K tovushi til orqa, sof portlovchi, jarangsiz undosh tovush bo‘lib, so‘z
boshida (katta, kim, ko‘p), o‘rtasida (ikki, aka, uka) va oxirida (tilak, yuk, to‘k)
keladi. Bu tovush bilan tugagan ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarga unli bilan boshlanuvchi
qo‘shimcha qo‘shilganda, k tovushi g tovushiga o‘tadi va bu holat yozuvda ham
aks etadi: malak>malagi, ko‘ylak>ko‘ylagim.
G tovushi til orqa, sof portlovchi, jarangli undosh tovush bo‘lib, so‘z
boshida (gulxan, gilam, go‘zal), o‘rtasida (tugun, agar, egri) va oxirida (barg,
biolog, pedagog) keladi. Bu tovush sof o‘zbekcha so‘zlar oxirida deyarli
qo‘llanmaydi. G tovushi bilan boshlanadigan qo‘shimchalar k tovushi bilan
tugagan so‘zlarga qo‘shilganda k tovushiga aylanadi: ko‘k+ga > ko‘kka, boq+gan
>boqqan. O‘zlashma so‘zlarda bunday o‘zgarish bo‘lmaydi: geologga, biologga.
Do'stlaringiz bilan baham: |