ONA TILI (15 TA)
Berilgan gaplar ichidan imlo qoidalariga ko‘ra to‘g‘ri yozilgan javobni aniqlang.
A) Uning dadasi farg‘ona kanali qurilishida hissasini qo‘shgan.
B) Kindik qoning to‘kilgan yer vataningdir.
C) O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili o‘zbek tilidir.
D) Anjumanda koreya, yaponiya, xitoy kabi davlatlardan vakillar tashrif buyurishdi.
Ushbu gapda qo‘llangan aniqlovchilarni aniqlang. Shahrimizning kundan-kunga chiroy ochayotgani quvonchli yangilikdir.
A) kundan-kunga, quvonchli
B) shahrimizning, chiroy
C) ochayotgani, yangilikdir
D) shahrimizning, quvonchli
Sanalayotgan bo‘laklar ma’nosini jamlab ifodalovchi so‘z qanday ataladi?
A) undalma B) umumlashtiruvchi so‘z C) kirish so‘z D) uyushiq so‘z
Har bir so‘z o‘z mustaqil ma’nosini saqlagan holda bir-biriga bog‘lanishi qanday ataladi?
A) teng bog‘lanish B) tobe bog‘lanish C) to‘gri bog‘lanish D) to‘z birikmasi
Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari nechiga bo‘linadi?
A) 2 ga B) 3 ga C) 5 ga D) 4 ga
Yomg‘ir yog‘di va qaqrab yotgan dalalarni sug‘ordi. Ushbu gapdagi o‘timli fe’llarni toping.
A) yog‘di
B) qaqrab yotgan
C) sug‘ordi
D) o‘timli fe’l qatnashmagan.
Berilganlar orasida aniq nisbatdagi fe’llar sonini toping.
Chopmoq, baqirdi, ko‘paytir, chizildi, o‘rattirdi, bog‘ladi, maqtadi
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
Bir umumiy asosga ega bo‘lgan so‘zlar qanday ataladi?
A) juft so‘zlar B) o‘zakdosh so‘zlar C) qo‘shma so‘zlar D) Tub so‘zlar
Fe’lning majhul nisbati shaklida bajaruvchi kim bo‘ladi?
A) bajaruvchining o‘zi B) ikkinchi shaxs C) hamma D) noma’lum bo‘ladi
Oq, sumka, olomon, ko‘kardi, sen, baqirmoq, yaltiramoq, kongress so‘zlari orasida nechta fe’l so‘z turkumiga oid so‘z bor?
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
O‘zlik olmoshini belgilang.
A) o‘zim B) o‘zlik C) o‘zak D) o‘zga
Ushbu gap tarkibidagi so‘roq olmoshi qaysi so‘z turkumiga qarata aytilgan: Qizaloq do‘konga nima uchun kirganini unutib qo‘ydi.
A) ot B) sifat C) ravish D) olmosh
Biz hech kimdan kam emasmiz, kam bo‘lmaymiz ham! Berilgan gapda olmoshning qaysi ma’noviy turi qatnashgan?
A) gumon olmoshi B) bo‘lishsizlik olmoshi C) ko‘rsatish olmoshi D) belgilash olmoshi
Olmoshning ma’noviy guruhiga kirmaydigan turini aniqlang.
A) ko‘rsatish olmoshi B) gumon olmoshi C) bo‘lishsizlik olmoshi D) o‘rin olmoshi
Bir-biriga mazmunan yaqin bo‘lgan olmoshlarning birikuvidan hosil bo‘lgan olmoshlar qanday ataladi?
A) sodda B) qo‘shma C) juft D) takroriy
Do'stlaringiz bilan baham: |