4 -§. So‘zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
Tildagi so‘zlar shakl va ma’no xususiyatlariga ko‘ra o‘zaro turli
munosabatda bo‘ladi. So‘zlarning ayrimlari shakl jihatdan, ayrimlari ma’no
jihatdan, ba’zilari esa talaffuzi jihatidan o‘xshash bo‘ladi. SHu xususiyatlariga
ko‘ra so‘zlar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1.Omonim so‘zlar. SHakli (yozilishi va aytilishi) bir xil, ma’nosi har xil
so‘zlar omonimlar deyiladi. Omonim so‘zi grekcha «bir xil» degan ma’noni
ifodalaydi. Masalan: ot - hayvon, ot - uloqtirmoq, ot - ism; og‘iz - insonning tana
a’zosi, og‘iz - yangi tuqqan sigir sutidan tayyorlanadigan taom; chang - to‘zon,
52
gard, g‘ubor, chang – to‘rtburchak, yassi quti shaklidagi torlar tortilgan qo‘sh
cho‘p bilan chalinadigan musiqa asbobi; qovoq - insonning tana a’zosi, ot, qovoq -
poliz ekini, ot.
Omonim so‘zlar turkumiga (yuz – insonning tana a’zosi, ot; yuz - miqdor
bildiruvchi son) oid bo‘ladi.
Omonimlar 2 turga ajratiladi: 1) lug‘aviy omonimlar; 2) grammatik
omonimlar. Lug‘aviy omonimlar:
1) so‘zlar doirasida; 2) iboralar doirasida bo‘ladi.
1.Omonimlik hodisasi so‘z bilan so‘z doirasida bo‘lsa, leksik omonim
deyiladi. Masalan: kul (ot) – biror narsaning yonishi natijasida hosil bo‘ladigan
kukun. U oshxona oldida turgan kul chelakni olishga buyurdi. (P.Tursun) Kul (fe’l)
- zavq shovqini, xursandchilik bildiruvchi tovushlar chiqarmoq. Nega Aziz bu
qadar shod: YUzi kuladi, ko‘zlari yonadi? (H.G‘ulom)
2.Omonimlik hodisasi ibora bilan ibora doirasida bo‘lsa, frazeologik
omonim deyiladi. Masalan: bosh ko‘tarmoq - qarshi qo‘zg‘ olon ko‘tarmoq, bosh
ko‘tarmoq - tuzalmoq, sog‘aya boshlamoq.
Grammatik omonimlar qo‘shimchalar doirasidagi shakliy tenglikdir. SHakli
bir xil, ma’nosi har xil qo‘shimchalarga grammatik omonimlar deyiladi. Masalan: -
im qo‘shimchasi bilim – ot yasovchi qo‘shimcha, fe’ldan ot yasaydi. Kitobim – I
shaxs, birlik qo‘shimchasi; -ki (tepki) – ot yasovchi qo‘shimcha, -ki (kechki) –
sifat yasovchi qo‘shimcha.
Ba’zi omonim so‘zlar qo‘shimchalar olganda ham omonimlik shaklini
saqlab qoladi. Masalan, ter+im, ter+im. Birinchi so‘z –ter ot turkumiga oid so‘z
bo‘lib, I shaxs, birlik egalik qo‘shimchasini olgan, ikkinchisi fe’l turkumiga oid
so‘z ot yasovchi –im qo‘shimchasini olgan. Bu so‘zlar bir xil shaklini saqlab
qolgan.
Qo‘shimchalar qo‘shilganda ham omonimlik shaklini saqlab qoladigan
so‘zlar omoformalar deyiladi. Omoformalar bir xil so‘z turkumiga ham, boshqa-
boshqa so‘z turkumiga ham oid bo‘ladi. Masalan, 1) bog‘ - mevazor (ot); 2) bog‘
- bog‘ich (ot). Ularning qo‘shimcha olgandan keyingi grammatik shakllari:
1) bog‘ ni, bog‘ ning, bog‘ dan;
2) bog‘ ni, bog‘ ning,bog‘ dan.
Qiyoslang: oq (sifat)+ar – fe’l yasovchi qo‘shimcha;
oq (fe’l)+ar – sifatdosh hosil qiluvchi qo‘shimcha.
Omonimlar badiiy adabiyotda tuyuq janrida, og‘zaki so‘zlashuv nutqida so‘z
o‘yinlari, askiyalarda qo‘llanadi.
Omonimlar ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nosidagi bog‘lanishning yo‘qolishi,
so‘zlardagi fonetik o‘zgarishlar va boshqa tildan so‘z o‘zlashishi jarayonida yuzaga
keladi. Masalan: 1) bog‘ (mevazor) tojik tilidan kirgan, bog‘ (bog‘ich) o‘zbekcha
so‘z; 2) dam – nafas (o‘z ma’nosi), dam - bosqon (ko‘chma ma’no), dam - xordiq
(ko‘chma ma’no). 2-misolda polisemiya hodisasi yo‘qolib, omonimiya hodisasi
yuzaga keldi.
Sinonim so‘zlar. SHakli har xil, ma’nosi bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlar
sinonim deyiladi. Sinonim so‘zlar bir predmet hodisaning (taom, ovqat; baxt,
iqbol, tole, saodat), belgining (sezgir, ziyrak, tuyg‘un; aniq, ochiq-ravshan, yorqin,
53
oydin, ayon), harakatning (yordamlashmoq, ko‘maklashmoq) bir necha nomi.
Sinonim so‘zi grekcha «bir nomli» degan ma’noni ifodalaydi. SHuning uchun
sinonimik hodisa bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi.
Sinonim so‘zlar aynan bir predmet, belgi, harakat tushunchasini ham,
qo‘shimcha ma’no ottenkalari bilan farqlanadigan predmet, belgi, harakat
tushunchalarini ham anglatadi. Masalan, tilshunoslik – lingvistika sinonimlarining
ma’nosi aynan bir xil. Yig‘lamoq, yig‘lamsiramoq sinonimlarining ma’nosida farq
mavjud.
Bir ma’no atrofida birlashgan so‘zlar guruhi sinonimik qatorni tashkil etadi.
Masalan: odam – kishi – inson – bashar; davolamoq, tuzatmoq; yorug‘ - nurli -
charog‘ on, yorqin – munavvar.
Sinonimik qatorni tuzishda ma’nodosh so‘zlar uchu nasos qilib olingan so‘z
bosh so‘z (dominanta) deyiladi. Sinonimik guruhdagi ma’noli, barcha nutq
uslublarida qo‘llanadigan, adabiy tilga mansub, ma’no doirasi keng bo‘lgan so‘z
bosh so‘z sifatida tanlab olinadi: botir - qahramon – dov yurak - qo‘rqmas – jasur.
Sinonimik qatorni belgilashda so‘zlarning yagona umumiy belgisiga
asoslanadi. Masalan: uy va bino so‘zlari bir-biriga yaqin ma’noli bo‘lsa ham, uy
so‘ziga xos asosiy tushuncha bilan (odam yashaydigan joy) «bino» so‘zi
ifodalaydigan tushuncha (imorat) o‘rtasida umumiylik yo‘qligi uchun ular sinonim
bo‘la olmaydi.
Jins va tur munosabatidagi (daraxt – jins, olma – tur), predmet yoki
harakatning bir tomonini obrazli qilib, bo‘rttirib ifodalaydigan so‘zlar o‘sha
predmet yoki harakat tushunchasiga kirishi mumkin bo‘lgan tushunchani ifodalasa
ham, predmet yoki harakatni to‘laligicha anglatmaganligi, obrazlilik asosiy
tushunchaga nisbatan kuchli bo‘lsa (chuldiramoq, ping‘illamoq, pichirlamoq,
shipshitmoq, to‘ng‘illamoq, vag‘illamoq so‘zlari gapirmoq so‘ziga sinonim
bo‘lmaydi), mohiyat jihatdan bir-biridan keskin farq qiladigan sotsial tuzumlarga
xos bo‘lgan tushunchalarni ifodalasa (mirshab – militsioner) ular o‘zaro sinonim
bo‘la olmaydi
14
.
Sinonimlarning quyidagi turlari mavjud: 1) lug‘aviy sinonimlar; 2)
grammatik sinonimlar.
1. Lug‘aviy sinonimlar: 1) so‘zlar doirasida (bezak, ziynat, hasham); 2) so‘z
va iboralar doirasida (ayyor - mug‘ambir – pixini yorgan, ilonning yog‘ini
yalagan); 3) iboralar doirasida (og‘ziga talqon solmoq - og‘zida qatiq ivitmoq)
bo‘ladi.
2. Grammatik sinonimlar qo‘shimchalar doirasida bo‘ladi.
Sinonim so‘zlar o‘zbek tilining ichki taraqqiyoti asosida (kun - quyosh, ish –
yumush, qari – keksa) va boshqa tildan so‘z olish natijasida (shox (o‘zbekcha) –
muguz (tojikcha), orzu (tojikcha) – tilak (o‘zbekcha), buloq (o‘zbekcha) – chashma
(tojikcha), adabiy tilga xos so‘z bilan shevaga xos so‘zlar (go‘zal – suluv –
ko‘xlik – xushro‘y) yoki shevaga oid bir necha so‘zlar doirasida (chelak – satil -
paqir) yuzaga keladi.
14
M.Mirzayev va b. O`zbek tili, T.O`qituvchi, 1978.
54
Do'stlaringiz bilan baham: |