 
ko‘rish 
idrokini 
o‘stirish, 
mayda 
qo‘l 
muskullarining 
harakatchangligini  oshirish  ishari  kiradi.  Alifbegacha  davr  tayyorlov  yoki 
propedevtik  davr    deb  ham  yuritiladi.  Ushbu  davrning  asosiy  vazifasi  bolalarni  hat 
savod o‘rgatishga tayyorlash. Bu davrda olib boriladigan ishlarning mazmuni yozma 
nutq  mehanizmlaridan kelib chiqadi. 
Yozma  nutq  og‘zaki  nutq  asosida  shakllanadi.  Bolaning  eshitish  analizatori, 
ko‘rish  analizatori  faoliyati,  mayda  qo‘l  muskullarining  harakatchanligi  yahshi 
bo‘lishi  kerak.  Bundan  tashqari,  bolani  o‘quv  faoliyatiga  kiritish,  o‘qishga  qiziqish 
o‘yg‘otish,  bolalarni  yosh  hamda  individual  hususiyatlarini  o‘rganish  muhim 
ahamiyatga  ega.  Tibbiy-pedagogik  komissiya  tomonidan  berilgan  ma’lumotlardan 
tashqari,  o‘qituvchi  bolalarni  kuzatib,  ularni  har  tomonlama  o‘rganadi,  savod 
o‘rganishga  tayyorgarlik  darajasini  aniqlaydi.  Buning  uchun  har  bir  o‘quvchining 
umumiy  rivojlanganligi  darajasi,  talaffuzi,  lug‘ati  boyligi,  o‘qish  va  yozish 
malakalarining holati aniqlanadi. Sentabr oyining birinchi kunlaridanoq o‘quvchilar 
nutqini  o‘stirish  ishlari  ham  boshlanib  yuboriladi.  Bunda  nutqning  fonetik  tomoni, 
ya’ni  tovushlar  talaffuzidagi  kamchiliklar  aniqlanib,  ularni  bartaraf  etish  ishlari 
boshlab  yuboriladi.  Nutqida  murakkab  nuqsoni  bor  bolalar  bilan  logopedik  ishlar 
olib  boriladi.  Nutq  o‘stirish  jarayonida  o‘quvchilarning  so‘z  boyligini  aniqlab,  uni 


 
41 
kengaytirish,  boyitish,  faollashtirish    ishlari  ham  boshlab  yuboriladi.  Propedevtik 
davrda  bolalarning  bog‘langan  og‘zaki  nutqi  ham  rivojlantirib  boriladi.  Tevarak-
atrofdagi  narsa  va  hodisalar  yuzasidan  turli  savollar  berishga,  muloqat  nutqini 
o‘stirish  maqsadida  suhbat,  ekskursiya,  kuzatishlar  uyushtiriladi.  O‘quvchilar 
faoliyati  asosida  ular  bajarayotgan  ishlari,  nima  qilmoqchi  bo‘lganliklari,  sinfda, 
maktabda  va  maktabdan  tashqari  joylarda  ko‘rgan,  eshitganlari  haqida  gapirib 
berishga o‘rgatib borish talab etiladi 
           Alifbegacha  davrda  og‘zaki  nutqning  funksional  sistemasi  o‘rganiladi  va 
takomillashtiriladi.  Bolalar  bilan  sabzavot,  meva,  kiyim,  o‘quv  qurollari,  transport 
kabi  va  boshqa  mavzular  bo‘yicha  suhbatlar  uyushtiriladi,  analiz  sintez  malakalari 
rivojlantirib boriladi.  
Eshitish  analizatorini  rivojlantirish  ishlari  ikki  yo‘nalishda:  nutqdan  tashqari 
tovushlar  asosida  va  nutq  tovushlari-fonemalar  asosida  eshitish  diqqati,  hotirasi, 
fonematik o‘quvi rivojlantiriladi. 
          Ko‘rish  analizatori  faoliyatini  rivojlantirish  ishlari  rang,  shakl  hajm,  o‘zoq-
yaqinligi, 
katta-kichikligini 
ajratish, 
ko‘rish 
diqqati, 
hotirasini 
o‘stirish, 
kuzatuvchanligini rivojlantirish, fazoviy idrokni o‘stirishlardan iborat bo‘lishi kerak. 
Bolaning  umumiy  motorikasi  qanchalik  yahshi  bo‘lsa,  uning  nutqiy 
motorikasi va mayda qo‘l muskullarining harakatchanligi shunchalik yahshi bo‘ladi. 
Demak,  alifbegacha  davrda  bolaning  motorikasini  yahshi  yo‘lga  qo‘yish,  ayniqsa 
mayda qo‘l muskullarining harakatchangligini o‘stirish muhim ahamiyatga ega.  

Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   83




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2023
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
zbekiston respublikasi
maxsus ta’lim
guruh talabasi
nomidagi toshkent
O’zbekiston respublikasi
o’rta maxsus
toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
xorazmiy nomidagi
davlat pedagogika
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
vazirligi muhammad
haqida tushuncha
таълим вазирлиги
toshkent davlat
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
O'zbekiston respublikasi
махсус таълим
vazirligi toshkent
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
saqlash vazirligi
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
covid vaccination
vazirligi koronavirus
koronavirus covid
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
vaccination certificate
sertifikat ministry
haqida umumiy
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti