OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA)
Quyidagilardan qaysilari eftallar davrida barpo etilganini aniqlang.
1) Zog‘ariq; 2) Bo‘zsuv; 3) Darg‘om; 4) Xonbandi; 5) Oqchob.
A) 1, 2, 3, 4 B) 1, 2, 3 C) 1, 4, 5 D) 2, 4, 5
Dastlab Turk xoqonligining markazi qayer edi?
A) Oloy B) Issiqko‘l C) Yettisuv D) Oltoy
O‘rta asrlarda yashagan arab mualliflarining yozishicha o‘sha paytlarda Toshkent qanday nomlangan?
A) Eloq B) Binkat C) Choch D) Parak
Arablar Movrounnahrga bosqini natijasida qaysi shahardagi budda ibodatxonasi haykalini parchalab tashlashadi?
A) Afrosiyobdagi B) Quvadagi C) Chochdagi D) Ajinatepadagi
“Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnadi” deb yozgan tarixchi nomi qaysi javobda tog‘ri ko‘rsatilgan?
A) Hofiz Tanish al-Buxoriy
B) Muhammad Haydar
C) Abdurahmon Tole
D) Zamon Buxoriy
Ashtarxoniy Subhonqulixon Balxni qaysi shahar hokimiga alohida xizmatlari uchun tortiq qilgan edi?
A) Miyonqol hokimiga B) Kesh hokimiga C) Badaxshon hokimiga D) Samarqand hokimiga
XIX asr o‘rtalarida Xiva xonligini qaysi sulola vakillari boshqarishgan?
A) Mang‘itlar B) Qo‘ng‘irotlar C) Minglar D) Shayboniylar
1819-yilda Mirxondning “Ravzat us-safo” asarini o‘zbek tiliga tarjima qilishni boshlagan shaxs kim?
A) Ogahiy B) Munis C) Muhammad Solih D) Mulla Olim Mahmudov
K. P. Kaufman qachon Samarqandni bosib olishga kirishdi?
A) 1866-yil may B) 1868-yil aprel C) 1868-yil avgust D) 1866-yil mart
Quyidagi qaysi asarda o‘lkamizning qadimgi aholisi haqida ma’lumot beriladi?
A) Gerodotning “Tarix”asari
B) Strabonning “Geografiya” asari
C) Behistun qoyalarida
D) Arrianning “Aleksandrning harbiy yurishlari” asari
Qadimda cho‘llar va Amudaryo bo‘ylarida qaysi qabila yashagan?
A) saklar B) skiflar C) massagetlar D) oromiylar
Qaysi Qo‘qon xoni Xitoyga qaramligini tan olgan?
A) Olimxon B) Erdonabiy C) Norbo‘tabiy D) Jahongirxo‘ja
Bolshevik maddohlarning e’tirof etishicha, qo‘rboshilar o‘rtasida eng kuchlisi kim edi?
A) Katta Ergash B) Madaminbek C) Shermuhammadbek D) Ochilbek
XX asrning 20-yillari o‘rtalarida bolsheviklarning qishloqdagi zo‘ravonlik siyosatining asosiy tayanchiga aylantirilgan quyidagi tashkilotni aniqlang?
A) VKP B) KPSS C) “Qo‘shchi” ittifoqi D) O‘zLKSM
Dastlabki shahar alomati respublikamizning qaysi vohasi hududidan topilgan edi?
A) Qashqadaryo vohasi B) Surxon vohasi C) Qizilqum vohasi D) Xorazm vohasi
Do'stlaringiz bilan baham: |