5-§. Dialog
Ikki kishining nutqi dialog deb ataladi. Dialogda ko‘chirma gaplardan
foydalaniladi, har bir gap tire bilan boshlanadi. (Bunda muallif gapi ishlatilmasligi
ham mumkin.): - Qaysi maktabda o‘qiysan? - 24-maktabda. – Nechanchi
sinfda? – Beshinchi sinfda.
Gap tahlili namunasi
1. Ifoda maqsadiga ko‘ra turi.
2. His-hayajon ifodalashiga ko‘ra turi.
3. Tuzilishiga ko‘ra turi.
4. Gap bo‘laklari va ularning turlari.
5. Uyushiq va ajratilgan bo‘laklar bo‘lsa,
aniqlanadi.
6. Gap bo‘laklari sanalmaydigan birliklar
bo‘lsa, aniqlanadi.
7. O‘zga gap bo‘lsa, turi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |