Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e`tiborsiz. ( A. Navoiy )
Foydalaniladigan adabiyotlar:
«Ona tili» 8-sinf uchun darslik. 8-sinf darsligining elektron varianti.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish b) sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu
133-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qib chiqing.
SO‘Z SEHRI
1.Hukmnoma
O‘xshamag‘an yerda bir xotinning arzga kelishi qo‘rboshining ko‘ngliga shubha soldi. Majhula xotinning qanday arzi bo‘lg‘anlig‘ini bilib ketishka tilasa ham, qushbegidan ruxsat olib qo‘yg‘ani uchun mahkamadan chiqishga majbur edi. Qo‘rboshi mahkama eshigidan dahlizga chiqar ekan, eskigina paranjiga o‘ralg‘an bir xotin qushbegi to‘g‘risig‘a to‘xtab, bukilib ta’zim qi,ldi. Xotinda hayajon va entikish holatlari bor edi. Shuning uchun qo‘rboshining boyag‘i shubhasi yana kuchaydi, qushbegining ko‘zidan yo‘qolib turish maqsadida o‘zini eshikning orqasiga olib, ketmay to‘xtadi.
Xotin shoshilib kavshini yeshdi-da, eshik ostida nimanidir paranji ichidan oxtarindi. Xotinning bu harakatiga tushunolmay ajablangan qushbegi:
− Ichkariga kirib arzingizni so‘zlang, opa, − dedi.
Xotin ichkariga kirdi va qushbegi oldig‘a borib, unga nimadir berdi-da, orqasig‘a qaytib, eshik yonig‘a kelib turdi. Xotinning berib ketkan narsasi uch, to‘rt buklangan bir qog‘oz edi. Qushbegi sekin-sekin qog‘oz taxtlarini ocha boshladi...
− Xudo rizosi uchun tezroq. Yo‘qsa... ikki gunohsizning qonlarig‘a botarsiz!
Xotinning bu so‘zidan a’yon bir-birlariga qarashdilar. Qushbegi tez-tez qog‘oz taxlarini ochib bitirdi va yo‘g‘on qalam bilan yozilgan uzun bir maktubni o‘qumoqqa oldi.
Maktubni o‘qub chiqish uzoqqa cho‘zilg‘anliqdan nihoyatda toqatsizlashgan edi. Oxirda qushbegi maktubning so‘ngrog‘ig‘a kelib to‘xtadi-da, chaqirdi:
− Pirmat, Pirmat!
2. Maktub
“Qudamiz Mirzakarim qutidorg‘a va qudachamiz xonimg‘a yetub ma’lum bo‘lg‘aykim, bizlar munda sog‘-salomatdirmiz va ul jonibdagi siz hurmatlik va izzatliklarni parvardigori olamdin sihhatlaringizni saloti xamsa oldida so‘rab turmoqdamiz. Ba’daz maxfiy qolmag‘aykim, kuyav o‘g‘lingiz xizmatlariga yuborilg‘an edi. Inshoolloh, salomat yetkan bo‘lsa kerak. Ammo siz hurmatlilarga ma’lumdir, bizning shul Otabekdan o‘zga farzandimiz bo‘lmay, dunyoda o‘zimizdan keyin qoldiraturg‘an tuyoqimiz va ko‘z tikkan orzu-havasimiz, umid hadafimiz faqat shul Otabekdir. Muhtaram siz burodarimizning shul yagona o‘g‘limizni farzandlikka qabul qilib, ammo bizning kelin bolamizni Toshkandga yubormag‘anlari bizning janoblaridin bo‘lg‘an minnatdorlig‘imizni va yana o‘g‘limizg‘a bo‘lg‘an marhamatlarini biroz tugallay olmadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |