Ona tili (2-sinf) Dars mavzusi: Unli tovushlar va harflar (25 va 26 mashqlar) Darsning maqsadi



Download 325,83 Kb.
Sana26.02.2022
Hajmi325,83 Kb.
#472337
Bog'liq
tovushlar va harflar (1)


ONA TILI (2-sinf)
Dars mavzusi: Unli tovushlar va harflar (25 va 26 mashqlar)
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: unli harfli so’zlarni to’g’ri yozish ko’nikmasini o’stirish, u va i unlilarining
so’z tarkibida to’g’ri talaffuzi va imlosini o’rgatish.
FK1: so’z tarkibida unlilarning o’z o’rnida qo’llanilishi boshqa unlilar bilan o’rnini o’zgartirib qo’ymay talaffuz qilish, unli tovush va harflarni imlosini to’g’ri yozish.
Tarbiyaviy: vatan tuyg’usini shakllantirish, uni sevish va qadrlashga o’rgatish;
TK3: o’zining xato va kamchiliklarini to’g’ri tushunish, o’zini nazorat qila olish va xatolarini tuzatishga harakat qilish;
Rivojlantiruvchi: og’zaki va yozma nutqini o’stirish, unli tovushlar va harflar haqidagi ko’nikmalarni oshirish.
FK2: unli tovushlar yordamida hosil bo’lgan so’zlarni og’zaki va yozma nutqda qo’llay olish, o’zlashtirilgan so’zlarni matnda qo’llay olish;
TK2: media vositalaridan, didaktik materiallardan foydalanish.
Dars turi: yangi bilim, ko’nikma, malakalarni shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, tushuntirish, ta’limiy o’yin
Dars jihozi: darslik, rag’batlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar, multimedia va ilovalar.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axborotini tinglash.
II.Uyga vazifani tekshirish.
Uyga vazifa 24-mashq mutimedia ilovasidagi 7-darsning 2-topshirig’i asosida tekshiriladi.
24-mashq matni beriladi.
Shirin .z.m , .chq.r ot , sara .r.g’ , chuqur q.d.q , oq t.n.ka , .n.mli yer.
O’quvchilar nuqtalar o’rniga u yoki i harflaridan mosini qo’yib, shu so’zlarning yozilishini bilib oling.
Shirin uzum, uchqur ot, sara urug’, chuqur quduq, oq tunuka, unumli yer.
Lug’at ishi: uchqur-tez chopa oladigan, chopqir
Sara- eng yaxshi, a’lo, tanlangan,yuqori sifatli
Unumli-yaxshi hosil beradigan yer.
Quduq- rasmi ko’rsatiladi, chuqurlikdagi suv
Husnixat daqiqasi:kichik “l” harfi unsurga ajratilmay, bir butun: usti halqali, osti ilmoqli, uzun tayoqcha shaklida yoziladi.

Daftarga bir qator kichik “l” harfini va shu harf bilan bog’langan so’zlarni yozadilar: laylak, lazzat, limon.

III.Yangi mavzu bayoni.25- mashq “Kim topqir” ta’limiy o’yini yordamida bajariladi.
Buning uchun ko’rgazmaga mashqda berilgan har bir so’zlarning bir unli harfi tushurib beriladi. O’quvchilar nuqtalar o’rniga kesma unli harflardan mosini qo’yishlari kerak, topshiriq bajarilgach “I” unlisi so’z va bo’g’in boshida uzunroq, undoshdan so’ng esa qisqa talaffuz qilinishi, ammo yozuvda I harfi yozilishi tahlil asnosida tushuntiriladi.Darslikda ajratib berilgan so’zlarni lug’at diktanti tarzida yozdirib, o’quvchilarga yozganlarini darslikdan tekshirish vazifasi beriladi:
Intizom,izzat,bilim,sinf,kitob, tirnoq,qo’shiq
So’z o’yini: harflari tushirilgan so’zlar beriladi:
In.q, int.zom, .mzo, .zzat, o.la, bil.m, s.nf, gil.s, kit.b, p.chan, nih.l, tirn.q, qo’sh.q, ko.not, p.lla, sim.b, o’tk.r, n.xat, r.mol.
Tushirib qoldirilgan unli tovushlarni ifodalagan harflarni nuqtalar o’rniga qo’ying.
IV. Mavzuni mustahkamlash. Darslik bilan ishlash.
26-mashq.Tushirib qoldirilgan unli tovushlarni ifodalagn harflarni nuqtalar o’rniga qo’yib, so’zlarni yozadilar.
Pilla, sigir, simob, gilos, o’tkir, nihol, ro’mol.
Shu so’zlar ishtirokida gap tuzish vazifasi beriladi.
Bahor kelib, nihollar kurtak yozdi.
Gullarnig o’tkir hidi insonni o’ziga tortadi.
Tarqatmali materiallar bilan ishlash:
N1
Muhiddin Omonning she’riy topishmogini o’qing.Javobini toping va yozing.
Qo’ng’irboshi ichida
Yashiringan alanga.
Ishlatmangiz behuda
Bermangiz yosh-yalngga. (…)

N2
Yer ostida qatormiz,


Sizni kutib yotarmiz.
Uvol qolib ketmaylik,
Qaynatsangiz shakarmiz. (…)
Topishmoqning javobi bo’lgan narsa nomini to’g’ri yozish uchun shu so’zni talaffuz qilishni unutmang.
N3
O’qing.Tushirilgan harflarni qo’yib, ko’chiring.
M.rjon, m.yda, p.ypoq, imor.t, till. qo’ng’iz, k.mzul, mur.bbo.
N4
Tushirilgan unli harflarni qo’yib, so’zlarni ko’chiring.
B.g’doy, q.r , j.zza, t.lki, k.y.m, kal.t, m.sh.k, q.loq.
O’quvchilar unli harflarni to’g’ri yozishni qanday bilib olganliklarini tekshirish uchun lug’at diktantini yozish.
Lug’at diktanti.
Baho, vazifa, lavlagi, kombayn, burgut, urug’, qo’shiq, o’rik, inoq, bilim, sinf, ekin, behi.
V.Darsga yakun yasash va baholash.
O’quvchilarning darsdagi ishtiroki va ijodkorligi,faolligi, topshiriqlarni bajarish darajasiga ko’ra o’qituvchi tomonidan baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish.
27-mashq sharti beriladi. Qambar Otaning “O’zbekiston” she’rining birinchi va ikkinchi qatorini ko’chirib, unli tovushlarni ifodalagan harflarning tagiga chizish va ajratib ko’rsatilgan so’zlar ishtirokida ikkita gap tuzish vazifasi beriladi.
Download 325,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish