17. Qaysi qatordagi so’zlarda faqat jarangli undoshlar bor?
A) Pastak, ko’ksulton, ko’lmak
B) Bardosh, ko’klam, badnafs
C) Zag’izg’on, maydon, jadval
D) Paxta, sukut, sochiq
18. Qanday tovushlar nutq tovushlari hisoblanadi?
Havoning to’lqinlanishidan hosil bo’lgan tovushlar
Tabiatdagi barcha tovushlar
O’pkadan chiqqan havoning tovush paychalari tebranishidan hosil bo’lgan har qanday tovush.
Ma’no ajratishga xizmat qiluvchi tovush.
19. Arab tilidan o’zlashgan so’zlarga misollar yozing.
20. “Hayratlanmoq” so’ziga sinonim bo’la oladigan ibora yozing.
21. “Inflyatsiya” so’zining ma’nosini yozing.
22. Shakldosh (omonim) so’zlarga misollar yozing.
23. Ruboiy janri aruzning qaysi bahrida yoziladi?
24. G’.G’ulomning “Mening o’g’rigina bolam” hikoyasida qaysi yillar voqealari aks ettirilgan?
25. Mirtemirning quyidagi misralarida qanday badiiy san’at qo’llangan?
Kayxisrav qilichidan kesikbosh bobom xoki,
Kim noxos oyoq qo’ysa, haqoratga yo’yaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |