Grafik malakalar. Yordamchi mehnat ta’limi maktabida xatning grafik tomoni-husnixatga, kolligrafiyaga o‘rgatish uchun maxsus darslar o‘tkazish tavsiya etilmaydi. Yozuv darslarini husnixat mashqlari bilan, kolligrafiya bilan bog‘lab olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Har qanday yozuv toza, aniq, ozoda, chiroyli yozilib, harflarning o‘lchovi, shakli, qiyaligi va harf qismlarining qo‘shilishi bеlgilangan normalarda bo‘lishiga rioya qilish zarur.
Aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasa o‘quvchilari qo‘l muskullarining harakatchangligi sust, yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Mayda qo‘l muskullari harakati va ko‘z bilan chamalashni
takomillashtirish uchun dastlabki mashqlar o‘tkazish, ayrim harf va harf guruhlarini murakkablashib borishiga qarab yozuv malakalari shakllantirib boriladi.
Yordamchi maktabda ta’lim oluvchi aqli zaif o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasi har xil bo‘lishini inobatga olib, individual va diffеrеntsial yondoshuvni amalga oshirishda sinfni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Dastur talablari o‘rta o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarga mo‘ljallangan bo‘lib, sust o‘zlashtiruvchi bolalarning bilim, ko‘nikma va malakalari standart talablaridan pastroq darajada bo‘lishi mumkin.
1-sinf
(Haftasiga 4 soat. Jami 132 soat)
-1s.
Grammatika, imlo
1- sentabr – Mustaqillik kuni! -1s.
Alifbеgacha bo‘lgan tayyorgarlik davri (18 soat)
Partada t`og`ri o`tirish qoidalari. To`g`ri o`tiring! – 1s.
Ranglar bilan tanishtirish. Pufak, quyosh, barg rasmlarini bo`yash -1s.
Nuqtalarni birlashtirish va qalam, uchburchak, daftar, rasm daftar rasmlarini bo`yash
Mashina, koptok, uchburchak rasmlarini bo`yash - 1s. Nuqtalarni birlashtirish, uzun, qisqa chiziqlarni yozish - 1s. Mashina, soyabon, o`rdakcha rasmlarini bo`yash 1s
Nuqtalar, vertikal, gorizontal chiziqlar, kvadratlarni yozish 1s Chiziqlar, bayroqchalar, geometrik shakllarni bo`yash 1s Chiziqlar, geometrik shakllarni chiziqlarning ustidan yozish 1s
Chiziqlar, nuqtali chiziqlarni, uy shaklini, bayroqchani yozish. Pomidor, sabzi
shakllarini bo‘yash 1s
Kichkina va katta chiziqlar, bayroqchalarni, baliqchalarni yozish -1s.
Kichkina va katta chiziqlar, soyabon, egri chiziqlarni yozish. Qiya chiziqchalarni, tepaga, pastga, yon tarafga qaratilgan elementlarning ustidan va mustaqil yozish -1s.
Kichkina, katta chiziqlar, harf elementlarini yozish.Sichqonchani bo‘yash 1s Kichkina harf elementlarini yozish. O‘rdakchani bo‘yash. Piyolani bo‘yash. Chiziq ustida va tagida harf elementlarini yozish 1s
Katta, kichkina – to‘g‘ri va teskari yarim oy, dumaloq shakllarini yozish. O‘rikni bo‘yash.
Kichkina – to‘g‘ri va teskari yarim oy, dumaloq shakllarini yozish. olcha rasmini bo‘yash 1s
Katta, kichkina – to‘g‘ri va teskari yarim oy, dumaloq shakllarini, harf elementlarini yozish. Elementni ustidan yozish. 1s
Egri chiziqlar, qiya chiziqlar, dumaloq shakllar, harf elementlarini yozish, pufak shaklining nuqtalar ustidan yozish va bo‘yash. 1s
Do'stlaringiz bilan baham: |