Аа
,
Бб
,
Вв
,
Гг
,
Дд
,
Ее
,
Ёё
,
Жж
,
Зз
,
Ии
,
Йй
,
Кк
,
Лл
,
Мм
,
Нн
,
Оо
,
Пп
,
Рр
,
Сс
,
Тт
,
Уу
,
Фф
,
Хх
,
Цц
,
Чч
,
Шш
,
Ъъ
,
Ьь
,
Ээ
,
Юю
,
Яя
,
Ўў
,
Ққ
,
Ғғ
,
Ҳҳ
.
Bu alifboda 10 ta unli harf (a, o,
и
,
у
,
ў
,
э
, e,
ё
,
ю
,
я
) bo‘lib, ular 6 ta unli
tovushni ifodalaydi. Bulardan to‘rttasi (e,
ё
,
ю
,
я
) yolashgan (grafema) tovushlar
bo‘lib, ularning 2 holati farqlanadi:
1. Ba’zi so‘zlarda undoshdan keyin kelib, u bilan birga bitta bo‘g‘inni hosil
qiladigan va bir tovushni (a, u, e, o) ifoda etadigan holati: ter-ter, syujet-sujet,
sentyabr-sentabr, rejissyor-rejissor kabi.
2.So‘z boshida va bo‘g‘in boshida kelib, ikki tovushni (y
э
, yu, ya, yo) ifoda
etadigan holati: yostiq - yostiq, yurak - yurak, quyosh - quyosh, yanvar - yanvar
va hokazo.
Yuqoridagi alfavitga o‘zbek tilining tovushlari tabiatidan kelib chiqib, 4 ta
harf (
ў
,
қ
,
ғ
,
ҳ
.) qo‘shilgan. Kirill yozuvida 2 ta belgi (
ъ
,
ь
) bo‘lib, ular tovush
bildirmaydi. Ayirish belgisi (‘) unlidan keyin kelganda o‘sha unlining cho‘ziq
aytilishi (ma’no, e’lon kabi), undoshdan keyin kelganda bo‘g‘inlarni ajratib
aytilishini (sur’at, jur’at kabi); yumshatish (
ь
) belgisi esa ruscha-internatsional
7
“Qalqon” jurnali, 2004-yil, 7-son.
39
so‘zlarda o‘zidan oldingi undoshning yumshoq aytilishi uchun (
альбом
,
циркуль
)
xizmat qiladi.
Alfavitdagi j harfi 2 tovushni, portlovchi j (jayron) va sirg‘aluvchi j (jurnal)
tovushini ifodalaydi. Alfavitdagi n va g harflari alohida n va g tovushlarini
yozuvda ifodalash bilan birga, birikma shaklida sayoz til orqa burun tovushini (ng)
ifodalash uchun ham xizmat qiladi ( tong, bodring kabi).
16-§. Hozirgi yozuv va uni ifoda etuvchi vositalar
1996-yildan boshlab lotin alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi joriy etildi. Bu
alifboda 29 ta shakl bo‘lib, ular 30 ta tovushni ifodalash uchun xizmat qiladi.
Hozirgi o‘zbek yozuvidagi undosh harflar bir tovushni ifoda etadi. ( Jj harfi bundan
mustasno). Ikkita tovushni ifodalash uchun Jj ishlatiladi: 1) qorishiq, portlovchi j
(d+j) tovushini ( jo‘ja, jayron, avj kabi) va 2) sirg‘aluvchi j tovushini (jurnal,
jirafa) bildiradi.
Mazkur yozuvda uchta harf birikmasi mavjud: ng, sh, ch. Ular so‘z tarkibida
ajratilmaydi va bo‘linmas bir tovushni ifoda etadi: ng sayoz til orqa, portlovchi-
sirg‘aluvchi, sonor undosh tovushini (tong, ohang, chang. manglay), ch til oldi,
qorishiq portlovchi, jarangsiz undosh tovushni (charos, tinch, sinch, choynak), sh
til oldi, sirg‘aluvchi, jarangsiz undoshni (shabada, shar, shahar,toshqin, bosh)
ifodalaydi.
Tovushlar ikki turga bo‘linadi: 1) unli tovushlar, 2) undosh tovushlar. Ular
unli va undosh harflar bilan belgilanadi. Hozirgi o‘zbek alifbosida 6 unli tovush va
6 ta unli harf bor (a, o, u, i, o’, e). 24 ta undosh tovush 23 ta undosh harf bilan
belgilab ko‘rsatiladi (b, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, r, s, t, v, x, y, z, sh, ch, ng). Har bir
harfning bosh va kichik, bosma va yozma shakllari bor.
Harflarning alfavit taritibini bilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Chunki
turli lug‘atlar, davlat idora organlarida, arxivlarda saqlanadigan hujjatlar, ro‘yxatlar
alfavit tartibida tuziladi.
Yozuvda harflar bilan birga tinish belgilar: (.) (,) (?) (!) (:) (;) (…) («») (-) (’)
ham qo‘llanadi. Urg‘u (’) belgisi so‘z bo‘g‘inlaridan birining boshqalariga nisbatan
kuchliroq talaffuz qilish uchun unli harf ustiga qo‘yiladi. Yozuvda harflar bilan
birga tinish belgilarning ham roli katta. Tinish belgilari yordamida fikr yozuvda
aniq, ravshan va tushunarli qilib beriladi. Og‘zaki nutqning fikrini to‘liq ifodalash
uchun xizmat qiladigan ohang va pauzalari yozuvda tinish belgilari orqali ifoda
etiladi.
Tutuq belgisi (’) ham grafik vositalardan biri sifatida quyidagi vazifalarni
bajaradi: 1) so‘zda unli tovushdan keyin kelib, uning cho‘ziq aytilishini (a’lo,
e’tibor, iste’mol); 2) so‘zda undoshdan keyin kelib, oldingi bo‘g‘in bilan keyingi
bo‘g‘inning ajratib aytilishini bildiradi; 3) so‘z ma’nolarini farqlab beradi (ta’na –
malomat, tana – organism); 4) s va h tovushlarini sh tovushidan farqlaydi: Is’hoq.
Do'stlaringiz bilan baham: |