GAP BO‘LAKLARI
Gap bo‘lagi tushunchasini izohlang.
Kim?, qayerga?, nima uchun?, nima qildi? so‘roqlariga javob bo‘luvchi bo‘laklar ishtirok etgan gap tuzing.
KESIM
«Gapning mazmuniy markazi» tushunchasini izohlang.
Quyidagi fe’llarga mos shaxs qo‘shimchalarini qo‘shing. Farqini ayting.
Fe’l kesim va ot kesim ishtirok etgan ikkita gap tuzing.
Fe’l va ot kesimlarning o‘zaro farqini ayting.
. EGA
Ega qaysi bo‘lak bilan bog‘lanadi?
Ega qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi?
Ega bilan kesim o‘rtasida qanday holatda tire qo‘yiladi?
Ega bilan kesim orasida tire qo‘yilishi lozim bo‘lgan uchta gaptuzing.
Sodda yig‘iq gap deganda nimani tushunasiz?
Sodda yoyiq gap deb qanday gapga aytiladi?
Aytdi so‘zini kim?, qachon?, qayerda?, nimani? so‘rog‘iga javob bo‘luvchi so‘zlar bilan kengaytirish yo‘li bilan gap tuzing. Uning qanday gap ekanini ayting.
HOL
Hol deganda nimani tushunasiz?
Gapirdi kesimini qachon?, qayerda? so‘roqlariga javob bo‘luvchi hollar bilan kengaytiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |