Ona tili darslik


 Juft olmoshlar ishtirok etgan gapni toping



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   542
Bog'liq
ona tili

36. Juft olmoshlar ishtirok etgan gapni toping. 
A) U har qanday vaziyatda ham o‘zini yo‘qotmasdi. B)  Har kim ekkanini o‘radi. 
C) To‘yga kim-kimlar borishdi? D) U-bu eb ol, o‘g‘lim.   
 
Olmosh tahlili namunasi 
1. So‘rog‘i.. 
2. Qaysi turkum o‘rnida 
kelganligi. 
3. Ma’no guruhi. 
4. Tuzilish turi.       
5.  Gapdagi  sintaktik 
vazifasi 
 
FE’L 
1 -§.    Fe’lning leksik-grammatik xususiyatlari 
 


 
 
118 
Shaxs va predmetning ish-harakati va holatini ifodalaydigan mustaqil so‘zlar 
fe’l  deyiladi.  Masalan:  Men  olimlarga,  ilohiyotchilarga,  tarixshunoslarga  hurmat-
ehtirom  ko‘rsatdim  va  e’zozladim.  (A.Temur).  Mehnat  insonda  ijodiy  kuch  uyg‘ 
otadi (Tafakkur jurnali). 
Grammatikada  harakat  va  holat  tushunchasi  juda  keng.  YA’ni  fe’l  holat, 
belgining  yuzaga  kelishi,  o‘zgarishi  kabi  jarayonlarni  ham  harakat  tarzida 
anglatadi: o‘rik gulladi, yaproqlar sarg‘aydi, bola uxlayapti kabi. 
Fe’llarning  barchasi  bir  umumiy  so‘roqqa  nima  kilmoq?  so‘rog‘iga  javob 
beradi. 
Fe’l o‘ziga xos bo‘lgan morfologik belgilarga ega, ya’ni: 
1) ish-harakatning predmetga (to‘ldiruvchiga) munosabati fe’ldagi o‘timli va 
o‘timsizlik  ma’nosini  hosil  qiladi:  o‘qimoq,  yozmoq  -  o‘timli  fe’l;  o‘tirmoq, 
chiniqmoq - o‘timsiz fe’l; 
2)  ish-harakatning  bajarilishi  haqidagi  tasdiq  yoki  inkorni  anglashilishiga 
ko‘ra fe’llar bo‘lishli va bo‘lishsizlik ma’nosini bildiradi: ayt  – bo‘lishli, aytma – 
bo‘lishsiz; bilgan – bo‘lishli, bilgani yo‘q – bo‘lishsiz fe’l; 
3)  ish-harakat  bilan  uning  bajaruvchisi,  ob’ekt  va  sub’ektlar  orasidagi 
munosabat nisbat ma’nosini hosil qiladi: kiydi - aniq nisbat, kiyindi - o‘zlik nisbat, 
kiyildi - majhullik nisbat, kiydirdi – orttirma nisbat; 
4)  ish-harakatning  voqelikka  munosabati  mayl  ma’nosida  aks  etadi:  bordi, 
bormoqda, bormoqchi - aniqlik mayli; boray, borgin, borsin - buyruq-istak mayli; 
borsa – shart mayli; 
5)  ish-harakatning  nutq  so‘zlanib  turgan  payt  bilan  munosabati  fe’ldagi 
zamon ma’nosini hosil qiladi: o‘rgandim - o‘tgan zamon, o‘rganayapman - hozirgi 
zamon, o‘rganmoqchiman – kelasi zamon; 
6) ish-harakatning biror grammatik shaxs (birlik yoki ko‘plikda) tomonidan 
bajarilishi  yoki  bajarilmasligi  fe’ldagi  shaxs-son  ma’nosida  aks  etadi.  Fe’l  shaxs-
son  qo‘shimchalari  bilan  tuslanadi:  qiziqdim,  qiziqding,  qiziqdi;  qiziqdik, 
qiziqdingiz, qiziqdilar. 
Demak, fe’l o‘timli-o‘timsizlik, bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, 
shaxs-son ma’nolarini ifodalash kabi o‘ziga xos morfologik belgilarga ega. 
SHu bilan birga fe’lning sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi kabi o‘ziga xos 
vazifadagi shakllari ham mavjud ( ishongan odam – sifatdosh; ishonib, ishongach – 
ravishdosh;  ishonish,  ishonmoq  kerak  -  harakat  nomi).  Fe’lning  bu  vazifadagi 
shakllari gapda ma’lum bir gap bo‘lagi vazifasini bajarishga moslashgan bo‘ladi. 
Fe’l  o‘ziga  xos  maxsus  so‘z  yasalish  tizimiga  ham  ega:  bahola,  ulg‘ay, 
tinchi,  suvsira  –  affiksatsiya  usul  bilan  yasalgan  fe’llar;  xursand  bo‘lmoq,  javob 
bermoq, sotib olmoq - kompozitsiya usul bilan yasalgan yasama fe’llar. 
Fe’llarda  modal  shakl  yasalishi  ham  mavjud,  u  o‘z  ichida  turli  xil 
qo‘shimcha ma’nolarni aks ettiradi: kulimsira – kuchsizlik, turtkila – davomiylik, 
yozib bo‘ldi – tugallanganlik kabi. 
Fe’l o‘ziga xos sintaktik vazifalarga ham ega, ya’ni: 
1)  sof  fe’l gapda,  asosan, kesim  vazifasini  bajarib  keladi. Masalan:  Insonni 
mehnat, odobni yaxshi fazilat bezaydi (Hikmatlar xazinasi); 


 
 
119 
2) fe’lning vazifadosh shakllari sifatdosh, sifatlovchi-aniqlovchi, ravishdosh, 
hol,  harakat  nomi,  ega,  qaratuvchi-aniqlovchi,  to‘ldiruvchi  kabi  gap  bo‘laklari 
vazifasini  ham  bajarib  keladi.  Masalan:  O‘zingga  yoqqan  narsani  boshqalarga 
ham ravo ko‘r (Hadis namunalari). Dunyoda eng yomoni faqat o‘zini bilib o‘zgani 
unutib  yashashdir  (I.Karimov).  Ilm-fanga  intilish  insonning  eng  oliy  ma’naviy 
harkatlaridandir (Pedagogika tarixi). 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish