ONA TILI DARSLARIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN
FOYDALANISH
Katta o’qituvchi Shukurova H
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunida «O’qitishning
ilg’or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot
vositalarini o’quv jarayoniga joriy etish» bugungi kundagi asosiy masalalardan
biri, deb ko’rsatilgan
1
. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Ta’limning
yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin Shaxsning shakllanishiga olib
keladi. O’zining qadr-qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun,
hayotda aniq maqsadga ega bo’lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega
bo’lamiz»
2
. Shunday ekan, turli fanlar, jumladan, o’zbek tili fanidan zamon
talabiga javob beradigan darslar o’tkazish, ularda axborot texnologiyalarini
qo’llash dolzarb vazifadir.
Taraqqiy etib borayotgan axborotlar oqimi jamiyatida ijtimoiy rivojlanishning
asosini an’anaviy imkoniyatlar bilan bir qatorda insonlarning qobiliyati,
tashabbuskorligi, ishga ijodiy yondashishi, intellektual faoliyati, mustaqil ravishda
o’z bilim va ko’nikmalarini takomillashtirishi kabi omillar tashkil etadi. Katta
hajmdagi ma’lumotni saqlash, uzatish, qabul qilish bilan bog’liq axborot yaratish
jarayoni inson faoliyatining turli sohalarida kompyuter texnologiyalarini
rivojlantirishni ko’zda tutadi
Inson tafakkuri shu Qadar taraqqiy etib bormoqdaki, texnikalashtirish,
kompyuterlashtirish jarayoni nafaqat ishlab chiqarishning turli sohalari, balki
madaniyat va ta’lim sohalariga ham dadil kirib bormoqda. Kompyuter
texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanishi ta’lim jarayonini yangi bosqichga
ko’tardi, bu o’z o’rnida ta’lim mazmunini, metod va shakllarini qayta ko’rib
chiqish, uni yangi bilim hamda ko’nikmalar bilan yanada boyitish zaruriyatini
tug’dirdi.
1
O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni// Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori.
Toshkent: Sharq, 1997. 27-bet.
2
Barkamol avlod orzusi. Tuzuvchilar: Qurbonov Sh., Saidov H., Aќliddinov R.-Toshkent:O’zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2000. 162-bet.
Bugungi kunda jamiyatimizning turli sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi
mutaxassislarning professionallik darajasi ularning kompyuter texnologiyalarini
egallaganligi bilan ham belgilanadi. Bu hol zamon talabiga aylanib qoldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 30 mayda e’lon qilingan
«Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya
texnologiyalarini joriy etish to’g’risida»gi Farmonida
3
umumta’lim maktablari,
kasb-hunar kollejlari, akademik liseylar va oliy ta’lim muassasalarining ta’lim
jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallash va ulardan
faol foydalanishga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini tadbiq etish axborot
texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning eng muhim va birinchi
navbatdagi vazifalaridan deb ko’rsatilgan.
Ta’lim sohasini texnikalashtirish, ko’rgazmalilik tamoyiliga amal qilgan
holda dars o’tish uchun bundan bir necha yil avval, o’qitishning texnikaviy
vositalaridan foydalanish ommaviy tus olgan paytda asos solingan edi. Ushbu
yo’nalishda turli ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan, o’qitishning audiovizual
vositalari o’rganilgan, o’zbek tilidan dasturlashtirilgan topshiriqlar tizimi ishlab
chiqilgan, test asosida o’quvchilar bilimini nazorat qilish uchun maxsus
qurilmalaridan foydalanish tavsiya etilgan, dasturiy boshqariladigan o’quv mikro-
EHMning tuzilishi va ishlash tamoyillari o’rganilgan.
Bugungi kunda xorijiy davlatlarda bo’lgani kabi, O’zbekistonda ham ta’lim
tizimida
axborot
texnologiyalari,
kompyuter
vositalaridan
foydalanish
muammosining o’rganilishi alohida ahamiyat kasb etmoqda, ta’limiy-elektron
materiallar tayyorlash borasida muayyan ishlar boshlab yuborilgan.
Internet tarmog’idan olingan ma’lumotlar va respublikamizda mavjud axborot
texnologiyalarining mahsullarini tahlil qilishdan aniqlanishicha, xorijiy ta’lim
tizimida, shuningdek, O’zbekistondagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi,
O’zbekiston Milliy universiteti, Toshkent Davlat texnika universiteti, Toshkent
Davlat pedagogika universiteti, Farg’ona Politexnika instituti, Andijon Davlat
3
I.A.Karimovning «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish
to’g’risida»gi Farmoni // Xalq so’zi. 2002, 1 iyun.
tillar instituti, Jizzax Davlat pedagogika instituti va ko’plab akademik lisey va
kasb-hunar kollejlarida, umumiy o’rta ta’lim maktablarida muayyan mashg’ulotlar
to’la kompyuterlashtirilgan yoki ularda axborot texnologiyalaridan qisman
foydalanilmoqda, fanlar bo’yicha elektron darsliklar yaratilmoqda va bu
yo’nalishda ma’lum yutuqlarga erishilmoqda.
Hozirgi
vaqtda
ta’lim muassasalarida mashg’ulotlarni kompyuter
texnologiyalari vositasida tashkil etish, xususan, multimedia darslarini yaratish
asosiy yo’nalishlardan biriga aylanib qolmoqda.
Multimedia kompyuterning imkoniyatlar majmui bo’lib, axborotni turli
ko’rinishlarda – matn, jadval, grafika, ovoz, animasiya (harakatlanuvchi rasm),
videotasvir, musiqa yordamida yig’ish, saqlash va uzatish vazifalarini bajaradi.
Multimedia «inson-kompyuter» interfaol muloqotning yangi, takomillashgan
pog’onasi bo’lib, bunda foydalanuvchi juda keng va har tomonlama axborot oladi.
Mutaxassislarning fikricha, multimedia bu informatikaning dasturiy va texnikaviy
vositalari asosida o’quv materiallarini ta’lim oluvchilarga yetkazib berishning
mujassamlangan holdagi ko’rinishidir
4
.
Ta’lim jarayonida multimedia vositalarini qo’llash pedagogik va psixologik
nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega. Bunda quyidagi muhim natijalarga
erishiladi:
-
Do'stlaringiz bilan baham: |