individuallashtirilgan, dasturlashtirilgan ta’lim texnologiyalari; ta’limning jamoa
usuli, guruhli, kompyuterli ta’lim texnologiyalari kabilar kiradi.
Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari. Bularga o‘quvchi shaxsining
sifatlarini, ayrim sohalardagi bilimlarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish
texnologiyalari kiradi.
Bulardan tashqari xususiy (o‘quv fanlari) pedagogik texnologiyalari,
alternativ hamda
mualliflik pedagogik texnologiyalari yo‘nalishlari ham mavjud.
1.Maktab tizimida ona tili fanini o’qitishning maqsad va vazifalari
O’zbek tili mustaqil O’zbekiston Respublikasining davlat tili, uning
umumiy o’rta ta’lim maktablarda o’qitilishi davlat ahamiyatiga molik ijtimoiy,
iqtisodiy va ma’naviy ahamiyatga ega. Yoshlarda ijodiy tafakkur, ijodiy izlanish,
mavjud imkoniyatlardan eng maqbulini tanlash, tilimizning boy imkoniyatlaridan
nutq sharoitiga ko’ra to’g’ri, o’rinli va samarali foydalanish malaka va
ko’nikmalarni singdirish, ularni milliy qadriyatlarimiz, udum va an’analarimiz
ruhida tarbiyalashda maktab ona tili kursining tutgan o’rni va imkoniyatlari
benihoya kattadir. Ayniqsa, mustaqil Respublikamiz uchun tadbirkor va ijodkor
insonni tayyorlash masalasi o’ta muhim vazifa bo’lib turgan bir sharoitda bu
fanning o’qitilishi muhim ahamiyat kasb etadi.
Maktabda ona tilini o’qitishdan maqsad tilning jamiyat a’zolari o’rtasida
bajaradigan vazifalaridan kelib chiqadi. CHunki kishilar o’z faoliyatlarini barcha
sohalarda bir-birlari bilan faol munosabatda bo’ladilar. Ular doimo o’zlarini o’rab
turgan moddiy borliqdagi narsa-buyumlar, voqea-hodisalar to’g’risida fikr
yuritadilar va o’z fikrlarini bir-birlariga ma’qul qiladilar.
2
Demak, jamiyatda fikr almashish qonuniy zaruriyatdir. Odamlar o’rtasida
fikr almashish bo’lmasa, jamiyat taraqqiyotdan to’xtaydi. Fikr esa faqat til
yordamida ro’yobga chiqadi SHuning uchun avvalo, har bir kishi undan
2
A.Q.G’ulоmоv., M.Qоdirоv. Оna tili o’qtish mеtоdikasi. T., «Univеrsitеt», 2001 yil, 29-bеt.
fodalanishni bilishi va avvalo uni egallab olishi zarur. Tilni o’rganish bu faqat
uning grammatik qurilishini bilish, tushuncha, ta’rif va qoidalarni o’zlashtirib olish
emas, balki ona tilining boy imkoniyatlaridan foydalanib, fikrni og’zaki va yozma
shakllarda to’g’ri, ravon ifodalash malakalarini egallashdan iboratdir. Ona tili fani
bolaga tilni o’rgatish bilan birga uning serqirra imkoniyatlarini nutqda foydalanish
me’yorlarini ham o’rgatadi.
Ma’lumki, til hodisalari alohida-alohida hodisalar emas, balki o’zaro
chambarchas bog’langan hodisalardir. Respublikamizdagi taniqli tilshunos olim
H.G.Ne’matov, uslubshunos olim A.K.Gulomov ta’limotiga asoslanadigan bo’lsak,
nutq faoliyati quyidagi uch tarkibiy qismdan iborat.
{ TIL } - { SO’ZLASH QOBILIYATI } - { NUTQ }
Maktab ona tili ta’limi ushbu zanjirning birinchi xalqasi - til imkoniyatlari -
til birliklarining avvaldan barqarorlik, doimiylik va majburiylik xususiyatlaridan
foydalanilgan holda, ikkinchi va uchinchi xalqalari - so’zlash qobiliyati va nutqni
rivojlantirish, takomillashtirish va boyitish sari yo’naltirilgan bo’lishi kerak.
SHuning uchun tilning turli sathlari - fonetika, lug’at, morfologiya. Sintaksisni
alohida-alohida o’rganish tilnning tizimiy yaxlitligiga xilof bo’lib, bu sathlar
hamisha uzviy bog’liqlikda o’rganilishi, har bir sath birligini o’rganish, shu sath
birligining amaliy qo’llanilishi bo’yicha bilim, malka va ko’nikmalarini
mukammallashtirish bilan birga olib borilishi lozim.
Boshlang’ich sinfning ona tili kursi o’quvchilarni til fani haqida dastlabki
ma’lumotlar bilan tanishtiradi. 5-sinfdan boshlab ona tilining izchil kursini
o’rgatish ko’zda tutiladi.
Maktablarda ona tili o’qitish amaliyati shuni ko’rsatdiki, har bir til sathini
alohida-alohida o’rgatishdan oldin shu sathlarni birlashtiruvchi, ularnining o’zaro
chambarchas bog’liqligini kursatuvchi bir bo’lim - «Muqaddima» bo’limini
kiritishga zaruriyat sezilmoqda.
Turkiy tillar shu jumladan o’zbek tili o’qitish metodikasida, 5-sinflarda
o’quv yilining boshida «Sintaksis va punktuatsiya»dan o’quvchilarga zaruriy
bilimlar berish 70-yillardan beri amaliyotda sinab ko’rilmoqda. Ammo uzoq yillik
tajribalardan shu narsa ma’lum bo’ldiki, «Muqaddima»ni faqat «Sintaksis va
punktuatsiya bilan chegaralash samarli ijobiy natijalar bermaydi. Mazkur bo’lim
sintaksis va punktuatsiyaga oid zaruriy masalalar bilan bir qatorda mustaqil va
yordamchi so’zlar, yordamchi so’zlarning vazifalari, so’z tarkibi (morfemika),
sodda, qo’shma va juft so’zlar kabilarni ham o’z ichiga qamrab olmog’i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: