O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
– shaxs sifatida o‘z-o‘zini rivojlantirish, o‘z xatti-harakatini adekvat baholash, halollik, to‘g‘rilik kabi sifatlarga ega bo‘lish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
– o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish;
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
– milliy va umuminsoniy qadriyatlarni farqlay olish.
Dars jarayoni
1.Tashkiliy qism 4 minut
2.O’tilgan mavzuni takrorlash( mustahkamlash) 12 minut
3.Yangi mavzuni tushuntirish 10 minut
4.Yangi mavzuni mustahkamlash 14 minut
5.O’quvchilarni baholash 3 minut
6. Uyga vazifa 2 minut
Tashkiliy qism:
A) Sinf xonasini tozaligiga e’ribor berish;
B) O’quvchilar bilan salomlashish.
C) O’quvchilarning darsga tayyorgarligini teshirish.
D) O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomatni anilash;
E) O’quvchilarga o’tilgan mavzular yuzasidan savollar berish;
Dars uslubi: an’anaviy, noan’anaviy (tagiga chizilsin)
Dars jihozi: Darslik, kompyuter, tarqatma materiallar, ko’rgazmali qurollar...
Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
149-topshiriq. Matnni diqqat bilan o`qing.
Ulug`bekning shogirdi
Sulton Ulug`bekning Ali Qushchi degan shogirdi bor edi. Ulug`bek uni shunchalik yaxshi ko`rib, hurmat qilganki, bunga boshqalar hasad qilisharkan. Ulug`bek buni bilar, ammo o`zini bilmaganlikka solib yurar ekan. Bir kuni Ali Qushchi shahardan tashqarida yashovchi onasinikiga borib, kasalga chalinib qolibdi. Odamlar: “Kimsan dunyoga dong`i ketgan sulton shogirdini boribko`rarmikan yo tuzalib kelishini kutarmikan, balki odam yubortirib bu yerga oldirib kelarmikan?” – deb quloqlarini ding qilib turishibdi. Shogirdining betobligini eshitgan Ulug`bek darhol buyuribdi:
− Yo`l libosini keltiringlar, otlar hozirlansin! Alini ko`rib, holidan xabar olib kelamiz.
Shunda bosh vazir bilan shayxulislom:
− Oliy hazrat, sizday ulug` bir zotning tagi past bir shogird bolani ko`rgani uning kulbasiga borishingiz qanday bo`larkin? Yaxshisi, bu fikringizdan qayting, − deyishibdi. Bu gapni eshitib, Ulug`bekning jahli chiqibdi, lekin o`zini bosib debdi:
− Ilm ahlini vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib, holidan xabar olish savobdir. Bu yumush har qanday sulton-u xonlarga ham qarz, ham farz bo`lmog`i darkor. Qani, tez bo`linglar, yo`ldan saroy tabibini ham olib, tolibi ilm − suyukli shogirdimni ko`rib, holidan xabar olib kelamiz, − debdi.
Hukm qat’iyligini anglab, hamma yo`lga otlanibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |