Ona tili darslik


 -§.    Ravishlarning yasalishi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet241/542
Sana22.05.2021
Hajmi1,88 Mb.
#65462
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   542
Bog'liq
ona tili

3 -§.    Ravishlarning yasalishi 
 
O‘zbek tilida ravishlar, asosan, 2 xil usul, affiksatsiya va kompozitsiya usuli 
bilan yasaladi. 
Affiksatsiya  usuli  bilan  ravish  yasashda  so‘z  negiziga  maxsus  ravish 
yasovchi  affikslarni  qo‘shish  bilan  ravish  yasaladi.  Ravishning  bu  usul    bilan 
yasalishida  ko‘pincha  ot,  ba’zan  sifat,  son,  olmosh,  fe’lning  sifatdosh  va  harakat 
nomi shakllari, shuningdek ravishning o‘zi asos bo‘ladi. 
Ravish yasovchi affikslar quyidagilar: 
-an: taxminan, rasman, tasodifan, majburan kabi. Bu affiks ot, sifat asosidan 
ravish yasaydi. 
-cha:  o‘zbekcha,  yangicha,  boshqacha,  o‘zicha,  istagancha,  hozircha  kabi. 
Bu affiks ot, sifat, olmosh, sifatdosh, ravish asosidan ravish yasaydi. 
-incha:  ko‘pincha,  aksincha  kabi.  Bu  affiks  ravish,  sifat  asosiga  qo‘shilib 
ravish yasaydi. 
-larcha: o‘rtoqlarcha, qarindoshlarcha, aybdorlarcha, vahshiylarcha kabi. Bu 
affiks ot, sifat asosiga qo‘shilib ravish yasaydi. 
-ligicha: tirikligicha, xomligicha, ozligicha, xo‘lligicha kabi. Bu affiks sifat, 
ravish asosiga qo‘shilib ravish yasaydi. 
-lay:  tiriklay,  butunlay  kabi.  Bu  affiks  sifat  va  olmosh  asosidan  ravish 
yasaydi. 
-ona:  do‘stona,  fidokorona,  g‘  olibona,  qadimona  kabi.  Bu  affiks  ot,  sifat, 
ravish asosidan ravish yasaydi. 
-lab:  haftalab,  yaxshilab,  bittalab,  ko‘plab  kabi.  Bu  affiks  ot,  sifat,  son, 
ravish asosiga qo‘shilib ravish yasaydi. 


 
 
151 
-chasiga:  dehqonchasiga,  eskichasiga  kabi.  Bu  affiks  ot,  sifat  asosiga 
qo‘shiladi. 
-siga:  tikkasiga,  yappisiga  kabi.  Bu  affiks  sifat,  olmosh  asosiga  qo‘shilib 
ravish yasaydi. 
-n (-in): ertan, kechin, yashirin kabi. Bu affiks ravish, fe’l asosiga qo‘shilib 
ravish yasaydi. 
-siz,  be-:  tinimsiz,  to‘xtovsiz,  beto‘xtov  kabi.  Bu  affikslar  omonim  affiks 
sifatida sifatdan tashqari ot, harakat nomi asosidan ravish yasaydi. 
-day  (-dek):  toshdek,  gulday  kabi.  Bu  affikslar  ot  asosiga  qo‘shilib  ravish 
yasaydi. 
Kompozitsiya  usuliga  ko‘ra  ikki  so‘z  asosini  ma’lum  bir  qolipda  birikishi, 
tizilishi  orqali  harakatning  bitta  belgisini  ifodalaydigan  ravish  yasaladi.  Bu  usul 
bilan qo‘shma va juft ravishlar yasaladi. 
Qo‘shma ravish quyidagicha yasaladi: 
1)  har  olmoshi  bilan  o‘rin  yoki  payt  ma’nosini  bildiruvchi  so‘zlarni 
biriktirish bilan: har vaqt, har lahza, har on, har gal, har yoq, har zamon kabi; 
2) ko‘rsatish olmoshlariga yon, er, yoq so‘zlarini qo‘shish bilan: shu er, shu 
yoqqa, shu yonda, bu erda, bu yoqqa, o‘sha yoqda, o‘sha yoqqa, u erdan kabi; 
3)  bir  soniga  o‘rin,  payt,  miqdor  ma’nosini  bildiruvchi  so‘zlarni  yoki 
mustaqil  ishlatilmaydigan  so‘zlarni  qo‘shish  bilan:  bir  zum,  bir  lahza,  bir  zamon, 
bir yo‘la, birmuncha, birvarakay, bir yoqqa, birato‘la, bir oz kabi; 
4)  turli  so‘z  turkumiga  oid  ikki  so‘z  shaklining  (o‘z  leksik  ma’nosini 
saqlagan,  ba’zan  mustaqil  ishlatilmaydigan  so‘z  bilan)  birikishi  bilan:  tez  orada, 
hali zamon, shu zahoti, tunov kun, kuni kecha, qadim zamon, ozmuncha kabi. 
Juft ravish ikki so‘zning teng bog‘lanishi bilan yasaladi. 
Juft ravish quyidagicha yasaladi: 
1)  ma’nosi  bir-biriga  yaqin  (sinonim)  so‘zlarning  teng  bog‘lanishi  bilan: 
asta-sekin, ochiq-oydin, eson-omon kabi; 
2)  qarama-qarshi  ma’noli  (antonim)  so‘zlarning  teng  bog‘lanishi  bilan: 
bugun-erta, yozin-qishin, nari-beri kabi; 
3)  –ma  (-ba)  elementlari,  shuningdek,  chiqish  va  jo‘nalish  (ba’zan  bosh) 
kelishigi  shaklini  olgan  so‘zlarni  takrorlash  bilan:  yuzma-yuz,  yonma-yon,  dam-
badam, kundan-kunga, naridan-beri, kamdan-kam kabi; 
4)  turli  fe’l  shakllarining  takrorlanishi  hamda  ularni  bo‘lishli  va  bo‘lishsiz 
shaklda takrorlash bilan: qayta-qayta, sezilar-sezilmas, qo‘yarda-qo‘ymay, bilinar-
bilinmas kabi. 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   237   238   239   240   241   242   243   244   ...   542




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish