386-mashq.
Uyga vazifa. Quyidagi so‘zlarni “O‘zbek tilining imlo lu-
g‘ati”dan foydalanib, to‘g‘rilab ko‘chiring.
Albatda, baddiy, vofodor, gramatika, dasxat, yetovlon, jaxl, za-
hira, ijot, metir, muomila, oldamzot.
111-dars. MATN VA LUG‘AT USTIDA ISHLASH
Koʻpchilik Leonardo da Vinchi ismini eshitganida, uning mash-
hur surati “Mona Liza”ni yodga oladi. U iqtidorli rassom edi. Lekin
u faqat rassomchilik bilan chegaralanib qolmagan. Leonardo doim
bilim olishga chanqoq bola bo‘lgan. Atrof olamni oʻrganib, koʻrgan
narsalarini chizib borardi. Tasavvurga boy yigit bo‘lgan. Leonar-
doning yozuv daftarchalaridan birida parashyutli odamning surati
bor. Qizig‘i shundaki, bu gʻoya 300 yildan keyin hayotga tatbiq etil-
gan. 1783-yilda fransiyalik uchuvchi yerga parashyutda sakragan
birinchi inson boʻlgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |