Ona tili darslik


 Fonetik prinsip(tamoyil) asosida yozilgan so‘zlarni belgilang



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   542
Bog'liq
ona tili

35. Fonetik prinsip(tamoyil) asosida yozilgan so‘zlarni belgilang.  
1) yasha; 2) yayra; 3) yashna; 4) o‘yna; 5) ikkala; 6) uchala;  
7) yamoq; 8) yong‘oq;   9) yig‘loq; 10) o‘yinchoq. 
A) 1,4,5,7,9 B) 1,2,3,5,6  C) 5,7,9  D) 1,5,7,9,10      
36.  O‘zak  va  qo‘shimchalarning  yozilishida  bir  xillikni  ta’minlaydigan  prinsip  (yozuv, 
tamoyil)ga... 
A) morfologik prinsip deyiladi      B) fonetik prinsip deyiladi  
C) an’anaviy prinsip deyiladi      D) shakliy prinsip deyiladi   
 
LEKSIKOLOGIYA 
 
Leksikologiya haqida umumiy ma’lumot 
 
Leksikologiya
8
 o‘zbek tili kursining lug‘at tarkibi (leksikasi)ni o‘rganadigan 
bo‘limidir. 
Tilda mavjud bo‘lgan barcha so‘zlar va iboralar yig‘indisi leksika deyiladi. 
Bu so‘zlar shu tilning lug‘at boyligini tashkil etadi. 
Leksikologiya tilning lug‘at tarkibini ikki tomonlama: 1) ichki va 2) tashqi 
tomondan  tekshiradi.  Tilning  lug‘at  tarkibini  ichki  tomondan  o‘rganadigan  sohasi 
semasiologiya
9
  deb  yuritiladi.  Unda  so‘z  va  iboralarning  nutqda  ma’no  ifodalash 
xususiyati  o‘rganiladi.  Har  qanday  so‘z  tilda  paydo  bo‘lishi  bilan  o‘zining  shakli 
va  ma’nosiga  ega  bo‘ladi,  borliqdagi  predmet,  hodisa,  belgi,  harakatlarni 
ifodalaydi.  So‘zdagi  ma’no  turli  ta’sir  va  talablar  asosida  taraqqiy  etib  boradi. 
Demak,  semasiologiya  so‘z  hamda  turg‘un  iboralarning  ma’no  xususiyatlarini 
tekshiradi. 
Leksikologiyaning  yana  bir  sohasi  etimologiya
10
  deb  yuritiladi.  U  tilning 
lug‘at tarkibidagi so‘z va iboralarning tarixan kelib chiqishini, yasama so‘zlarning 
va  boshqa  tillardan  kirgan  so‘zlarning  ma’noli  qismlarini  izohlaydi.  Demak, 
etimologiya  so‘zning  ikki  tomonini  ham,  ya’ni  ichki  –  ma’no  tomonini  hamda 
tashqi – tovush tomonini ham tahlil qiladi. 
Leksikologiya  tashqi  tomondan  lug‘at  tarkibining  hozirgi  ahvolini,  tilning 
lug‘at  tarkibida  sodir  bo‘layotgan  turli  o‘zgarishlarni:  so‘zlarning  qo‘llanish 
darajasini,  ba’zi  so‘zlarning  eskirib  iste’moldan  chiqib  ketishini  (sekretar,  oblast 
kabi),  fan,  madaniyat  va  texnikaning  uzluksiz  rivojlanishi  bilan  tilning  yangi 
                                                 
8
 Leksikologiya –  grekcha – lexsikos –  «lug`atga (so`zga)  oid», logos –  «ta’limot»,  «fikr» elementlaridan 
tuzilgan. 
9
 Semasiologiya – grekcha semasio – «belgi», «tamg`a» va logos – «ta’limot» ma’nolarini bildiradi. 
10
 Etimologiya – grekcha etymon – «haqiqat», logos – «ta’minot» ma’nolarini ifodalaydi. 


 
 
48 
so‘zlar hisobiga boyishini, ba’zi so‘zlar ma’nosida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni 
(ma’no ko‘chish hodisasini) o‘rganadi. 
Leksikologiyaning  yana  bir  sohasi  leksikografiya
11
  deb  yuritiladi. 
Leksikografiyaning  vazifasi  tildagi  so‘zlarni  yozma  ravishda  to‘plashdir. 
Leksikografiya  so‘z  va  iboralarni  ma’lum  bir  sohalar  bo‘yicha  to‘plab,  muayyan 
tartibda keltiradi (alifbo tartibiga soladi) va lug‘at kitoblari shaklida nashr etadi. 
  Leksikologiya  tilning  fonetika  va  grammatika  bo‘limlari  bilan  bevosita 
bog‘liq.  Fonetika  nutq  tovushlarini  o‘rganadi.  Leksika  shu  tovushlar  asosida 
shakllanadigan  so‘zni,  grammatika  o‘z  qonun-qoidalari  asosida  so‘zlarni  o‘zaro 
bog‘laydi va tilni fikr ifodalash uchun tayyorlaydi. Demak, tovush bo‘lmasa, so‘z 
bo‘lmaydi, so‘z bo‘lmasa grammatikaning ham bo‘lishi mumkin emas. 
Ma’lumki,  so‘zlovchi  tilning  lug‘at  tarkibidan  maqsadiga  muvofiq  tarzda 
foydalanadi. Bu leksikologiyaning uslubiyat bilan o‘zaro bog‘liq ekanini bildiradi. 
Lug‘at  tarkibi  shu  tilda  so‘zlashuvchi  xalqlarning  moddiy  va  ma’naviy 
madaniyat  tarixi  bilan  bog‘liq.  Shuning  uchun  leksikologiya  tarix,  arxeologiya, 
adabiyot, falsafa kabi ijtimoiy fanlar bilan ham yaqindan aloqadadir. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish