Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
169-topshiriq. Matndagi ajratilgan so‘zlarning ma’nolarini berilgan izohlardan aniqlab, lug‘at daftaringizga ko‘chirib yozing va qo‘llash uchun eslab qoling: 1) faxrlanishga arziydigan narsa, biror ijobiy xislat, xizmat yoki talant tufayli xalq orasida taratilgan dong; 2) qani edi, koshki edi; 3) kasalliklarga davo bo‘ladigan va malham olinadigan yoki taomni xushxo‘r qiladigan modda; 3) o‘simliklar dunyosi, o‘simliklar; 4) ishlash, ishqalanish yoki kuyish natijasida bo‘rtma hosil bo‘lishi; 5) tirik organizmdagi quvvat, mador, kuch; 5) ko‘pincha, o‘tmishdagi o‘tkir tabib; donishmand, faylasuf.
Do'stlaringiz bilan baham: |