OʻZBEKISTON TARIXI (15 TA) IV asrning 70-yillaridan V asrning ikkinchi yarmigacha O‘rta Osiyoda kimlar hukm surgan?
A) Xorazmiylar B) Kidariylar C) Xioniylar D) Eftallar
“Jabg‘u” atamasi qanday manoni anglatadi?
A) o‘n o‘q budun yoki elning hokimi B) chorvador aholi C) qabilalar ittifoqi D) qo‘shin yetakchisi
25 harfdan iborat toxar yozuvi qaysi yozuv asosida shakllangan?
A) Baqtriya yozuvi B) Yunon yozuvi C) Oromiy yozuvi D) Lotin yozuvi
Qaysi arab xalifasi bundan buyon islomni yangi qabul qilgan aholidan xiroj va jizya soliqlarini olishni bekor qiladi?
A) Umar ibn Abdulaziz B) Ma'mun C) Horun ar-Rashid D) Amin
“Uning davlati va xalofati zamonida Movarounnahr, ayniqsa, Buxoro viloyati gullab-yashnadi” deb yozgan tarixchi nomi qaysi javobda tog‘ri ko‘rsatilgan?
A) Hofiz Tanish al-Buxoriy B) Muhammad Haydar C) Abdurahmon Tole D) Zamon Buxoriy
Quyidagi qaysi Xiva xoni Buxoro atroflarini ikki bor talon-taroj qilgan edi?
A) Anushaxon B) Asfandiyorxon C) Abulg‘oziy Bahodirxon D) Arab Muhammadxon
Xiva xonligida aholining tinchligi va osoyishtaligi bilan shug‘ullangan kasb egasi kim edi?
A) mehtar B) dodhoh C) mirshabboshi D) yasovulboshi
Muhammad Rizo Ernazarbiy o‘g‘li qanday taxallus bilan ijod qilgan?
A) Ogahiy B) Munis C) Zavqiy D) Berdaq
Rossiya imperiyasining Buxoro amirligiga hujumi davrida Kitob hokimi kim edi?
A) Jo‘rabek B) Iso Avliyo C) Hojibek D) Bobobek
Arxeologlarning tadqiqoti natijasida zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, xumlarda saqlangan bug‘doy va arpa doni qaysi manzilgohdan topilgan?
A) Jarqo’tondan B) Zomonbobodan C) Sopollitepadan D) Nomozgohdan
O‘zbekiston hududidagi qadimgi shaharlar joylashgan o‘rni noto‘g‘ri berilgan javobni aniqlang.
A) Uzunqir Qashqadaryo viloyatida B) Qiziltepa Surxondaryo viloyatida C) Ko‘zaliqir Xorazm viloyatida D) Yerqo‘rg‘on Farg‘ona viloyatida
Toshkentda “To‘rt hokimlik davri” qachon tugatildi?
A) 1723-y B) 1810-y C) 1784-y D) 1758-y
BXSRda dastlab Nozirlar sho‘rosining raisi kim edi?
A) Abdulqodir Muhitdinov B) Muxtorjon Saidjonov C) Fayzulla Xo‘jayev D) Abdulhamid Oripov
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini kollektivlashtirish rasman qachon tugallandi?
A) 1929-yilda B) 1930-yilda C) 1931-yilda D) 1932-yilda
Bronza davriga oid respublikamiz hududidagi Muzrabod tumanidan qaysi manzilgoh topilgan edi?
A) Zamonbobo manzilgohi B) Jarqo‘ton manzilgohi C) Sopollitepa manzilgohi D) Seleng‘ur manzilgohi